- — inson ko’rish analizatorining organik va funktsional shikastlanishlari, shuningdek ko’zning yordamchi apparati (qovoqlar, kon’yuktiva va boshqalar) shikastlanishi bo’lib, kishining ko’rish qobiliyatini cheklaydi. Ko’z kasalliklari turfa xil bo’ladi, shu sababli ular odatda bir nechta bo’limlarga bo’linadi.
- QOVOQ KASALLIKLARI
- Kriptoftalm — qovoq differensirovkasining to’liq yo’qotilishi.
- Qovoq kolobomasi — qovoqning to’liq qatlamlik sementar nuqsoni.
- Ankiloblefaron — ko’z qovoqlari chetlarining qisman yoki to’liq birlashib ketishi.
- Yuqori qovoq ptozi — yuqori qovoqning anomal ravishda past joylashishi.
- Gunn sindromi — yuqori qovoqning beixtiyor ko’tarilishi.
- Qovoqning qatlanib qolishi — qovoqning cheti ko’z olmasi tomonga qatlanganligi.
- Blefarit — ko’z qovoqlari chetlarining yallig’lanishi.
- Trixiaz — ko’z olmasini qo’zg’atish xususiyati bilan kipriklarning anomal o’sishi.
- Qovoq shishi — qovoq to’qimalarida anomal miqdorda suyuqlik to’planishi.
- Preseptal sellyulit — qovoqning va ko’z atrofidagi terining yallig’lanishi va zararlanishi.
- Qovoq abstsessi — ko’z qovoqlarining yiringli yallig’lanishi.
- Gulmija — kiprikning sochli xaltachasi va Seys yog’ bezining o’tkir yiringli yallig’lanishi.
- Lagoftalm — ko’z yorig’ining to’liq yopilmasligi.
- Blefarospazm — qovoq mushaklarining beixtiyor qisqarishi.
- Quruq keratokonyunktivit — quruq ko’z sindromi.
KO’Z YOSH A’ZOLARI KASALLIKLARI - KO’Z YOSH A’ZOLARI KASALLIKLARI
- Ko’z yoshi ishlab chiqaruvchi apparatning nuqsonlari.
- Ko’z yosh bezlari o’smalari.
- Ko’z yoshini chiqaruv apparati patologiyasi.
- KON’YUKTIVA KASALLIKLARI
- Kon’yunktivit — kon’yunktivaning yallig’lanishi.
- Traxoma — xlamidial kon’yunktivitning turi.
- Quruq ko’z sindromi — kon’yuktivaning yetarlicha namlanmasligi.
- Pingvekula — kon’yunktivaning distrofik shakllanishi.
- Pterigium — kon’yunktivaning qatlanib qolishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |