Mavzu: korporativ axborot tizimlarining apparat dasturiy muhitini tanlash


Download 42.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.11.2023
Hajmi42.19 Kb.
#1757528
  1   2   3   4
Bog'liq
10-ma ruza



MA’RUZA №10 
MAVZU: KORPORATIV AXBOROT TIZIMLARINING APPARAT-
DASTURIY MUHITINI TANLASH 
REJA 
1. Kirish. 
2. Tizimning yuklanishi. 
3. Apparat platformasini va konfiguratsiyani tanlash. 
4. 
Narxni samaradorlikka nisbati.
5. 
Ishonchlilik va xatoga bardoshlilik. 
6. 
Xatoga bardoshlik.
7. 
Masshtablanuvchanlik.
KATning apparat platformasi va tizim konfiguratsiyasini tanlash juda murakkab 
vazifa hisoblanadi. Bu, xususan, KAT tarkibiga kiruvchi kompyuter tizimlari 
kompleksining ish yukini sezilarli darajada aniqlay oladigan amaliy tizimlarning tabiati 
bilan bog‘liq. Biroq, ko‘pincha tizim yuklanishini oldindan taxmin qilish qiyin bo‘lishi 
mumkin, ayniqsa, agar tizim ehtiyojlari har xil foydalanuvchilar guruhiga xizmat qilsa. 
Misol uchun, ba’zida har bir N-foydalanuvchi uchun server konfiguratsiyasida bitta 
protsessor yetarli bo‘ladi, ba’zida esa murakkab tizimlar uchun, ayniqsa mexanik va 
elektron avtomatik loyihalash tizimlari sohasidagi tizimlar uchun, bitta foydalanuvchi 
so‘roviga javob qaytarish uchun 2-4 protsessor kerak bo‘lishi mumkin. Boshqa 
tomondan, hatto bitta protsessor “Oracle Financial” amaliy dasturlar paketi bilan 
ishlaydigan 15-40 foydalanuvchi uchun xizmat qilishga yetarli bo‘ladi. Boshqa amaliy 
dasturiy tizimlar bundan ham kam talablarga ega bo‘lishi mumkin. Lekin shuni 
unutmaslik kerakki, tizimning yuklanishini yetarlicha aniqlik bilan ifodalash mumkin 
bo‘lsa, qanday konfiguratsiya bu yuklanishni ko‘tara olmasligini aniqlash mumkin
lekin berilgan konfiguratsiya berilgan yuklamani bajara olishligini aniqlash mushkul. 
Buning uchun dasturiy ta’minot bilan ishlash bo‘yicha yetarli tajribaga ega bo‘lish
kerak. 


Odatda, ish yuki asosan tizimning "foydalanish turi" bilan belgilanadi. Misol uchun, 
NFS (Network File System) serverlarini, ma’lumotlar bazasini boshqarish serverlarini 
va vaqtni taqsimlash rejimlarida ishlaydigan tizimlarini aytish mumkin. Bu yerda tizim 
toifalarini murakkabligi oshib borish tartibi bo‘yicha keltirilgan. Odatda, MBBT 
serverlari NFS serverlariga qaraganda ancha murakkab va vaqtni taqsimlash serverlari, 
ayniqsa, turli toifadagi foydalanuvchilarga xizmat qiladiganlari baholash uchun eng 
qiyini hisoblanadi. Yaxshiyamki, bir qator soddalashtiruvchi omillar mavjud. 
Birinchidan, qoida bo‘yicha tizimdagi yuklanish o‘rtanchaga keltiriladi, ayniqsa, 
foydalanuvchilarning katta guruhi bo‘lsa. Misol uchun, tizimdagi yuklanish ish vaqti 
boshlanganidan keyin 1-1,5 soat ichida yoki tushlikdan so‘ng eng yuqori darajaga yetib 
boradi, tushlik vaqtida esa keskin pasayib ketadi. Oy, kvartal, yilning oxirlarida 
yuklanish keskin ko‘payib ketadi. 
Ikkinchidan, vaqtni taqsimlash tizimlari kabi ko‘pgina murakkab tizimlar 
tizimni baholash bo‘yicha umumiy xarakterga ega bo‘ladi. Ularning tarkibiga kiruvchi 
turli xil ilova dasturlar tizimning har xil qismlarini yuklashga harakat qiladi.
Barcha ilova dasturlar protsessor resurslarini intensiv ravishda ishlatmaydi
ularning barchasi ham kiritish-chiqarish bilan bog‘liq emas. Shu sababli, bunday ilova 
dasturlar aralashmasini to‘g‘ri tanlash tizim yuklanishini yetarli darajada bir xilligini 
ta’minlab beradi. Tabiiyki, noto‘g‘ri tanlangan ilova dasturlar aralashmasi teskari ta’sir 
berishi mumkin. 
Shuni ta’kidlash kerakki, ma’lum bir apparat platformasini va konfiguratsiyani 
tanlash zamonaviy kompyuter tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan bir 
qator umumiy talablar bilan belgilanadi. Bunga quyidagilar kiradi: 
• narxni/samaradorligiga nisbati; 
• Ishonchlilik va xatoga bardoshlilik; 
• masshtablanuvchanlik; 
• dasturiy ta’minotning uyg‘unligi va harakatchanligi. 



Download 42.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling