Mavzu: korporativ axborot tizimlarining apparat dasturiy muhitini tanlash


Download 42.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.11.2023
Hajmi42.19 Kb.
#1757528
1   2   3   4
Bog'liq
10-ma ruza

Masshtablanuvchanlik - bu protsessorlar soni va quvvatini, tezkor va tashqi 
xotira hajmini va hisoblash tizimining boshqa resurslarini oshirish qobiliyatidir. 
Masshtablanuvchanlik kompyuterning arxitekturasi va konstruksiyasi, shuningdek
tegishli dasturiy vositalar bilan ta’minlanishi kerak. 
Har bir yangi protsessorning masshtablanuvchi tizimga qo‘shilishi ish 
samaradorligini oshirish lozim. Masshtablanuvchi tizimlar yaratishda asosiy 
vazifalardan biri kompyuterni kengaytirish xarajatlarini minimallashtirish va 
rejalashtirishni soddalashtirishdir. Ideal holda, tizimga protsessorlarni qo‘shib qo‘yish 
uning ish faoliyatini chiziqli oshirishga olib keladi. Biroq, bu har doim ham shunday 
emas. Samaradorlikni kamayishi shunday holatlarda bo‘ladiki, masalan, kompyuter 
shinalarining o‘tkazish qobiliyati yetarli darajada bo‘lmagan holda mikroprotsessor va 
asosiy xotira orasida trafik oshib ketsa, shuningdek, xotira va kiritish-chiqarish 
qurilmalari o‘rtasida ortib borayotgan trafik tufayli yetarli darajada ishlash 
koeffitsiyenti past bo‘lishi mumkin. Aslida, samaradorlikning haqiqiy o‘sishini 


oldindan baholash qiyin, chunki u ko‘pincha qo‘llaniladigan muammolar harakati 
dinamikasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Tizimning masshtablanuvchanlik imkoniyati na faqat apparat vositalar 
arxitekturasi, balki dasturiy ta’minotning xususiyatlariga ham bog‘liq. Dasturiy 
ta’minotning masshtablanuvchanligi axborotlarni uzatishning oddiy mexanizmlaridan 
tortib barcha darajalarigacha ta’sir qiladi. 
Xususiy holda, dasturiy ta’minot tizimni samaradorligini chiziqli o‘sishiga 
to‘sqinlik qiluvchi omillarni kamaytirishi kerak. Protsessorlar, shinalar va kiritish-
chiqarish qurilmalari kabi apparat vositalar masshtablanuvchi arxitekturaning bir qismi 
xolos, uning samaradorligini oldindan aniqlashni dasturiy ta’minot aniqlaydi.
Shuni to‘g‘ri tushunish muhimki, masalan, yanada kuchli protsessorga o‘tish, 
tizimning boshqa komponentlarini ortiqcha yuklashiga olib keladi. Bu shuni 
anglatadiki, tizimni masshtablantirishda uning barcha parametrlari bo‘yicha amalga 
oshirish darkor.

Download 42.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling