Mavzu: korporativ axborot tizimlarining apparat dasturiy muhitini tanlash


Dasturiy ta’minotni mosligi va mobilligi


Download 42.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana08.11.2023
Hajmi42.19 Kb.
#1757528
1   2   3   4
Bog'liq
10-ma ruza

Dasturiy ta’minotni mosligi va mobilligi. Dasturiy moslik konsepsiyasi 
birinchi marta IBM/360 ishlab chiquvchilari tomonidan qo‘llanildi.
Bunday tizimlarning modellarini loyihalashtirishda asosiy vazifa, tizimlarning 
narxi va samaradorligidan qat’iy nazar foydalanuvchilar nuqtayi nazardan bir xil 
bo‘lgan arxitektura yaratish edi, ya’ni barcha modellarning arxitekturasi bir xil 
bo‘lishligi talab qilingan. Bunday yondashishning asosiy afzalligi bir modeldan 
ikkinchi bir modelga o‘tishda dasturiy ta’minotning mosligini saqlab qolish 
hisoblanadi. Shu vaqtdan boshlab barcha ishlab chiqaruvchilar bu tamoyilga amal 
qilishib kelmoqda. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, vaqt o‘tishi bilan, hatto eng ilg‘or 
arxitektura ham muqarrar ravishda eskiradi va endilikda yangi arxitektura va hisoblash 
tizimlarini yaratish yo‘llarini tubdan o‘zgartirish kerak bo‘ladi. 
Hozirgi paytda axborot texnologiyalari rivojining zamonaviy tendensiyalari 
aniqlovchi muhim faktorlardan biri shuki, kompyuter qurilmasi ishlab chiqaruvchi 
kompaniyalar dasturiy ta’minot bozori bilan hisoblashmoqda, ya’ni endilikda 


kompyuterlarni dasturiy ta’minotga mosligini ta’minlashga harakat qilinmoqda. Bunga 
sabab foydalanuvchi uchun uning masalalarini yechuvchi dasturiy ta’minot apparat 
ta’minotdan muhimroq hisoblanadi.
Bir jinsli tarmoqlarda dasturiy moslikka ega bo‘lgan kompyuterlar asosida bir 
jinsli bo‘lmagan, ya’ni har xil firmalar tomonidan ishlab chiqilgan kompyuterlarda 
tuzilgan tarmoqqa o‘tish tarmoqqa bo‘lgan nuqtayi nazarni ham o‘zgartirdi: endilikda 
oddiy axborot almashinuvidan iborat bo‘lgan tarmoq alohida resurslar integratsiyasi 
vositasi – kuchli taqsimlangan hisoblash tizimlariga o‘zgardi. Bunda har bir element 
(server yoki ishchi stansiyalar) ma’lum bir amaliy masala talablariga moslashdi.
Bu o‘tish bir qancha talablarni ilgari surdi. Avvalo, bunday hisoblash muhiti 
unda yechiladigan masalalarning o‘zgaruvchan talablariga hal qilinadigan muvofiq 
apparat va dasturiy ta’minotning sonini va tarkibini moslashuvchan tarzda o‘zgartirishi 
kerak. Ikkinchidan, u turli xil apparat platformalarida bir xil dasturiy ta’minot 
tizimlarini ishlatish qobiliyatini ta’minlashi kerak, ya’ni dasturiy ta’minotning 
mobilligini ta’minlashi lozim. Uchinchidan, bu muhit, bir jinsli bo‘lmagan tarmoqqa 
kiruvchi barcha kompyuterlarda bir xil inson-mashina interfeyslarini ishlatish 
imkoniyatini kafolatlashi kerak. 
Qurilma platformalari va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida jiddiy 
raqobat sharoitida ochiq tizimlar konsepsiyasi shakllandi, ya’ni bir jinsli bo‘lmagan, 
tarqalgan hisoblash tizimi doirasida dasturiy ta’minotning mobilligini ta’minlaydigan 
hisoblash muhiti komponentlari uchun standartlar majmui tashkil etildi. 
Ochiq muhit modellarining variantlaridan biri IEEE POSIX qo‘mitasi tomonidan 
tavsiya etilgan OSE (Open System Environment) modelidir. Bu model asosida AQSH 
milliy standartlar va texnologiyalar instituti "Application Portability Profile (APP)" 
hujjatini ishlab chiqardi.
"US Government System Open Source Environment Profile OSE / 1 Version 
2.0" AQSHning federal agentliklari tomonidan tizim va dasturiy ta’minot dasturining 
mobilligi uchun tavsiya etilgan bo‘lib, axborot texnologiyalari tamoyillarini belgilaydi. 


Qo‘shma Shtatlardagi barcha yetakchi kompyuter va dasturiy ta’minot ishlab 
chiqaruvchilari ushbu hujjatning talablariga rioya qilgan holda ishlab chiqaradi. 
Nazorat savollari 
1. Narxni samaradorlikka nisbatini qanday tushunasiz?
2. Ishonchlilik va xatoga bardoshlilik deganda nima tushunasiz?
3. Xatoga bardoshlikni aytib bering.
4. Masshtablanuvchanlik nima?
 

Download 42.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling