Mavzu: Korrelatsiya tushunchasi va uning psixologik tadqiqotlarda spirmen korrelyatsiyasi Reja


Download 108.88 Kb.
bet6/7
Sana24.04.2023
Hajmi108.88 Kb.
#1394407
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Korrelatsiya tushunchasi va uning psixologik tadqiqotlarda spirmen korrelyatsiyasi

3. Juft korrelatsiya

Ikki belgi orasidagi bog‘liqlik korrelatsion bog‘lanishning eng oddiy turi hisoblanadi va juft korrelatsiya deb yuritiladi.


Juft korrelatsiya deb ikki belgi, ya’ni omil va natija belgi ora­sidagi bog‘lanishga aytiladi. Masalan, tuproq sifati va paxta ho­sil­dorligi orasidagi bog‘lanish, yoki jun mahsuldorligi va jun tan­narxi orasidagi bog‘lanish, yoki mehnat unumdorligi va mehnat haqi darajasi orasidagi bog‘lanishlar juft korrelatsiyaga misol bo‘­la oladi.


4.Ikki belgi orasidagi egri chiziqli bog‘lanish

Yuqorida ikki belgi orasidagi bog‘lanishni to‘g‘ri chiziqli kor­relatsion bog‘lanish tenglamasi asosida ko‘rib chiqdik. Bu bog‘­la­nish­ning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, bir belgining ozmi-ko‘p­mi bir tekisda o‘zgarishi ikkinchi bir belgining bir tekisda o‘zga­ri­shi­ga olib keladi. Ammo ko‘p holatlarda bir belgining bir tekisda o‘z­­­garishi (oshib borishi yoki kamayishi) boshqa bir belgining notekis o‘z­garishiga olib keladi. Masalan, agar tuproq namligi me’yori­dan oshsa, albatta ekinlar hosildorligining pasayishiga sababchi bo‘­la­­di. Yoki boshqa bir misol. Chorva molining yoshi belgilangan che­­garadan orta boshlasa, mahsuldorlik darajasi pasaya bosh­laydi. Bun­day bog‘lanish egri chiziqli korrelatsion bog‘lanish hi­sob­la­na­di.


5. Korrelatsion bog‘lanish zichligini aniqlash tartibi


Korrelatsion bog‘lanish tenglamasi (regressiya tenglamasi) yor­damida bir belgining o‘zgarishi bilan ikkinchi belgining qanday va qaysi darajada o‘zgarayotganligi tavsiflanadi, ya’ni bir omil bel­gi­sining (masalan, hosildorlikning) o‘zgarishi bilan ikkinchi bel­gi­ning (masalan, tannarxning) qanchaga o‘zgarganligi (qanchaga pa­sayganligi, arzonlashganligi) ta’riflanadi, xulosa qilinadi. Shu bilan birga, bog‘lanish zichligini (kuchini) aniqlash va o‘rganish ham kat­ta ahamiyatga ega.
Hodisalar orasida to‘g‘ri chiziqli korrelatsion bog‘lanish mav­jud bo‘lsa, korrelatsion bog‘lanish zichligi (kuchi) korrelatsiya ko­ef­fitsiyenti yordamida aniqlanadi.

Download 108.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling