Mavzu: korrupsiya haqida " Korrupsiya"
Download 31.56 Kb.
|
falsafa karrupsiya
4. Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan rahbariyatining o‘ziga xos xulki tufayli davlat boshqaruvida hal qiluchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi.
Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlanmoqda.Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish o‘ta dolzarb masala bo‘lib, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsa-da, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyat his etsa, qo‘yilgan maqsad va muddaolar echimi paydo bo‘ladi. Har birimiz qaerda, qanday muammoga duch kelsak, uning hal etilishida mas’ul shaxslarning mas’uliyatsizligi yoki ta’magirligiga guvoh bo‘lganda sharoitga bo‘ysunish, indamay ketaverish yoxud chidash o‘rniga bong urishimiz kerak. Mas’uliyatsizlikka, adolatsizlikka nisbatan murosasizlikni o‘zimizdan boshlashimiz darkor. SHunda mudrayotgan mansabdor uyg‘onadi, zimmasida qanday mas’uliyat borligini his etadi. Mening fikrimcha korrupsiyani yo'q qilish uchun yoshlarning ongini toza fikrlar bilan to'ldirish zarur. Korrupsiyaning oqibatlari haqida ularga tushuncha berish lozim. Korrupsiya oqibatlari haqida yoshlarga tushuncha berilgandagina ularni bu ishni qilmaslikka undash mumkin. Respublikamizda oqsayotgan sohalarni rivojlantirish va oylik maoshi past ish o'rinlarini kamaytirish lozim. Negaki, insonlar birinchi bo'lib moddiy tarafdan ohsasalargina noqobil ishlarga qo'l uradilar. Shuning uchun ham yurtimizda har birkasbni rivojlantirish lozim. Davlat va jamiyat hamohanglikda bir- biri bilan uzviy bog'liq ishlasa, yoshlarni ta'lim tarbiyasi to'laqonli ravishda mujassam bo'lsagina korrupsiya ildizlarini yo'qotish mumkin. Hozirgi kunda yurtimizda ko'plab islohotlar olib borilmoqda. Bu islohotlarni natijasini yaqin kelajakda ko'ramiz va hozirgi kunda ham asta sekinlik bilan ko'rib bormoqdamiz bu kushandan tezlik bilan yo'qotib bo'lmaydi. Download 31.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling