Mavzu: Korrupsiyaning namoyon bo’lish shakllari
Korrupsiya va uning tarixiy ildizlari
Download 194 Kb.
|
G\'ulomjonov Xufyona iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir
Korrupsiya va uning tarixiy ildizlari.
Korrupsiya2 - odatda mansabdor shaxs tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan, shuningdek, bu bilan bog‘liq rasmiy nufuz maqomidan, imkoniyatlar va aloqalaridan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadigan atama. Korrupsiya deb shuningdek, mafiya kuchli bo‘lgan davlatlarga xos bo‘lgan mansabdor shaxslarni pora berib sotib olish, ularning sotqnligi, poraxo‘rligi ham tushuniladi. Evropa tillarida mos keluvchi atama odatda kengroq semantikaga ega bo‘lib, bu lotin tilidagi so‘zning birlamchi ma’nosidan kelib chiqadi. Mansabdor shaxsning harakatlari va uni yollagan shaxsning manfaatlari o‘rtasidagi yoki saylangan kishining harakatlari va jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi nizo korrupsiyaga xos alomat hisoblanadi. Korrupsiyaning ko‘plab turlari mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladigan firibgarlik singari bo‘lib, davlat hukumatiga qarshi jinoyatlar toifasiga kiritiladi. Korrupsiyaga unga tegishli bo‘lmagan resurslarni o‘z ixtiyoricha taqsimlash sohasida diskretsion hokimiyatga ega bo‘lgan har qanday mansabdor shaxs (amaldor, deputat, sudya, huquqni muhofaza qilish organlari xodimi, ma’muriyat boshlig‘i va h.k.) duchor bo‘lishi mumkin. Korrupsiyani rag‘batlantiruvchi asosiy omil hokimlik qilish vakolatlardan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy foyda (renta) olish imkoniyati, uni to‘xtatib turadigan omil esa – fosh qilinish va jazolanish riski hisoblanadi. Korrupsiyaning tizimli xarakteri uning korrupsiya qamrab olgan davlat tashkilotlarida ishlaydigan shaxslar uchun majburiy xarakterda ekanligida ham namoyon bo‘ladi. Makroiqtisodiy va siyosiy iqtisodga oid tadqiqotlarga ko‘ra, korrupsiya jiddiy ziyon etkazib , iqtisodiy o‘sishga va butun jamiyat manfaatlarida rivojlanishga to‘sqinlik qiladi. Ko‘plab mamlakatlarda korrupsiya jinoiy jazoga tortiladi. Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz. Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi. Xalq tilida soddagina qilib - poraxo‘rlik, keng ma’noda korrupsiya, deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, ushbu maqolada uni keltirib chiqaruvchi sabab va qarshi kurash choralarini tahlil etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rasmiy saytida yozilishicha, «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir»3. Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. Atama, eng avvalo, siyosiy apparat xodimlariga nisbatan foydalanishi odatiy tusga kirgan. Iqtisodchi Berdhenning fikriga ko‘ra, makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichiga eng katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan korrupsiya hisoblanadi. Uning ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, nepotizm va h.k. Uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona echim yo‘q. Gap shundaki, korrupsiyaning asl ildizi uning paydo bo‘lish geografiyasi bilan o‘zgaradi. Download 194 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling