Mavzu: Korxona faoliyati uning asosiy belgilari va vazifalari
Download 21.33 Kb.
|
Jahongir
XulosaMening xulosam shundan iboratki Korxonani texnikaviy jihatdan qayta jixozlash korxonani rivojlantirish, fan, texnika fondi, hamda bank kreditlari hisobidan amalga oshiriladi. Moddiy-texnikaviy ta'minotni belgilash uning samarali va barqaror ishlashi moddiy resrslardan samarali foydalanish zaruratidan kelib chiqadi. Korxona moddiy resurslarga bo’lgan extiyojini aniqlab ularni ulgurji bozoridan sotib oladi. U iste'molchilar, savdo va moddiy ta'minot korxonalariga xo’jalik shartnomasiga asosan mahsulot sotadi va xizmat ko’rsatadi, yoki uz savdo shaxobchalarida ularni sotishi mumkin. Korxona faoliyatini baholovchi muhim me'yor buyurtma va shartnomalarni uz vaqtida bajarishdir. Korxona talabni o’rganishi va reklamani amalga oshirishi lozim. Korxona qonunchilikka muvofiq holda yer, suv, yer osti, urmon va boshqa tabiiy resurslarni kuriklash, tiklash va munosib ravishda foydalanish me'yorlari va talablariga uz faoliyatida amal qilish bo’yicha javobgarlikka ega. Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maqsadida kushimcha mablaglarni jalb qilish uchun qimmatli kogozlar chiqarish huquqiga ega. Ishlab chiqarish samaradorlikni oshirish, unda ishlovchilar xo’jalik va mehnat faoliyatini kuchaytirishning muhim omili bo’lgan faol ijtimoiy siyosat olib borish korxona faoliyatining muhim yunalishi bulmogi lozim. U, shuningdek, mehnatkashlar, ular oilasi, urush va mehnat fayriylarining mehnat va turmush sharoitini yaxshilash haqida gamxurlik qilishi lozim. Korxona jamoasi ijtimoiy extiyojlarini qondirish imkoniyatlari uning faoliyati natijalari, sof foyda bilan belgilanadi. Korxona o’z ijtimoiy faoliyatini mahalliy tuman va shahar hokimiyatlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib, o’z iste’molchisini topadi. Tarmoqlar aro mutanosibliklarga sanoat bn qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlar o'rtasidagi mutanosibliklar misol bo’ladi. Olingan malumotlar asosida boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimning faoliyatini baholaydi va boshqaruvni yanada takomillashtirish yuzasidan topshiriqlar, ko‘rsatmalar ishlab chiqadi, «Korxona iqtisodiyoti»ga ekspluatasiya qilinayotgan asosiy fondlarning yoshi, birinchi o‘rinda mashina va asbob-uskunalarning yoshi katta ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi paytda mashina va sanoat uskunalarini yosh bo‘yicha guruhlashda taxminan quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5 yildan 10 yilgacha, 10 yildan 15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va hokazo. Mashina va uskunalarning ekspluatasiya muddati qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari shunchalik past bo‘ladi, mahsulotlar sifati pasayadi, bekor turib qolish va talofatlar ko‘payadi hamda aksincha. Bundan tashqari, korxona asbob-uskunalaridan uzoq vaqt mobaynida foydalanilganida ta’mirlash uchun ham ko‘p harajatlar sarflanadi. Korxonani ta'sis etish va uning faoliyatini yuritish uchun yer maydoni ajratish, zarur bo’lgan holda tabiiy resurslardan foydalanish uchun ruxsat tuman yoki shahar xoqimliklari tomonidan beriladi. Korxona davlat ruyxatidan o’tgan kundan boshlab ta'sis etilgan va yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan hisoblanadi. Davlat ruyxatidan o’tish tuman, shahar xoqimliklarida amalga oshiriladi. Download 21.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling