Mavzu: Korxona faoliyati uning asosiy belgilari va vazifalari


Korxona xo’jalik mezanizmi, uni shakllantirish va rivojlantirish


Download 21.33 Kb.
bet4/6
Sana08.02.2023
Hajmi21.33 Kb.
#1177892
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jahongir

Korxona xo’jalik mezanizmi, uni shakllantirish va rivojlantirish
Korxona xo’jalik mexanizmi - bu xo’jalik yuritishning tamoyil, usul va shakllari kulami bo’lib, ular yordamida ishlab chiqarish jarayoni va mehnat jamoasini boshqarish, mehnat jamoasini boshqarish munosabatlar tizimi bilan ishlab chiqarish asosiy vositalari o’rtasida aloqa va o’zaro ta'sir amalga oshiriladi.
Bu murakkab tashkiliy – iqtisodiy tizim bo’lib, rejalashtirish xo’jalik hisobi, moddiy texnika ta'minoti, boshqarish tamoyillari va usullari, korxona qadrlar va ularning korxonaning boshqarishdagi katnashuvi, fan-texnika taraqqiyoti va mahsulot sifatini oshirish, mehnat faoliyatini ijtimoiy rivojlantirish, mehnatni va unga haq tulashni tashkil etish, kredit va hisob kitoblar, tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni himoya qilish, hisob, hisobot, nazorat, korxonaning yuqori tashkilotlar va mahalliy hokimiyatlar bilan munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalarni kamrab oladi. Mehnat jamoasi faoliyatini, uning ishlash usullari va yullarini baholash uchun mos me'yor va ko’rsatkichlar, korxona ishini tartibga solish esa huquqiy xujjatlar, standart, me'yorlar vositasida amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyotiga utish sharoitida korxona xo’jalik mexanizmi barcha bo’ginlarning ishini yaxshilash bo’yicha tartiblar amalga oshirilmokda: korxona boshqaruvining butun tizimi puxtalashtirilmokda, xo’jalik faoliyati yakuniy natijalarga qaratilmokda, boshqarishning tashkiliy tartibi, tamoyil va usullari takomillashtirilmokda; mehnatni tashkil etish va haq tulashning ilmiy asoslari joriy etilmokda; korxona faoliyati me'yor va ko’rsatkichlari uzgarmokda; korxonini boshqarishda oshkoralik va demokratizm kengayishi, har bir ishlovchi daromadi uning qushgan hissasi va korxona faoliyati natijasi bilan aniqlanishi muvoffaqiyatli unumdor faoliyat uchun asos yaratmokda, qator iqtisodiy va tarbiyaviy masalalar hal etilmokda.
Korxonani texnikaviy jihatdan qayta jixozlash korxonani rivojlantirish, fan, texnika fondi, hamda bank kreditlari hisobidan amalga oshiriladi. Moddiy-texnikaviy ta'minotni belgilash uning samarali va barqaror ishlashi moddiy resrslardan samarali foydalanish zaruratidan kelib chiqadi.
Korxona moddiy resurslarga bo’lgan extiyojini aniqlab ularni ulgurji bozoridan sotib oladi. U iste'molchilar, savdo va moddiy ta'minot korxonalariga xo’jalik shartnomasiga asosan mahsulot sotadi va xizmat ko’rsatadi, yoki uz savdo shaxobchalarida ularni sotishi mumkin. Korxona faoliyatini baholovchi muhim me'yor buyurtma va shartnomalarni uz vaqtida bajarishdir.
Agar asosiy fondlarni natural baholash-ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish masalalarini hal qilish, asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ularning guruh va turlari bo‘yicha grafiklar tuzish, shuningdek, ta’mirlash vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash imkonini bersa, qiymat bo‘yicha baholash esa, asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirish, ularning mavjud hajmini aniqlash, amortizasiya hajmini belgilash, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish va hokazolarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud: boshlang‘ich qiymat bo‘yicha - asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan harajatlar majmuidan iborat bo‘lib, asosiy fondlar yoki ularning alohida qismlarini foydalanishga topshirish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan-ularni keltirish, o‘rnatish kabi harajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat.
Masalan, bitta mashina yoki uskunaning boshlang‘ich qiymati . Korxonalar aylanma mablag’lari tarkibi va to’zilmasiga xo‘jalik yuritish qobiliyati va uning samaradorligiga rioya qilish qoidalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Yani korxona ishlab chiqarish zahiralarini va aylanma mablag’larning ta’minlanganligini haddan tashqari oshirishga intilmasligi zarur. Amaliyotning guvohlik berishicha, bu, resurslarning halok bo‘lishiga va sun’iy tanqislikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli xom ashyo va materiallarni sarflashning texnologik normalariga rioya qilish, ularni saqlashni to‘g‘ri yo’lga qo‘yish, chiqitlar va yo‘qotishlarni kamaytirish, zamonaviy va arzon materiallardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Biroq arzon materiallardan foydalanish doim ham korxona imkoniyatlari va xohishidan kelib chiqavermaydi va tashqi muhit, birinchi o‘rinda ishlab chiqarishdagi hamkorlar, bahoni shakllantirish, umumiy iqtisodiy barqarorlik va boshqa omillar bilan ham bog‘liq bo‘ladi.Korxona iqtisodiyotiga aylanma mablag’larning tarkibi va to’zilmasidan tashqari, ularni ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va muomalaning turli bosqichlarida izlab topish katta ta’sir ko‘rsatadi. Aylanma mablag’larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi. Mehnat predmetiga o‘tkazuvchi ta’siriga ko‘ra, asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv va passiv turlarga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv turiga bino va inshoatlar, aktiv turiga esa quvvat mashina va uskunalari, ishchi mashina va uskunalar, transport vositalari, texnologik liniyalar, yani biron-bir turdagi mahsulot yaratishda foydalaniluvchi mehnat qurollari kiritiladi.
Korxonaning aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlari eng harakatchan va ahamiyatli hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti davomida ko‘plab korxonalarda aktiv ishlab chiqarish fondlarining salmog‘i ortadi, ularning tarkibi va ko‘rinishi o‘zgaradi, asosiy fondlar guruh va turlarining ma’naviy eskirish tufayli almashinish sur’ati tezlashadi.
Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi va boshqa ijobiy o‘zgarishlar sharoitlarida, ba’zan korxonaning asosiy fondlari, jumladan, ishchi mashinalar va uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va hokazolar yetmay qoladi.


Download 21.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling