Mavzu: Korxona faoliyati uning asosiy belgilari va vazifalari


Korxona faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari


Download 21.33 Kb.
bet2/6
Sana08.02.2023
Hajmi21.33 Kb.
#1177892
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jahongir

Korxona faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari.

Korxona yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi subekt bo’lib, mulkdan foydalanish asosida u mehnat jamoasi tomonidan mahsulot ishlab chiqaradi va sotadi, ishlar bajaradi va xizmat ko’rsatadi .


Korxona mulk shakliga ko’ra bir-biridan farqlanadi:

  • fuqarolar mulkiga asoslangan: xususiy, oilaviy korxona;

  • jamoa mulkiga asoslangan: korxona, ishlab chiqarish shirkatlari, shirkatlarga tegishli korxona, aktsionerlar jamiyati va boshqa xo’jalik jamiyatlari, ijtimoiy tashkilotlar, diniy tashkilotlar korxonasi;

  • davlat mulkiga asoslangan korxona.

Shuningdek, yuridik shaxs huquqiga ega ta'sischilar uyushmasiga asoslangan kushma korxona ham tashkil etiladi. Kushma korxona ta'sischilari jumlasiga chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar ham krishi mumkin. Xo’jalik oboroti va ishlovchilar soniga bog’liq holda korxonalar yirik, urta va kichik bulishi mumkin.
Kichik korxonalarni tashkil etish va ular faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari qonun tomonidan belgilab quyiladi. Korxonalarning boshqa turlari masalan, ijara korxonalari ham mavjud. Korxonalar kungilli asosda uyushma, xo’jalik assosatsiyalari, kontsern va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin. Bu birlashmalar zimmasiga ba'zi ishlab chiqarish, xo’jalik vazifalarini markazlashgan holda bajarish topshiriladi.
Korxonalar xalq xujaligining sanoat, qishloq xujaligi, kurilish, transport, aloqa, fan, ilmiy tekshirish, savdo, moddiy-texnikaviy ta'minot, xizmat ko’rsatish va boshqa tarmoqlarida faoliyat yuritadilar. Ular bir vaqtning o’zida bir necha hil faoliyat turi – agrar-sanoat, sanoat-savdo, sanoat-kurilish, ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatlari bilan shug’ullanishlari mumkin.
Korxonaning asosiy vazifasi – ijtimoiy extiyojlarni yuqori iste'mol sifatlariga ega bo’lgan mahsulotlar bilan kam sarf qilib ta'minlanishi, buning asosida butun jamoa farovonligi, korxona mulki egasi manfaatlarini ta'minlashga erishishdir. Bu vazifani amalga oshirish yulida korxona quyidagilarga erishishi lozim:
ishlab chiqarishning rivojlanishi va samaradorligi ortishi; uni har tomonlama jadallashtirish, fan-texnikani tarakkiy ettirish, mehnat unumdorligini oshirish, resurslarni tejash, foydani ko’paytirish;
jamoani ijtimoiy jihatdan rivojlantirish, ijtimoiy sohaning zamonaviy moddiy asosini shakllantirish, yuqori unumdor mehnat uchun imkoniyatlar yaratish, mehnatga qarab taqsimot tamoyilini amalga oshirish, atrof muhitni himoya qilish va yaxshilash;
mehnat jamoasining uz-o’zini boshqarish, har bir ishlovchini davlat, jamoa, xususiy mulkdan xaqqiy mulkdor sifatida foydalanishga kiziktirish, shuningdek, ularda jamoa va davlat ishlariga qiziqish uygotish.
Korxona qonunchilikka muvofiq holda yer, suv, yer osti, urmon va boshqa tabiiy resurslarni kuriklash, tiklash va munosib ravishda foydalanish me'yorlari va talablariga uz faoliyatida amal qilish bo’yicha javobgarlikka ega.
Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish maqsadida kushimcha mablaglarni jalb qilish uchun qimmatli kogozlar chiqarish huquqiga ega.



Download 21.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling