Mavzu: Korxona iqtisodiy xavsizligi va tijorat siri Reja


Tijorat sirini himoya qilish mexanizmi


Download 74.54 Kb.
bet4/6
Sana02.02.2023
Hajmi74.54 Kb.
#1146274
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
201.19-guruh Bobomurodov Javlon

Tijorat sirini himoya qilish mexanizmi
Mamlakatimizda ochiq demokratik jamiyat qurilmoqda. Bu hamma narsa “ochiq” bo’ladi degani emas. Bozor munosabatlari sharoitida erkin raqobat mavjud ekan tijorat sirining ham saqlanib qolishi muqarrar. Shu tufayli korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun uning tijorat sirini saqlay bilishi lozim. Bu o’z-o’zidan amalga oshmaydi. Buning birqancha mexanizmlari mavjud (2-chizma).
2-chizma

Tijorat sirini himoya qilish mexanizmlari




Tashkiliy tadbirlar




“Ochiq testlar” o’tkazish tadbirlari




Texnik tadbirlar


Rag’batlantiruvchi tadbirlar




Tekshiruv tadbirlari

1. Tashkiliy tadbirlar. Bunda korxonaning xavfsizligini ta’minlash uchun alohida xavfsizlik xizmatini tashkil qilindi. Bu xizmat korxonaning tegishli axborotlarining maxfiyligini saqlash chora-tadbirlarini ko’radi.


2. “Ochiq testlar” o’tkazish tadbirlari. Korxonaga xodimlarni ishga qabul qilishda ishlayotganlarini esa vaqti-vaqti bilan test orqali sinab turiladi. Bu test orqali xodimning mazkur korxonaga sodiqligi, axborotlarga, ayniqsa maxfiy axborotlrga e’tibori aniqlanadi. Chunki nufuzli korxonalarga raqobatchi korxona ayg’oqchilari, maxfiy xufiya iqtisodiyot vakillari kirib olishga harakat qiladilar. Bu vakillarning xodimlar tarkibiga kirib qolishi ushbu jamoada axloqiy, ruhiy muhitni buzishga, tegishli axborotlarni o’g’rilab olishga harakat qiladi. Tabiiyki, bunday holat korxonaning ishini orqaga ketkizadi, ko’zda tutilgan foydani olish imkoni bo’lmaydi. Xullas bankrotga uchraydi. Shu tufayli “Ochiq testlar” ushbu xavfning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
3. Texnik tadbirlar. Hozirgi paytda raqobatchilar, turli uyushgan jinoyat guruhlar, reketchilar korxona haqidagi maxfiy axborotlarni texnika orqali olishga harakat qiladilar. Bunga korxonaning saytiga kirib tegishli axborotni kompyuter orqali olishi mumkinligini, telefonda gaplashgan gaplarni eshitish, orqali muhim shartnomalarga oid axborotlarni olishligi kabilarni kiritish mumkin. Bu holatlarga qarshi tegishli texnik tadbirlarni qo’llash lozimki, toki bunday yo’llar bilan maxfiy axborotlarning chetga chiqib ketishiga yo’l qo’yilmasin.
4. Rag’batlantiruvchi tadbirlar. Korxona xavfsizligi bilan shug’ullanadigan o’z xodimlarini doimiy ravishda rag’batlantirib borishi lozim. Odamlarga korxona qanchalik g’amxo’rlik qilsa odamlar ham shunga javoban korxonani asrab-avaylashga harakat qiladi. Bunda korxonaning xavfsizligi bilan bog’liq jarayonlarga faqat korxonaga sodiq kishilarni jalb etish lozim bo’ladi. Zero xodimda sodiqlik bo’lmasa korxonaning tashqi raqobatchilari, eng avvalo, shu korxonaning xodimlarini qo’lga olishga harakat qiladilar. Shu tufayli maxfiy axborotlarga har kimni ham yaqinlashtirib bo’lmaydi.
5. Tekshiruv tadbirlari. Korxona o’z faoliyati davomida yuzlab hamkor tashkilotlar, korxonalar bilan munosabatda bo’ladi. Ammo ularga mol jo’natishda, pul o’tkazishda qaytishiga ishonch hosil qilingan bo’lishi lozim. Ammo hammaga ishonish mumkinmi. Albatta, yo’q. Bunga mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan yakka tartibdagi jismoniy va yuridik shaxslar hayotida sodir bo’layotgan ko’plab hodisalarni misol keltirish mumkin. Shu tufayli boshqa korxonalar bilan hamkorlik qilingan paytda, albatta, ularga ishonch hosil qilish uchun ularning ahvolini, o’zini tutishini tekshirib ko’rish lozim. Biz kim bilan, qanchagacha va qaysi muddatga shartnoma tuzilishi lozimligini oldindan bilsak bunday operasiyalarni amalga oshirish, har holda, ma’lum ma’noda, ishonchli bo’ladi.Albatta, bozor munosabatlari har bir korxonani hushyor bo’lish bilan birga ko’p hollarda risk (tavakkal) qilishga ham majbur qiladi. Chunki bozor munosabatlarining tabiati shunday. Ammo tavakkal qilish bilan birga korxonaning xavfsizligini ta’minlash uchun tegishli himoya mexanizmlaridan ham foydalanish zarur.

Download 74.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling