Mavzu: korxona mahsulotini tavsiflash


Mahsulotni baholash usullari


Download 49.77 Kb.
bet4/5
Sana07.05.2023
Hajmi49.77 Kb.
#1439606
1   2   3   4   5
Bog'liq
KORXONA MAHSULOTINI TAVSIFLASH

2. Mahsulotni baholash usullari


Tovar murakkab tushuncha bo‘lib, bir qator xususiyatlar yig‘indisini qamrab oladi. Ulardan asosiysi iste’molchilik sifatlari, ya’ni tovarning o‘z egasi ehtiyojlarini qondira olishi hisoblanadi. Tovarning ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan ta’rifi - «sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuli» to‘g‘ri bo‘lsada, tovarni pulga ayirboshlashdagi rolini emas, undan foydalanish imkoniyatlarining ahamiyatini ko‘rsatish muhim: tovar bu – ma’lum bir ehtiyojni qondirish vositasidir. Tovarning boshqa yana bir ta’rifiga ko‘ra – bu buyumning foydali xususiyatlari yig‘indisidir. SHu sababli u iste’molchilar ehtiyojlarini moddiy qondirish uchun zarur bo‘lgan barcha tarkibiy elementlarni avtomatik ravishda qamrab oladi.
Tovarning iste’mol qiymati tovarning o‘zi va unga qo‘shimcha xizmatlar bilan bog‘liq xususiyatlar yig‘indisi bo‘lib xizmat qiladi. Korxonaning barqaror muvaffaqiyati uchun doimiy mijozlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish zarurligi sababli raqobatli bozorda tovar narxi, o‘rovi, dizayni, ergonomik xususiyatlari va unga tegishli hujjatlarga alohida e’tibor qaratish lozim. SHu bilan birga avtomobil, traktor yoki stanok dizaynining ajoyibligi uni bozorda muvaffaqiyatsizlikka uchrashidan himoya qila olmaydi.
Tovarlarni tadqiq etishning pirovard maqsadi bozordagni tovarlar sifati va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining xaridorlar so‘rov va talablariga mos kelishi, shuningdek ularning raqobatbardoshligini tahlil qilish hisoblanadi. tovarlarni tadqiq etish iste’molchi nimaga ega bo‘lmoqchiligi, u mahsulotning qaysi iste’mol ko‘rsatkichlarini (dizayn, ishonchlilik, narx, ergonomika, servis, funksionallik) ko‘proq qadrlashi haqidagi ma’lumotlarni olishga imkon beradi. SHu bilan birga reklama kampaniyasi uchun eng omadli dalillarni olish, to‘g‘ri keluvchi savdo vositachilarini tanlash ham mumkin. Tadqiqot ob’ektlari – o‘xshash tovarlar va raqobatchi tovarlarning iste’mol xususiyatlari, iste’molchilarning yangi tovarlarga reaksiyasi, tovar assorimenti, o‘rovi, servis darajasi, iste’molchilarning istiqboldagi talablari hisoblanadi. Tadqiqot natijalari korxonaga xaridorlar talablariga mos ravishda o‘z tovar assortimentini ishlab chiqish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, tovar hayotiylik davrining bosqichlaridan kelib chiqqan holda faoliyat yo‘nalishlarini tanlash, g‘oyani izlab topish va yangi tovarlarni ishlab chiqish, tovar markalanishini takomillashtirish, firma stilini ishlab chiqish, patentlarni himoya qilish usullarini aniqlashga imkon beradi.
Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tovar yoki mahsulotni to‘g‘ri ko‘rsata bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda tovarning taxminiy narxi va uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar miqdorini ko‘rsatish tavsiya qilinadi. Ularga ko‘ra har bir tovar birligi keltirishi mumkin bo‘lgan foyda hajmini aniqlash mumkin.
Tovarning asosiy xislatlarini, uning dizayni va o‘rovining afzalliklarini aniq tavsiflash katta ahamiyatga ega. Bularning barchasi tashqi va ichki bozorda sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 49.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling