Mavzu: korxona mahsulotini tavsiflash
Tovar qondiruvchi ehtiyojlar
Download 49.77 Kb.
|
KORXONA MAHSULOTINI TAVSIFLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Sifat ko‘rsatkichlari
- 3. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar
- 4. Tovarning tashqi bezalishi
- 5. YAngi tovarni tavsiflash
1. Tovar qondiruvchi ehtiyojlar
Ehtiyojlarni tavsiflovchi asosiy axborot quyidagilardan iborat: tovar nomi; tovarning vazifalari, foydali samarasi; tovardan foydalanishning universalligi, bilvosita foyda, ikkinchi darajali qo‘llash sohalari (masalan, changyutgichdan binolarni ohaklashda foydalanish imkoniyati); tovarning o‘ziga xosligi ta’minlovchi omillar. 2. Sifat ko‘rsatkichlari Mahsulot xususiyatlariga uning quyidagi sifat ko‘rsatkichlari bevosita bog‘liq bo‘ladi: uzoq muddat xizmat qilish, ishonchlilik, oddiylik, xavfsizlik va hokazo. Ayrim sifat ko‘rsatkichlari miqdoriy jihatdan baholanib, mos keluvchi ma’lumotlar biznes-rejada keltirilishi mumkin. Xususiyatlar yig‘indisini xuddi sifat darajasi kabi xaridorlar tasavvuriga mos keluvchi tushunchalar sifatida o‘lchash zarur. 3. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar Iqtisodiy ko‘rsatkichlar quyidagilar: iste’mol narxi; bitta mahsulot birligi tannarxi va u keltiruvchi foyda. Iste’mol narxi tovarning xizmat qilish muddati davomida unga sarflanuvchi xarajatlarni aks ettirib, quyidagilardan biorat bo‘ladi: sotuv narxi; transport xarajatlari; o‘rnatish xarajatlari; xodimlarni o‘qitish xarajatlari; ekspluatatsiya xarajatlari; texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlari; soliqlar; sug‘urta badallari va hokazo. 4. Tovarning tashqi bezalishi Tovarning tashqi bezalishini tavsiflashda uning zamonaviy dizayn va iste’molchilar talablariga mos kelishi aks ettirish, mahsulot shakli uning funksiyalariga qanchalik javob berishi, material va rang nima asosida tanlanganligi va hkazolarni ko‘rsatish lozim. 5. YAngi tovarni tavsiflash Yangi tovarni tavsiflash ayrim xususiyatlarga ega. Avvalo tovar «bozor yangiligi» talablariga javob berishi ko‘rsatiladi. Bu atama bilan belgilanuvchi tovarlar quyidagi xislatlarga ega bo‘ladi: iste’molchi oldida eng yangi ehtiyojlarni qondirish imokniyatini ochib beradi (pioner tovar); oddiy, ma’lum bo‘lgan ehtiyojni bir pog‘ona yuqoriga ko‘taradi (oq-qora televizor o‘rniga rangli televizor); iste’molchilarnig kengroq doirasiga ma’lum darajada ehtiyojni qondirishga imokn beradi. Download 49.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling