Mavzu: korxona moliya-xo'jalik faoliyatini tahlil qilishning mohiyati va ahamiyati reja


Download 22.34 Kb.
bet1/5
Sana17.02.2023
Hajmi22.34 Kb.
#1205250
  1   2   3   4   5
Bog'liq
KORXONA MOLIYA-XO\'JALIK FAOLIYATINI TAHLIL QILISHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI



MAVZU: KORXONA MOLIYA-XO'JALIK FAOLIYATINI TAHLIL QILISHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI
Reja:

1. Korxonaning moliya-xo'jalik faoliyatining holatini tahlil qilishning ahamyati,maqsadi va vazifalari

2. Buxgalteriya balansi asosida xo'jalik mablag'lari, ularning manbalari tarkibi va tarkibiy tuzilishining tahlili
3. Korxona faoliyatining moliyaviy barqarorligi tahlili
4. Moliyaviy natijalar va rentabellik ko'rsatkichlari. Va uni hisoblash usullari

Korxonaning moliyaviy xo'jalik faoliyatini tahlil qilishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari.


Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlari asosida tashkil topishi korxonalar faoliyati tahlilining ahamiyatini yanada oshiradi,chunki u mazkur sharoitda faoliyatga joriy etilmagan ishlab chiqarishishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni o'z vaqtida aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish uchun mavjud imkoniyatlarni aniqlashda muhim ro'l o'ynaydi. Foydalanilmagan resurslarni aniqlab, ulardan samarali foydalanish korxonalar iqtisodiyotini, qolaversa, milliy iqtisodiyotni mustahkamlashda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.
Moliyaviy faoliyat tahlili deb nimaga aytiladi?
Korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini moliyaviy hisobotlar,
Buxgalteriya hisobi va bosgqa axborotlarning malumotlari asosida o'rganib, mavjud moliyaviy imkoniyatlarini aniqlash va moliyaviy holatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish usuli moliyaviy tahlil deb ataladi.
Moliyaviy tahlilning asosiy qismi bo'lib korxonalar moliyaviy holati tahlili hisoblanadi. Korxona moliyaviy holati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, to'lovga qodirligi, o'z mablag'lari bilan ta'minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati kabi jihatlarini ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko'rsatkichlar darajasini o'rganish va tahlil qilish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham mazkur ko'rsatkichlarni o'z vaqtida tahlil qilib turish – korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustahkamlash uchun shart sharoitlar yaratadi. Shu nuqtai nazardan tahlilning ahamiyati nihoyatda katta va beqiyosdir. Tahlil- korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilashning garovidir.
Moliyaviy tahlilning asosiy vazifasi bo'lib, korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini, moliyaviy barqarorlik darajasini, to'lovga qodirlik ahvolini,
o'z va qarz mablag'lari bilan ta'minlanish darajasini, moliyaviy mustaqillik ahvolini, debetorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga bo'lgan holatini o'rganish asosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash imkoniyatlarini ko'rsatish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan moliyaviy holat tahlilining asosiy vazifalari bo'lib quydagilar hisoblanadi
  1. Korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va o'zgarishiga baho berish;


  2. Moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o'zgarishiga baho berish


  3. Balans likvidligi ko'rsatkichlarini aniqlash va ularning o'zgarishini tahlil qilish


  4. Korxonaning to'lov layoqati koefsiyentini aniqlash va uning o'zgarishiga baho berish


  5. Moliyaviy koefsiyentlarini aniqlash va ularning o'zgarishiga baho berish


  6. Aylanma mablag'lardan foydalanish samaradorligini o'rganish


  7. Debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o'rganish


  8. Foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish bo'yicha tavsiyalar va takliflar berish


Moliyaviy holatni tahlil qilishning sosiy manbalari bo'lib quydagi axborotlar hisoblanadi


  1. Buxgalteriya balansi


  2. Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot


  3. Asosiy vositalar to'grisidagi hisobot


  4. Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot


  5. Xususiy kapital to'g'risidagi hisobot


  6. Debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma'lumotnoma


Moliyaviy natijalar deganda nima tushuniladi? Moliyaviy natijalar deganda foyda yoki zarar ko'rsatkichlari birgalikda tushuniladi. Ushbu ko'rsatkichlar daromad va xarajatlar orasidagi farq tariqasida aniqlanadi. Daromadlar hajmi xarajatlat hajmidan ko'p bo'lsa, oraliqdagi farq fordani aksincha bo'lsa zararni bildiradi. Foyda daromad va xarajatlar nisbatidagi yuqori o'zgaruvchanlikni, zarar esa ular nisbatidagi quyi o'zgaruvchanlikni bildiradi. Foyda oshgan sayin korxonaning moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib, to'lovga qodirligi oshib boradi, o'zini o'zi mablag' bilan ta'minlash darajasi yaxshilanib boradi, oqibatda ishlab chiqarishni kengaytirish, rivojlantirish, moddiy nemat yaratuvchilarning moddiy manfaatdorligi darajasini oshirish kabi ijtimoiy iqtisodiy maslalarni hal qilish uchun sharoit yaratiladi. Shuning uchun ham har bir xo'jalik yurituvchi subyekt o'z faoliyatini foydali yuritishi uchun harakat qilishi kerak. Foydali faoliyat ko'rsatish uchun iqtisodiy tahlilni samarali tashkil qilish talab etiladi. Chunki foydani ko'paytirish va zararni yo'qotish uchun zarur bo'lgan imkoniyatlarini faqat tahlil orqali aniqlashi mumkin


Tahlilning maqsadi nimadan iborat? Tahlilning maqsadi – Foyda va rentabillik ko'rsatkichlarini dinamikasini chuqur o'rganish hamda omilli tahlil qilish asosida ularni yanada ko'paytirish va oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat



Download 22.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling