Mavzu: Korxona mustaqil xo‘jalik faoliyatini yurituvchi bozor sub’ekti


Download 1.78 Mb.
bet23/36
Sana18.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1785015
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti

Ekspert baholash metodlari

“Aqliy hujum” metodi

  • Ushbu metod jamoada g'oyalar generatsiyasi va muammoning ijodiy yechimini topish metodi sifatida keng qo'llaniladigan ko'p tarqalgandir. U qo'yilgan muammoning yechimi bo'yicha ishtirokchilar tomonidan taklif etiladigan turli g'oyalarni erkin, strukturalashtirilmagan generatsiyalashtirish (rivojlantirish) jarayonini bildiradi.
  • Bu usul boshqacha qilib, «g'oyalar jangi» deb, nom olgan. U yuzma-yuz so'rov usuli bo'lib, XX asrning 50-yillarida A.Osborn tomonidan kashf etilgan. U AQSH va Yaponiyada keng qo'llanilgan. Tayyorlov bosqichida dastlab 10-15 kishidan iborat aqllar hujumi guruhi tuziladi. Tayyorgarlik jarayonida ekspertlarga eslatma tayyorlanadi va unda muammoli holatlar, markaziy masalalar, muhokama savollari va oldindan g'oyalarni o'ylab qo'yish so'raladi. Aqllar hujumini o'tkazilishining asosiy qoidalari yuboriladi. Yig'ilishni o'tkazish uchun rais saylanadi. U yig'ilishni ochadi. Ekspertlarga nutq uchun 2-3 minut ajratiladi va u bir necha gal takrorlanadi, ya’ni so'z oluvchilar qisqa ko'rinishda o'z g’oyalarini ifodalashi lozim. Bu usulda tanqidiy fikrlar ijobiy muhokama qilinadi.
  • Muhokama stenogramma qilinadi yoki diktafonga yozib olinadi. Muhokamaga 15- 20 minutdan to 40-45 minut ajratiladi. Albatta yangi g'oyalar boshqa paydo bo'lmaydi. Agar ishtirokchilar ko'payib ketsa, ular guruhlarga ajratiladi.
  • Keyingi bosqichda seans natijalari boshqa mutaxassislar guruhi tomonidan qayta ishlanadi. Bu bosqichda jami g'oyalar tanqid etiladi va g'oyalar, takliflarning so'nggi ro'yxati tuziladi. Bu ro'yxatga samarali va amaliy g'oyalar kiritiladi.

Delfi metodi

  • Ekspertli prognozlashtirish metodlari ichida eng rasmiy hisoblanadi va ko'pincha texnologik prognozlashtirishda keyinchalik olingan natijalarni ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini optimal rejadashtirish uchun qo'llaniladi. Bu guruhli metod bo'lib, unda turli sohalardagi kelajakdagi voqealar to'g'risidagi ekspertlar guruhi takliflari individual so'rov o'tkazib aniqlanadi va so'rov natijasida yangi kashfiyotlar yoki takomillashtirishlar kutiladi.
  • Bu metod Aqshda XX asrning 60-yillarida O.Xelmer tomonidan yaratilgan. Bu usul bir qator mamlakatlarda sinovdan o'tgan, ayniqsa, ilmiy texnik progress muammolarini tekshirishda qo'llanilgan. Arzon usullardan hisoblanadi. U sirtdan so'rov o'tkazishga asoslangan. uning xususiyatlari: sirtqi, anonim (yashirin) va so'rovlar bir necha bosqichlarda o'tkaziladi, teskari aloqa mavjud, birinchi turdan tashqari har gal ekspertlar oldingi turdagi natijalar haqida axborot olishadi.
  • Dastlab ekspertlarga anketalar tarqatiladi, unda muammo izohlanadi, savollar ro'yxati va unga javob berish tavsifi keltiriladi.
  • Ekspert javoblarni qo'l qo'ymasdan pochta orqali yoki elektron jo'natadi. Tashkilotchilar ekspertlar javoblarini qayta ishlaydi, ular bo'yicha guruhiy baho chiqaradi. Mazmun jihatdan o'rtachalarni, farqlar va dispersiyani hisoblaydi. Bir oy o'tgandan keyin ikkinchi tur o'tkaziladi. ekspertlarga birinchi tur natijalari xulosalari bayon qilinib, ekspertlarga yana qayta ishlangan savollar beriladi. Birinchi tur javoblarini inobatga olgan holda ekspertlardan savollarga javob berishi so'raladi. Ikkinchi tur javoblari yana umumlashtirilib, zarur bo'lsa, yana qo'shimcha turlar o'tkaziladi. Agar uchinchi turdan so'ng javoblardagi farqlar katta bo'lmasa so'rov o'tkazish to'xtatiladi. Oxirgi tur natijalari umumlashtiriladi va tugallangan hisoblanadi. ba'zida to'rtinchi tur ham o'tkazilishi mumkin.
  • Bu metodning afzalligi shundaki, avtoritetlar bilan munozarali vaziyatlar yo'qoladi, ekspertlarning anonimligi bo'ladi, har bir bosqichda ekspertlar oldingi natijalardan xabardor bo'ladi. Kamchiligi ko'p vaqt talab qilinishi (3-4 turda bo'lishi).

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling