Mavzu: Korxona mustaqil xo‘jalik faoliyatini yurituvchi bozor sub’ekti


Download 1.78 Mb.
bet21/36
Sana18.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1785015
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti

Chiziqli shtabli struktura

Chiziqli –shtabli struktura har bir rahbar huzurida ixtisoslashgan xizmatlar, maslahatchilar kengashi, ya’ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi.

Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o’rganish orqali rahbarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat.

Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo’lidagi birlamchi vazifalarning bajarilishiga javobgar bo’lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobe bo’lgan ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar.

Ular maslahat berish funksiyasini bajaradilar.

Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofig’ini aniqlash va uni uzil-kesil qabul qilishdan iborat.

  • Chiziqli-shtabli strukturaning afzalligi chiziqli rahbarlar o’z diqqatlarini ilmiy tadqiqiy ishlarga emas, balki asosan, korxonaning joriy faoliyatiga qaratadilar.
  • Kamchiligi esa boshqaruvda ortiqcha bo’g’inlarning paydo bo’lishi, boshqarish tezkorligining susayishi, boshqaruv xarajatlarining o’sishidadir.

Funksional struktura

Ushbu struktura rahbarlar va struktura bo’g’inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgan. Bunda har bir boshqaruv bo’g’iniga muayyan funksiyalar biriktirib qo’yiladi. Masalan, marketing, ishlab chiqarish, moliyani boshqarish.

Boshqaruv apparatini funksional ixtisoslashtirish uning samaradorligini oshiradi. Boshqaruvning barcha funksiyalarini bajarishi lozim bo’lgan funksional rahbarlar o’rniga o’z sohasini biladigan, o’z shtatiga ega bo’lgan, o’ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo bo’ladi.

Funksional strukturaning afzalliklari:

  • Funksional strukturaning afzalliklari:
  • boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirish darajasining yuqoriligi;
  • Ishlab chiqarish diversifikatsiyasining turli talab va shart-sharoitlariga moslashish imkoniyatlari;
  • Boshqaruv xizmatlari va bo’limlariga xodimlar tanlashning nisbatan osonligi.
  • Funksional strukturaning kamchiliklari:
  • Yakkahokimlik prinsipining buzilishi;
  • Kelishilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish, bajarish hamda ularning kompleksliligini ta’minlash qiyinligi;

RAHBAR
ISHLAB CHIQARISH BO’LIMI
TA’MINOT BO’LIMI
ILMIY TADQIQOT BO’LIMI
Funksional struktura

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling