Mavzu: Korxona mustaqil xo'jalik faoliyatini yurituvchi bozor subyekti kurs ishi


buxgalteriya hisobi bo’yicha amal qilinayotgan normativ aktlarni ishlab chiqarish va qayta ko’ribchiqish


Download 66.62 Kb.
bet5/17
Sana23.02.2023
Hajmi66.62 Kb.
#1224793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Xasanboyev Shaxzod Kurs ishi

buxgalteriya hisobi bo’yicha amal qilinayotgan normativ aktlarni ishlab chiqarish va qayta ko’ribchiqish;


  • hisobning turli normativ aktlarida bir xillikni ta’minlash. Ularni bir-birini inkor etishiga va jarayonlarni to’la qamrab olganligiga ahamiyatberish;

  • buxgalterlik axborotini iste’mol qiluvchilarga to’liq, sifatli va davriy etkazib berish va uni o’qish yuzasidan yagona tilga o’tkazish.

    Kontseptsiya - turli xil tarmoqqa tegishli xo’jaliklar, turli faoliyat ko’rinishlari, tashkiliy- huquqiy shakllarda buxgalteriya hisobini olib boruvchi va tashkil etuvchi asoslarni xarakterlaydi.

    Kontseptsiyalar birgalikda ham, alohida-alohida holatda ham buxgalteriya hisobining maqsadlariga qarshi bo’lmasligi lozim.

    Moliya hisobi va moliya hisoboti kontseptsiyasi moliya hisobi va hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq, muayyan qoidalar va standartlar rioya qilingan holda tashkil etiladi.

    Moliya hisobi quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:

    • mavjud va potentsial sarmoyadorlar va kreditorlarning tushunishi uchun qulay va xolis axborotni taqdimetish;


    • mavjud va potentsial sarmoyadorlar va kreditorlarga kutilajak daromadlar bilan bog’liq summalar, vaqt va tavakkalchiliklar haqida fikr yuritishga yordam beradigan axborotni taqdimetish;

    • korxonaning xo’jalik resurslari, uning majburiyatlari, mulk tarkibi va uning hosil bo’lish manbalari, shuningdek, ularning o’zgarishlari haqidagi axborotni taqdim etish.

    Moliya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzish pul ifodasida amalga oshiriladi.

    Tizimli moliya hisobida to’plangan va ishlangan axborotdan korxona tashqarisidagi foydalanuvchilariga taqdim etishning asosiy uslubi bo’lib umumiy belgilangan tashqi hisoboti hisoblanadi.

    Moliyaviy axborot quyidagi talablarni qondirishi kerak: tizimli (buxgalterlik) hisobida shakllanishi, aniq-puxta, xolis ahamiyatli bo’lishi kerak, bu, undan qabul qilinayotgan qaror natijasida ta’sir qilish uchun foydalanishga imkon beradi. Istiqbol jihatdan qadrli, aks aloqaga asoslanishi o’z vaqtida bo’lish, boshqarishga oid yoki boshqa qarorlarni qabul qiladigan yoki tayyorlaydigan shaxslarga tushunarli bo’lishi kerak. Sintetik va tahliliy raqamlarning olib borilishini nazarda tutadigan buxgalterlik axboroti hosil bo’lishi to’g’riligini tekshirish va tasdiqlash imkonini beradi.

    Moliya hisobotlarida keltiriladigan buxgalterlik axboroti quyidagi talablarni qondirishi kerak: keltirilayotgan ma’lumotlarini taqqoslay olishlik: doimiy bo’lishi, ya’ni tanlangan davrda qabul qilingan metodologiya va hisob protseduralaridan foydalanishi kerak: ahamiyatli, ya’ni undan foydalanish muayyan darajada moliya hisobotida keltiriladigan faoliyat ko’rsatkichlari va natijalariga ta’sir qilish mumkin.

    Moliya hisobotida keltiriladigan hisob axboroti konservativ bo’lishi kerak, ya’ni aktivlar, mulkni baholashda, odatda, joiz va hollardan eng pasti tanlanadi, bu agarda aktivlar yoki mulkning bozor narxi tannarxdan yuqori bo’lsa, ya’ni hisobotda boyliklar, eng past bahoda, ya’ni tannarx bo’yicha ko’rsatiladi. Aksincha, ya’ni agarda aktivlar yoki mulkning bozor narxi tannarxdan past bo’lsa, unda bu boyliklar bozor narxlarida aks ettiriladi. Ushbu xususiyat aktivlar va mulkni baholashda ehtiyotkorlikni ta’minlanganidek, foyda miqdorini aniqlashda ham muhim o’rin tutadi. Moliya hisobotlarida keltiriladigan buxgalterlik axboroti to’la va axborot foydalanuvchilari uchun zaruriy manbalarni eng ko’pini o’z ichiga olgan bo’lishi kerak.

    Axborotlarga qiziqish quyidagi mazmunda berilishi talab etiladi:

  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling