Mavzu: Korxona mustaqil xo'jalik faoliyatini yurituvchi bozor subyekti kurs ishi


Download 66.62 Kb.
bet14/17
Sana23.02.2023
Hajmi66.62 Kb.
#1224793
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Xasanboyev Shaxzod Kurs ishi

Mazmunning shakldan ustunligi. Bu tamoyil, agar axborot ishonchli bo’lsada, lekin yuridik jihatdan noto’g’ri shaklda taqdim etilgan bo’lsa va qaror qabul qilish uchun zarur bo’ladigan barcha ma’lumotlarni o’zida aks ettirsagina qo’llaniladi. Bunday hujjat ma’lumotlar qanday shaklda taqdim etilishidan qat’iy nazar hisobga olinishi kerak.

Ko’rsatkichlarning qiyosiyligi. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo’lishi uchun axborot har xil hisobot davrlari bo’yicha qiyosiy bo’lishi kerak. Moliyaviy hisobotda barcha qiyosiy axborotni avvalgi davrga nisbatan hamma ma’lumotlar bo’yicha yoritish zarur.
O’tgan davr moliyaviy hisobotida sharhlangan va yozma joriy hisobot davri uchun taqdim etilgan hamda yangilangan bo’lishi kerak, bu joriy hisobot davri moliyaviy hisobotlarini xolis taqdim etilishi uchun zarur bo’lsagina amalga oshiriladi.

Moliyaviy hisobotning betarafligi. Moliyaviy hisobotda keltirilgan axborotlarning ishonchliligini ta’minlash uchun ular xatolardan xolis va mustaqil bo’lishi, ya’ni foydalanuvchilardan qat’iy nazar moliyaviy axborotlarning bir xil ko’rinishda taqdim qilinishini ta’minlashi kerak.

Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi. Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholash sharti ularning haqiqiy tannarxi yoki sotib olingan narxi baholashning asosi bo’lishini nazarda tutadi. Hisobot davri daromadlari va xarajatlari mosligi. Hisobot davri daromadlari va xarajatlari mosligi faqat ushbu hisobot davrida daromad olishni ta’minlagan xarajatlar aks ettirilishini bildiradi. Agar ayrim ko’rinishdagi xarajatlar va daromadlarning bevosita bog’liqligini aniqlash qiyin bo’lsa, xarajatlar bir necha hisobot davrlari orasida taqsimotning biron-bir tartibi asosida taqsimlanadi.

Tushunarlilik. Moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilar uchun oddiy va tushunarli bo’lishi kerak. Natijada foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotlarni o’qiy olish talabini qo’yadi.

Ahamiyatlilik. Moliyaviy axborotlar foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida yordam berishi va muomala moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga taalluqli voqealari baholashda yordam berish ehtiyojlarini qondirishda ahamiyatli bo’lishikerak.

Muhimlik. Agar axborotning muhimligi uni o’tkazib yuborganida yoki noto’g’ri tasavvur qilinganda, moliyaviy hisobotlar asosida axborotdan foydalanuvchilar tomonidan iqtisodiy qarorlar qabul qilishlariga ta’sir etsa, axborot muhimhisoblanadi.

Muhimlik tamoyiliga ko’ra moliyaviy hisobotlarda hamda tushuntirish xatlarida bitta moddada boshqa uncha muhim bo’lmagan bir xil tipdagi moddalarning summasi aks ettiriladi.




Download 66.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling