Mavzu: Korxona mustaqil xo'jalik faoliyatini yurituvchi bozor subyekti kurs ishi


Download 66.62 Kb.
bet13/17
Sana23.02.2023
Hajmi66.62 Kb.
#1224793
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Xasanboyev Shaxzod Kurs ishi

Ikki yoqlama yozish usuli. Ikki yoqlama yozish usuli bilan hisob yuritish qoidasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya muomalalarini ikki yoqlama yozish tizimi asosida yuritish kerakligini bildiradi. Ikki yoqlama yozish tizimi bir xil muomala bo’yicha aynan bir xil summani buxgalteriya hisobining ikki hisobvarag’ida – birining debeti va boshqasining kreditida aks ettirilishidan iborat bo’ladi.
Uzluksizlik. Uzluksizlik tamoyili buxgalteriya hisobini yuritish muddati xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat ko’rsatish muddatiga mos kelishi kerakligini, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ektda buxgalteriya hisobi uni tugatish yoki bankrot bo’lguniga qadar olib borilishi kerakligini bildiradi. O’z faoliyatini tugatgan kundan boshlab xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobini yuritishni taqozo qilmaydi.

Xo’jalik muomalalari, aktivlar va passivlarning pul bahosi. Barcha xo’jalik muomalalari, aktivlar va passivlar yagona pul birligida baholanishi kerak. Bu korxona mulkini, uning majburiyatlarini baholash, har xil iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun boshqa sub’ektlar faoliyatining o’xshash ko’rsatkichlari bilan taqqoslash uchun zarurdir.

O’zbekiston Respublikasida so’m va uning tarkibiy qismi – tiyin pul o’lchovi bo’lib hisoblanadi.

Ayni vaqtda, agar resurslar, majburiyatlar va kapital chet el valyutasi ekvivalentida sotib olingan yoki kiritilgan bo’lsa, u holda tahliliy hisobda chet el valyutasi hisobini yuritish uchun zarur.

Ishonchlilik. Axborotda jiddiy yoki oldindan o’ylab kiritilgan xatolar bo’lmasa va foydalanuvchilar unga ishonsalar, u ishonchli hisoblanadi. Xo’jalik muomalalari ishonchliligini birlamchi hisob hujjatlari tasdiqlaydi.

Moliyaviy hisobotlar hamda hisob registrlaridagi ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlik hisobot shakllari va boshqa moliyaviy ma’lumotlarni tuzgan va imzolagan shaxslar zimmasiga yuklanadi.



Ehtiyotkorlik. Ehtiyotkorlik tamoyili moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlarning orttirilgan bahosi hamda majburiyatlar yoki xarajatlarning bahosini pasaytirib ko’rsatilishiga yo’l qo’ymaslikni anglatadi. Ushbu tamoyilni qo’llash yashirin zahiralarni hosil qilish yoki orttirilganligini ta’minlash aktivlar va daromadlarni, majburiyatlar va xarajatlarni ataylab pasaytirib yoki orttirib ko’rsatish huquqini bermaydi.


Download 66.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling