Mavzu: Korxona mustaqil xo'jalik faoliyatini yurituvchi bozor subyekti kurs ishi
Buxgalteriya hisobining qonuniy asoslariniyaratish
Download 66.62 Kb.
|
Xasanboyev Shaxzod Kurs ishi
Buxgalteriya hisobining qonuniy asoslariniyaratish;«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun asosida buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlabchiqish; Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma va uslubiy tavsiyalar ishlabchiqish; Yuqoridagi qonuniy va me’yoriy hujjatlar asosida korxonalarning ish hujjatlarini, ya’ni korxonalarning hisob siyosatini ishlabchiqish. Ushbu dastur asosida respublikamizda buxgalteriya hisobining uslubiy va tashkiliy masalalari bo’yicha ancha ishlar qilindi. Jumladan, «Buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risida»gi Nizom, «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va uni sotish bo’yicha mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanishi tartibi to’g’risida»gi Nizom, «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni, «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari». № 1 sonli «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» № 2, № 3, № 4, № 5, kabi qonuniy va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilib, qabul qilindi. Bu hujjatlar ichida O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunining buxgalteriya hisobini rivojlantirishdagi roli beqiyosdir. Chunki ushbu qonuniy hujjatda birinchi marta respublikamizda buxgalteriya hisobining huquqiy asoslarini yaratish bilan birgalikda korxona rahbarlari va mutaxassislarga buxgalteriya hisobining uslubiy va tashkiliy masalalarini echishda etarli darajada huquq va imtiyozlar berildi. Ushbu huquq va imtiyozlardan foydalanish tartibi esa № 1 sonli «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» andozasining 1-50-bandlarida yoritib berilgan. Unda har bir korxona mustaqil ravishda o’zining buxgalteriya hisobi tizimini, ya’ni hisob siyosatini ishlab chiqishi va e’lon qilishi mumkinligi belgilab qo’yilgan. Buxgalteriya hisobini bunday tarzda yo’lga qo’yilishining mohiyati shu bilan xarakterlanadiki, unda davlat tomonidan o’rnatilgan buxgalteriya hisobini yuritishning umumiy qoidalariga asoslangan holda har bir korxona ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatida ko’zlangan maqsadga erishish uchun buxgalteriya hisobi bajarishi lozim bo’lgan vazifalardan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisob tizimini ishlab chiqadi. Korxonalarga bunday huquq va imtiyozlarning berilishi mamlakatimizda buxgalteriya hisobining xalqaro andozalariga o’tishning ijobiy natijasi, deb qarash mumkin. Chunki buxgalteriya hisobi xalqaro andozalarining birinchisi «Hisob siyosati» deb ataladi. Bugungi kunda «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun, Soliq kodeksi korxonalardan hisob siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishni talab qilmoqda. O’zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, buxgalteriya hisobining 21 bo’limdan iborat birinchi milliy andozasi 1998 yilda kuchga kirgan bo’lib, mazkur andoza hisob siyosatini ishlab chiqishni, shuningdek, uni ro’yobga chiqarishning omillari va tartibini reglamentga soladi. Aytib o’tilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardan kelib chiqqan holda, hisob siyosati deganda, xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbari buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qabul qilingan usullarning yig’masi tushuniladi, moliyaviy hisobot shu usullarga va ularning qoidalari va asoslariga muvofiq tuziladi, deb ta’rif beriladi.
Korxonaning hisob siyosati rasmiy hujjat sanaladi. U bosh buxgalter tomonidan ishlab chiqiladi hamda boshliqning buyrug’i yoki farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Korxonada kelasi yil uchun «Hisob siyosati» yilning oxirida tayyorlanadi. Demak, u korxonaning navbatdagi yilda buxgalteriya hisobini olib borish bo’yicha o’ziga xos rejasi hisoblanadi. Korxonaning hisob siyosati yil mobaynida doimiylik tusida bo’lishi kerak. Ob’ektiv sabablarsiz uni o’zgartirish mumkin emas. Me’yoriy-huquqiy hujjatlarga binoan, quyidagi hollardagina tasdiqlangan hisob siyosatiga o’zgartirishlar kiritish mumkin: Download 66.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling