Mavzu: Korxona personali va boshqarish tamoyillari Reja
Yuqori bo’g’in boshqaruvchisi
Download 135 Kb.
|
Korxona personali va boshqarish tamoyillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona personali
- Funktsional tuzilma
Yuqori bo’g’in boshqaruvchisi (Tor management) — bu toifa rahbarlariga kompaniya va firmalar prezidentlari, boshqa ijrochi direktorlar, ularning o’rinbosarlari, boshqaruv organlari a’zolari kiradi.
O’rta bo’g’in rahbarlari — (Middle management) korxona mustaqil boshqarma va bo’limlari rahbarlari hisoblanadi. Quyi bo’g’in rahbarlari (Loves management) — guruhlar, brigada rahbarlari, ustalardan iboratdir. Korxona personali (jismoniy shaxslar) — o’z navbatida, ishchilar, muhandis-texnik xodimlar va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga bo’linadi. Ishchilar malakali, yarim malakali, malakasiz ishchilarga bo’linadi. Korxona personali texnologik jarayondagi ishtirokiga muvofiq: — asosiy (ishlab chiqarish bilan band bo’lgan) ishchilar; — yordamchi (bevosita ishlab chiqarishda band bo’lmagan) ishchilargabo’linadi. Korxona personali mehnat faoliyati muddatiga binoan doimiy, vaqtincha, mavsumiy xodimlarga ajratiladi. Korxona personali murakkab, o’zaro bog’liq tuzilmaga ega. Personal tuzilmasi Tashkiliy tuzilma — boshqaruv bo’g’inlarining o’zaro bog’liq, o’zaro bo’ysunuvchi tarkibidir. Funktsional tuzilma — boshqaruv funktsiyalarining rahbariyat va alohida bo’linmalar o’rtasida taqsimlanishini aks ettiradi. Rol tuzilmasi — xodimlarning ishlab chiqarish jarayonidagi ijodiy ishtiroki, jamoadagi o’zaro munosabatlar xususiyatlaridir. Ijtimoiy tuzilma — mehnat jamoasining ijtimoiy xususiyatlari (jinsi, yoshi, millati, kasbi, malakasi, ma’lumoti va hokazolar)ni ifola etadi. Shtatlar tuzilmasida bo’linmalar tarkibi, lavozim va xizmat vazifalari ro’yxati. mansab maoshlari va ish haqi miqdori aks etadi. Personal tuzilmasida, shuningdek. quyidagi tushunchalar ham mavjuddir: Boshqaruv bo’g’ini — muayyan bosqich (daraja)dagi tashkiliy tuzilmaning mustaqil qismi hisoblanib, boshqaruv apparati va ishlab chiqarish bo’linmalaridan iboratdir. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling