Mavzu: Korxona personali va boshqarish tamoyillari Reja


Yuqori bo’g’in rahbariyatining bosh vazifasi


Download 135 Kb.
bet4/5
Sana07.02.2023
Hajmi135 Kb.
#1173760
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korxona personali va boshqarish tamoyillari

Yuqori bo’g’in rahbariyatining bosh vazifasi boshqaruv jarayoniga umumiy rahbarlik — turli funktsiyalarni muvofiqlashtirish, tegishli bo’linma va xizmatlar rahbarlarini tanlash, boshqaruv tizimi ishini tashkil etishdan iboratdir.
O’rta va quyi bo’g’in rahbarlari belgilangan ish turlarining tashkilotchilari vazifasini bajaradilar. Ular xizmat vazifasiga ish rejasini ishlab chiqish, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun personalni birlashtirish, ish jarayoniga rahbarlik qilish, korxona alohida bo’linmalari va alohida xodimlar ishini muvofiqlashtirish, ish jarayonini nazorat qilish va boshqalar kiradi.
Inson resurslaridan korxona va xodim manfaatlarini muvofiqlashtirgan holda foydalanishni ta’minlaydigan shaxsni rivojlantirish ustuvorligini e’tirof etish personalni boshqarishning eng asosiy tamoyilidir. Ushbu tamoyilni amalga oshirishda korxonaga ishchi kuchi iste’molchisi sifatidagi qarash nuqtai nazari o’zgaradi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda ob’ektiv ravishda ichki mehnat bozori tashkil topadi. Barcha yollanma ishchilar va ma’muriyat vakillari — ish beruvchilar ushbu ichki mehnat bozori sub’ektlari hisoblanadilar. Bunda yollanma ishchi va mulk egasi, rahbar va ijrochi o’rtasida teng huquqlilik ta’minlanadi.
Personalni boshqarish tizimi quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak:
Egiluvchanlik — ishlab chiqarishda va personal tarkibida ro’y berayotgan o’zgarishlarga muvofiq qisqa muddatda tizim tuzilmasini qayta tashkil etish imkoniyati.
Markazlashtirish — korxona bo’linmalari va xizmatlaridagi xodimlar funktsiyalarini oqilona markazlashtirish, tezkor boshqarish funktsiyalarini kuyi bo’g’inlar ixtiyoriga berish.
Boshqaruv me’yorlari — har bir bo’g’in rahbariga bo’ysunuvchi xodimlar miqdorining oqilona bo’lishi. Amaliyotda korxona yuqori bo’g’ini rahbarlariga bo’ysunuvchi xodimlar 4 — 8 kishini, o’rta bo’g’inda (funktsiyali rahbarlar) — 8 — 20 kishini, quyi bo’g’inda (katta ustalar, usta-brigada boshliqlari) — 20 — 40 kishini tashkil etishi maqsadga muvofiqdir.

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling