Mavzu: Korxona pul fondlarining shakllanishi va taqsimlanishi


Moliya tizimida masofaviy bank xizmatlarining o’rni va ahamiyati haqida


Download 52.72 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi52.72 Kb.
#1543707
1   2   3   4
Bog'liq
Korxonalarda pul fondlarining shakllanishi

2.Moliya tizimida masofaviy bank xizmatlarining o’rni va ahamiyati haqida.
Banklarning amalga kiritilgan tariflariga muvofiq, “Korporotiv internet banking” xizmatiga ulanish hamda “e-key” xavfsizlik kalitlarini taqdim etish bepul. Oylik abonent toʻlovi esa eng kam ish haqining 20 foiz miqdorida belgilangan.
Masalan, bu borada ATB “Qishloq qurilish bank” ni olib koʻraylik. 2018-yilning 1-fevral holatiga koʻra mazkur moliya muassasasining “Korporativ internet-banking” xizmatidan foydalanuvchi mijozlar soni 2998 nafarni tashkil qilgan edi. Ularning soni yildan yilga oʻsib boryapti. Buning afzalliklari nimada?
Gap shundaki, “Korporotiv internet-banking” xizmatidan foydalangan holda, mijozlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlishi mumkin:
- Bank muassasasiga kelmagan holda, toʻlovlarni masofadan, uydan yoki ofisdan bajarish;
- Mijozga zarur boʻlgan kunlik, oylik va yillik hisobotlarni (htms, xls) chiqarish hamda chop etish;
- Koʻp foydalanadigan maʼlumotlar, sana, valyutalar kursi va bank amaliyot kuni va tizimi maʼlumotlarini onlayn kuzatib borish;
- Toʻlov topshiriqnomalarining saqlangan tayyor shablonlaridan foydalanib, toʻlovlarni tezkor ravishda bajarish;
Shu bilan bir qatorda, “Bank-mijoz”, “Internet-banking”, “Mobil-banking” va “SMS-banking” xizmatlari yuqori oʻsishga ega boʻlib, 2011-yildan 95-martaga oshib, 2017-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, “Bank-mijoz”, “Internet-banking” xizmatidan foydalanuvchilar soni 135,629 mingtani tashkil etadi. 2011-yilda bu koʻrsatkich 1,424 mingtani tashkil etgan edi.
Yuridik shaxslar uchun “SMS-xabarnoma” xizmati uchun tarif miqdorlari “Toʻliq xizmat”, “Qoldiq xizmat” kabi turlarga tabaqalashtirilgan boʻlib, oylik abonent toʻlov mos ravishda eng kam oylik ish haqining 15, 10 va 5 foiz miqdorida belgilangan.
Bundan tashqari, "Bank-mijoz”, “Internet-banking”, “Mobil-banking” va “SMS-banking” kabi toʻlov tizimlari faoliyatlari tashkil etilgan va ular koʻmagida uyali aloqa operatorlari, kommunal toʻlovlar, internet provayderlar xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish, savdo-servis korxonalariga pul mablagʻlarini oʻtkazish bevosita bank hisobidan internet-magazinlardan onlayn xaridlarni amalga oshirish hamda kartadan-kartaga mablagʻ oʻtkazish imkoniyatlari yaratildi.
Aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh mablagʻlarini bank sektoriga jalb etish hamda bank daromadliligini oshirish va xizmat turlarini koʻpaytirish maqsadida mamlakatimiz banklarida “Internet-banking”, “Bank mijoz4”, “SMS-Banking” va “Mobil-banking”, ular uchun moʻljallangan “Click”, “MBANK”, “UzCard”, “UPAY”, “Payme” ilovalari yana-da rivojlantirilmoqda.
Bularning barchasi mijozlar bank uchun emas, balki bank mijozlar uchun tamoyilini masofadan turib ham taʼminlashda katta ahamiyat kasb etadi. Elimizning uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil qilish esa eng asosiy vazifadir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” g‘oyasi asosida davlat va jamiyat hayotidagi muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan brifing va matbuot anjumanlari rejasi”ga muvofiq, joriy yilning 27 avgust kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga ko‘rsatilayotganmasofaviy bank xizmatlari” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

3.Masofaviy bank xizmatlarini shakllantirish va rivojlantirish haqida.


Tadbirda qayd etildiki, O‘zbekiston bank-moliya tizimida jadal islohotlar kechmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bank tizimi rivojida muhim bosqichni boshlab berdi. Mazkur qarorda masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy va ilg‘or bank xizmatlari turlarini amaliyotga joriy etish tashabbuslarini ilgari surish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish, bank faoliyatining ilg‘or xalqaro tajribasini o‘rganish hamda bank xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlarini joriy etish vazifalari belgilab berildi.
Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” tizimida mazkur qaror ijrosini ta’minlash borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, zamonaviy axborot-texnologiyalari joriy qilingan holda masofaviy xizmatlar ko‘lami kengayib bormoqda.
Bugungi kunda bank tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlar bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari “Internet banking”, “Mobil banking” va “SMS-banking” xizmatlaridan iborat bo‘lib, mazkur xizmatlarni ko‘rsatish orqali mijozlar uchun o‘z vaqtlarini tejash va mablag‘larni tezkor tasarruf etishkabi qulayliklar yaratilayotgan bo‘lsa, banklar uchun mijozlar sonini kengaytirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va mehnat resurslarini tejash imkoniyati yaratilmoqda.Tadbirda bank tomonidan ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlar, ularning afzalliklari va joriy qilinishi rejalashtirilayotgan yangi innovatsion loyihalar haqida ma’lumot berildi.
“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki Prezidentning 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʻminlash maqsadida aholi va mijozlarga masofaviy bank xizmatlari koʻrsatish, zamonaviy va ilgʻor bank xizmatlari turlarini amaliyotga tatbiq etishga alohida eʻtibor qaratmoqda.
Masofaviy texnologiyalar mijozga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal qulaylik va bank bilan ishlash jarayonida vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi.
Masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlarning xarakteriga ko‘ra ikki turga bo‘lish mumkin:
- informatsion;
- tranzaksion.
Informatsion banking mijozlarga moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, tranzaksion banking moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Masofaviy bank xizmatlarining asosiy tamoyili mijoz va bank o‘rtasida turli axborotlarning masofadan almashinuvi hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mazkur amaliyotning xavfsizligi ta’minlanadi.
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarining turlari:
Bank-Mijoz – bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo‘lib, bunda mijozning kompyuteriga maxsus dastur o‘rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma’lumotlarni saqlaydi (asosan to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o‘rtasida modem orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa amalga oshiriladi.
Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan bank kartalariga ochilgan hisobvaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog‘langan holda real vaqt davomida to‘lovlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali qiradi. Internet-banking tizimi bankning veb-serverida joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o‘z ma’lumotlari (to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar)ni ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega.
Internet-banking xizmati orqali mijoz o‘z ish joyida yoki boshqa o‘ziga qulay sharoitda:
to‘lovlarni o‘tkazish;
to‘lov o‘tishi bosqichlarini kuzatish;
barcha hisobotlarni olish kabi amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Internet-banking orqali mijoz o‘z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib, o‘z hisobraqamiga tushayotgan pullarni ko‘rishi va pul o‘tkazmalarini tayyorlab bankka uzatishi mumkin bo‘ladi.
Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi.
SMS-banking – bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi hamda bank kartalariga ochilgan hisobvaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS ko‘rinishdagi ma’lumotlarni olish tizimidir. Hisobvarag‘idan ma’lumot olish uchun mijoz bankning maxsus telefon raqamiga belgilangan SMS-so‘rovni yuborish kerak.
Mijoz uchun SMS-banking xizmati quyidagi amallarni bajarish imkoniyatlarini beriladi:
hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar;
hisobvarag‘idan qilingan xarajatlar;
hisobvaraq balansi;
kun davomida o‘tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma’lumot olish.
Bugungi kunda aholi tijorat banklarining mobil ilova dasturlari orqali real vaqt rejimida kartadan kartaga pul o‘tkazish (P2P) operatsiyalarini bajarish, soliq, byudjet, kommunal va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish, mikroqarz olish va kreditlarni so‘ndirish, onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, depozit hamda ssuda (kredit) hisobvaraqlarini masofadan ochish, xalqaro bank karta hisobvarag‘idan to‘lovlarni amalga oshirish, onlayn konversiya operatsiyalarini amalga oshirish va boshqa masofaviy bank xizmatlaridan keng foydalanmoqda.
O‘z navbatida, korxona va tashkilotlar uchun bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlari orqali real vaqt rejimida bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larni tasarruf etish va to‘lovlarni amalga oshirish, valyuta mablag‘lari sotib olish (konvertatsiya) uchun buyurtmanomani elektron shaklda xizmat ko‘rsatuvchi bankka yuborish, oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘tkazish uchun elektron qaydnomani bankka uzatish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlar yaratildi.
Masofaviy identifikatsiya qilish bank xizmatlari tannarxi kamayishi natijasida yangi mijozlarni jalb qilish hamda moliya bozorida raqobatni rivojlantirish imkoniyatini beradi. Natijada bu ishlarni yo‘lga qo‘yish bank daromadini oshirishga ham turtki bo‘ladi.
Jismoniy shaxslarga xos raqam ajratish “Elektron hukumat” tizimi uchun ham dolzarb bo‘lib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqamini identifikator sifatida axborot tizimlariga joriy etish taklif qilinmoqda.
Masofaviy bank xizmatlarini (mobil-banking, internet-banking) keng joriy qilish, o‘z navbatida, yangi bank xizmatlari bo‘yicha tegishli marketing ishlarini olib borilishini taqozo etadi. Xorijiy amaliyotda, internetning interaktiv imkoniyatlaridan foydalanuvchi banklar ijtimoiy tarmoqlarda faol reklama kampaniyalarini olib boradi.
Respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat banklari ijtimoiy tarmoqlardan bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha marketing ishlarini olib borish uchun foydalanishmoqda. Banklar tomonidan (Hamkorbank, Universalbank, Kapitalbank, Agrobank) ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan akkauntlar bank mahsuloti va xizmatlari bo‘yicha marketing ishlarini olib borishning asosiy vositasi bo‘lib, mijozlar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish, mijoz to‘g‘risida kerakli ma'lumotni yig‘ish, mijozlarni qo‘llab quvvatlash sifatini oshirish uchun xizmat qilmoqda.
Misol uchun, Agrobank va Hamkorbank ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z mobil ilovalarini doimiy ravishda taqdim qiladi va qayta aloqa sifatida foydalanuvchilarning taklif va e'tirozlari ijtimoiy tarmoqda bildiriladi. Natijada foydalanuvchilarning, ya'ni bank mijozlarining istaklariga operativ ravishda javob beriladi, zarur hollarda tadbirlar amalga oshiriladi. Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlar banklar uchun mijozlar bilan aloqa qilishning muhim vositasi hisoblanadi.
Toshkent moliya institutida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bilan xamkorlikda “Bank tizimida elektron to'lovlar va interaktiv xizmatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suxbati o'tkazildi. Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar,tijorat banklari vakillari, professor o'qtuvchilar, ilmiy tadqiqotchilar xamda talabalar ishtirok etishdi.
Mazkur muloqot O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda respublika moliya bank tizimini yanada islox qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida”gi qarori, xamda, Davlatimiz raxbarining “2013-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida”gi qarorida belgilab berilgan asosiy vazifalar ijrosini taminlash maqsadida tashkil etildi.
Takidlash joiz, Bugungi kunda respublikaning barcha tijorat banklarining internet tarmog'ida korporativ veb-saytlari muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatib, jismoniy va yuridik shaxslarga ko'rsatilayotgan bank xizmatlari va ularning shartlari haqida batafsil ma'lumot taqdim etilmokda. Amalga oshirilgan izchil choralar natijasida yuridik va jismoniy shaxslarga internet-banking, mobil-banking va SMS banking kabi masofadan bank xizmatlari ko'rsatishning innovatsion tizimlari faol rivojlanmoqda. Endilikda mazkur xizmat tizimlaridan foydalanuvchi mijozlar soni 534,8 mingga yetib, bu oxirgi 5 yil mobaynida ushbu ko'rsatkichning 21,8 barobarga oshganligini ko'rsatadi. Shuningdek, SMS-banking va mobil-banking xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlar soni xam jadal sur'atlar bilan o'sib, oxirgi 5 yil davomida 45 barobardan yuqori, ya'ni 10,3 mingdan 472,6 minggacha ko'paydi. Bundan tashqari Elektron to'lovlar tizimining faollashuvi kuzatilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Markaziy bankining banklararo to'lov tizimi orqali o'tkazilgan tranzaksiyalar soni 2010 yil yakunlari bo'yicha 35,5 mln.dan 2014 yilda 60,0 mln.gacha yetdi, ya'ni oxirgi 5 yil mobaynida 1,7 barobarga o'sdi. O'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan tranzaksiyalarning umumiy hajmi 1,82 barobarga o'sdi. Aytish joiz Plastik kartochkalardan foydalanuvchilar hamda ularga xizmat ko'rsatuvchi to'lov terminallari soni yuqori sur'atlar bilan oshib bormoqda. Xususan, muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 1,7 barobarga ya'ni, 2011 yil boshidagi 7,9 mln. donadan 2015 yil 1 yanvar holatiga kelib 13,4 mln. donaga yetdi. O'tgan davrda o'rnatilgan to'lov terminallari soni 1,8 barobarga, ya'ni 85,7 ming donadan 158,8 ming donaga yetdi. Plastik kartochkalari orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada kengaytirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijasida so'nggi 5 yilda to'lov terminallari orqali amalga oshirilgan to'lovlar hajmi 4 barobarga, ya'ni 5,7 trln. so'mdan 22,8 trln. so'mgacha o'sdi. O'tkazilgan davra suhbati natijasida bank tizimida elektron to'lovlarni yanada rivojlantirish va interaktiv xizmatlarni keng joriy etishning ustuvor yo'nalishlari, bank plastik kartochkalaridan foydalanish va bank mijozlariga masofaviy xizmat ko'rsatish tizimlari ko'lamini yanada kengaytirish bo'yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.


Xulosa.
Ushbu kurs ishini yoritish jarayonida quyidagi xulosalarga keldik.
Bugungi kunda bank tomonidan yuridik shaxslar uchun “internet-banking“, ”mobil-banking“, ”SMS-banking“ xizmat turlari joriy etilgan boʻlsa, ”mobil-banking“, ”SMS-xabarnoma“, ”depozit banking“esa jismoniy shaxslarga moʻljallangandir. Ushbu xizmat turlarining har biri oʻz mijozlariga ega. Ayni kunda birgina ”SMS-xabarnoma”sidan foydalanuvchilar soni 73 mingdan oshgan.
Milliy matbuot markazida oʻtkazilgan anjumanda mazkur aksiyadorlik tijorat bankining bu borada erishgan yutuqlari va kelgusi rejalari haqida soʻz bordi.
Tadbirda soʻz olganlar mamlakatimizda bank faoliyati boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimizning farovon turmushini taʻminlashga qaratilgani va tizim ishida zamonaviy axborot texnologiyalari joriy qilingan holda masofaviy xizmatlar koʻlamini kengaytirish davr talabi ekanini qayd etdi.
– Maqsadimiz mijozlarga zamon talabi darajasida xizmat koʻrsatib, ular ishonchini oqlash, – dedi “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki axborot texnologiyalari departamenti boshligʻi oʻrinbosari Ulugʻbek Islomov. – Shu bilan birga, ularga qulayliklar yaratish maqsadida innovatsion texnologiyalarga asoslangan hamda bank xizmatlari sifatini va ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshiruvchi bank xizmatlarining yangi turlarini joriy qilish, bank faoliyatini “raqamli banklar” konsepsiyasi asosida rivojlantirish ham muhim vazifalardan.
Tadbirda bank tomonidan koʻrsatilayotgan masofaviy xizmatlar, ularning afzalliklari va joriy qilinishi rejalashtirilayotgan yangi innovatsion loyihalar, shuningdek, avtokredit olish imkoniyatlari, mikroqarz berish sharti va talablari boʻyicha ham batafsil maʻlumot berildi.


Download 52.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling