Mavzu: Korxona rentabelligi daromad va harajatlar


Download 126 Kb.
bet1/5
Sana15.02.2023
Hajmi126 Kb.
#1201398
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Allanazarov Shaxzod 4 A...



Mavzu: Korxona rentabelligi daromad va harajatlar

Kirish
Asosiy qism:



  1. Korxona rentabelligi mohiyati va ahamiyati

  2. Korxona rentabelligi daromad va harajatlarni tahlil qilish

  3. Korxona rentabellikning asosiy ko’rsatkichlari

Xulosa
Foydalangan adabiyotlar

Kirish
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitlarida rentabellikning ahamiyati va o’rni o’sib bormoqda. Yangi sharoitlarda korxonalarning faoliyatlarida yuqori moliyaviy natijalarga erishishga intilishi sezilarli darajada ortib bormoqda. Har qanday xo’jalik mexanizmi uchun asos bo’lib korxona faoliyatini rejalashtirish va unga ob’ektiv baho berish, ta’lim olish, mehnatga haq to’lash va iqtisodiy rag’batlantirish fondlaridan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida xarajat va natijalarni solishtirish ko’rsatkichlari xizmat qiladi. Foyda korxona samaradorligining yagona va universal ko’rsatkichi emas. Ishlab chiqarish rivojlanishining samaradorligi va intensivligini baholashda amaliyotda rentabellik ko’rsatkichlari tizimi keng qo’llanib, unga ko’ra foydaning miqdori belgilangan hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, rentabellik daromadlilik, foydalilikni anglatadi. Biroq rentabellikni faqat daromadlilik deb qabul qilish uning iqtisodiy mazmunini keng ochib bermaydi. Ular o’rtasida tenglikning yo’qligidan daromad miqdori va rentabellik darajasi turli nisbatlarda, ko’pincha turli yo’nalishlarda o’lchanishi dalolat beradi. Istalgan muddat uchun iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash ko’plab turli xil omillar ta’siri ostida amalga oshiriladi. Rentabellik va foyda ko’rsatkichlarini tahlil qilishda ularga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan barcha omillarni bilish, bu omillarning samaradorlikning umumlashtiruvchi ko’rsatkichlariga ta’sirini hisoblash uslubiyatini egallash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu omillarni boshqarish orqali korxonada daromadni oshirish 117 zahiralarini izlab topish va rentabellikning talab qilinuvchi darajasiga erishish mexanizmini yaratish mumkin. Rentabellik va foydaga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni turli xil belgilariga ko’ra tasniflash mumkin. Masalan, bu omillar ichki va tashqi bo’lishi mumkin. Ichki omillarga korxona faoliyatiga bog’liq bo’lgan hamda korxona faoliyatining turli yo’nalishlarini tavsiflovchi omillar mansub bo’ladi. Tashqi omillarga korxona faoliyatiga bog’liq bo’lmagan, biroq ishlab chiqarish rentabelligi va daromadning o’sish sur’atiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan omillar kiradi. Tahlil jarayonida ichki va tashqi omillarni aniqlash samaradorlik ko’rsatkichlarini tashqi ta’sirlardan “tozalash”imkoniniberadi Boshqacha qilib aytganda, rentabellik daromadlilik, foydalilikni anglatadi. Biroq rentabellikni faqat daromadlilik deb qabul qilish uning iqtisodiy mazmunini keng ochib bermaydichiqarish personali mehnatiga haq to’lashga sarflanadigan xarajatlar bo’lib, ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun mukofotlar, rag’batlantiruvchi va kompensatsiya to’lovlari, jumladan, qonunchilikda belgilangan normativlar chegarasida narxlarning o’sishi va indeksatsiya uchun to’lovlar, shuningdek, korxona xodimlari shtatida bo’lmagan, lekin asosiy ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilar uchun to’lanuvchi haqni o’z ichiga oladi. Mazkur xarajatlar elementlari qatoriga quyidagilar kiritilgan: * amalda bajarilgan ish uchun tarif stavkalari, lavozim maoshlari va shu kabilar asosida to’lanuvchi ish haqi; * xodimlarga natural to’lov shaklida beriluvchi mahsulotlar qiymati; * ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun beriluvchi mukofot va boshqa to’lovlar; * qonunchilikka asosan ba’zi tarmoqlardagi xodimlarga bepul beriluvchi kiyimkechak, oziq-ovqat, uy-joy, kommunal xizmat va hokazolar qiymati; * har yillik mehnat va o’quv ta’tili uchun amalga oshiriluvchi to’lovlar; * korxonani qayta tashkil qilish, shtatlar qisqarishi tufayli ishdan bo’shatilgan xodimlarga to’lanuvchi mablag’lar. Ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlar nobyudjet ijtimoiy fondlariga (nafaqa fondi, ijtimoiy sug’urta fondi, bandlik fondi va hokazo) ajratiluvchi mablag’larni anglatadi. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxidagi boshqa xarajatlar − bu, qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus nobyudjet fondlariga o’tkaziluvchi to’lovlar va soliqlar; yo’l qo’yish mumkin bo’lgan miqdordagi chiqindilar uchun to’lovlar; korxona mulkini majburiy sug’urtalash; ratsionalizatorlik takliflari uchun mukofotlar; qonunchilikda belgilangan stavkalarda kreditlar bo’yicha to’lovlar; mahsulotni sertifikatlash uchun bajarilgan ishlarga haq to’lash; qonunchilikda belgilangan normalar bo’yicha xizmat safarlariga haq to’lash; yong’inga qarshi kurash va qo’riqlash muassasalariga haq to’lash; kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlar tanlashni tashkil qilish, aloqa xizmati, hisoblash markazlari, banklar xizmatiga haq to’lash; asosiy ishlab chiqarish fondlarini ijaraga olganlik uchun haq to’lash; nomoddiy aktivlarning eskirishi va hokazolar. Ishlab chiqarish xarajatlariga, asosiy ishlab chiqarish fondlarini ishga tayyor holatda saqlab turish - kapital, o’rta va joriy ta’mirlash, mashina va asbobuskunalarga qarash va ekspluatatsiya qilish uchun sarflanuvchi barcha xarajatlar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini ta’mirlash bo’yicha murakkab ishlar amalga oshirilib, xarajatlar bir xilda taqsimlanmaganda korxonalar (Moliya Vazirligi ruxsati bilan) mahsulot tannarxi hisobiga asosiy fondlarni ta’mirlash uchun zahira(rezerv) fondlari tashkil qilishi mumkin. Xorijiy valyutadagi xarajatlar Markaziy bankning operatsiyalar amalga oshirilgan kundagi kursiga asosan so’mlarda belgilanadi. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishga qilinadigan xarajatlarni o’sishiga,xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, asbobuskunalar narxining o’sishi, transport xizmati tariflarining yuqoriligi, reklama va vakillik xarajatlarining o’sishi kabilar ta’sir qiladi. Kadrlar siyosatiga ko’p narsa, birinchi o’rinda ishchi kuchidan qanchalik unumli foydalanish va korxona faoliyatining samaradorligini ta’minlash bog’liq bo’ladi. Korxonada kadrlar ishchi, xizmatchi, mutaxassis va rahbarlarga bo’linadi. Rahbarlarga afzallikni berish lozim. Tadqiqotlar va amaliyot tajribalari shuni ko’rsatadiki, korxona faoliyatining samaradorligi 70-80 % ga korxona rahbariga bog’liq bo’ladi. Bozor munosabatlariga o’tish bilan korxonalar mehnatga haq to’lash sohasida katta mustaqillikka erishdilar. Tahlillar natijasida shu narsa ma’lumki, bu davrga kelib korxonalar ko’proq vaqtbay-mukofotli va tarifsiz haq to’lash, shuningdek, shartnoma asosida haq to’lashdan foydalana boshladilar. Kadrlar, mehnat unumdorligi va ish haqi o’zaro chambarchas bog’liq bo’lgan tushunchalar hisoblanadi. Har bir korxonada mehnat va ish haqi bo’yicha reja tuzilib, uning maqsadlari ishchi kuchidan foydalanishni yaxshilash zahiralarini topish va shu asosda mehnat mahsuldorligini oshirishga qaratilgan bo’lishi lozim.

Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling