Mavzu: Korxona tovar va baho siyosatining tahlili


Korxona baho siyosatini 2 bosqichda amalga oshirish mumkin


Download 0.59 Mb.
bet3/3
Sana23.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1112722
1   2   3
Bog'liq
Karimov Ibrohim

Korxona baho siyosatini 2 bosqichda amalga oshirish mumkin.

  • Korxona baho siyosatini 2 bosqichda amalga oshirish mumkin.
  • Yuqori baho siyosati - avvalo tovar bahosini ishlab chiqarish narxidan ancha yuqori o’rnatib, asta-sekin uni tushirib boradi. Bu usul bilan yangi tovarlar sotiladi va bozorga kirgandan keyin segmentlar guruhini kengaytirish maqsadida arzonlashtirib boriladi. Yuqori baho siyosati korxonaga xarajatlarni tezda qaytarib olishga yordam beradi. Keyinchalik bozorda o’xshash tovarlar - raqiblar paydo bo’lgandan keyin korxona o’z tovari narxini tushira boshlaydi va boshqa segmentlar uchun yangi tovarlar yarata boshlaydi.
  • Past baho siyosati - mahsulotga dastlab past baho o’rnatiladi va talabni rag’batlantiriladi. Raqiblar bozordan siqib chiqariladi va asosiy ulush egallanadi, sekin asta mahsulot bahosi oshirib boriladi. Bu strategiyani qo’llash quyidagi sharoitlarda maqsadga muvofiq: bozor baho o’zgarishiga juda sezgir va past baholar uning kengayishiga yordam beradi; xarajatlarning o’sib borishi bilan ishlab chiqarish va sotish xajmi qisqarib boradi; raqobatchilar uchun past baholar qiziqarli emas.

Korxonaning baho siyosati. Biznes-rejada ishlab chiqarilayotgan tovarlar bo’yicha korxonaning baho siyosatini ko’rsatish mumkin.

  • Korxonaning baho siyosati. Biznes-rejada ishlab chiqarilayotgan tovarlar bo’yicha korxonaning baho siyosatini ko’rsatish mumkin.
  • Bahoni shakllantirishda quyidagilarga amal qilish lozim:

  • 1.Xarajatlarni baholash
  • 2.Talabni aniqlash
  • 3.Raqobatchilar bahosi va tovarlarini taxlili qilish
  • 4.Baho stratеgiyasini ishlab chiqish
  • 5.Dastlabki bahoni bеlgilash
  • 6.Baho taktikasini ishlab chiqish

Baholarni shakllantirish va tartibga solishda Prezidentimiz I. A. Karimov ta ’kidlaganidek, budjet va soliq islohotlarini yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni barqaror yuqori sur’atlar bilan o‘stirish, barqaror va balanslashtirilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni ta ’minlash muhim o’rin tutadi.

  • Baholarni shakllantirish va tartibga solishda Prezidentimiz I. A. Karimov ta ’kidlaganidek, budjet va soliq islohotlarini yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni barqaror yuqori sur’atlar bilan o‘stirish, barqaror va balanslashtirilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni ta ’minlash muhim o’rin tutadi.
  • Baholarni shakllantirish bozor munosabatlaridagi izdan chiqish hollari va davlatning iqtisodiyotini tartibga solish uchun aktiv ishtirok etish, bozor konyunkturasi ta’sir ko‘rsatishini chuqur anglab yetishga yordam beradi. Bozor sharoitida baho raqobat, resurslar va kapitalni qayta taqsimlash instrumenti bo‘lib xizmat qiladi, chunki ular faqat talab va taklif ta ’sirida shakllanib, ularni
  • o‘zida turlicha mujassamlashtiradi, ya’ni bu jarayon aholining tolovga qobillik darajasidan to jahon baholarining belgilanishigacha davom etadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling