Mavzu: korxona xarajatlari turlari


Ishlab chiqarish xarajatlarini quyidagicha omillar ta’sir ko`rsatadi


Download 167.76 Kb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi167.76 Kb.
#1567958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Korxona-xarajatlari-turlari

Ishlab chiqarish xarajatlarini quyidagicha omillar ta’sir ko`rsatadi:

  1. Mehnat unumdorligini oshib borishi.

  2. Mehnatni ilmiy Tashqil qilish.

  3. Ishchi kuchlarini to`g`ri joylashtirish va ishlab chiqarishga to`g`ri jalb etish.

  4. Fan-texnika taraqqiyotini yuksaltirib borish, tadbik qilish.

  5. Kadrlar malakasini oshirib borish.

  6. Xom-ashyo resurslaridan samarali va unumli foydalanish.

  7. Ishlab chiqarishni boshqarishni to`g`ri Tashqil etish.

Umuman olganda esa bu omillarni quyidagicha birlashtirish mumkin: yangi fan-texnikani qo`llash mehnat unumdorligini oshirib borish, xom ashyo sarflarini qisqartirib borish. Har kanday jamiyatning muhim bo`g`inlaridan asosiysi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib borishdir. Har bir faoliyat ko`rsataetgan korxona ham o`z oldiga ana shuni vazifa qilib qo`yadi, ya’ni korxonaning asosiy maqsadi, ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirib maksimal foyda olishdir, ko`proq mahsulot ishlab chiqarishga karatilgan.
Ishlab chiqarish xarajatlariga yuqorida sanab o`tilgan muhim omillar ta’sir etar ekan, bularning barchasini birgalikda amalga oshirish juda kiyin. Masalan: xom ashyo zaxiralarining eng arzon kanallarini kidirib topish va samarali ishlatishni ta’minlash, ishchilarni ijtimoiy muxofazashni kuchaytirish, fan-texnika taraqqiyotini yuksaltirib, uni ishlab chiqarishga tadbik qilish, umuman bularni birvarakaiga amalga oshirish murakkab jarayonidir. Lekin, shu omillarni barchasini birgalikda olib borilishi iqtisodiy samaradorlikka erishishning asosiy sharti xisoblanadi.
Respublikamizda bunday ishlarni rivojlantirish maqsadida ilgari davlat markazlashgan korxonalar tizimi o`zgartirilib, xususiylashtirish ishlari yo`lga kuyiladi.Bugungi kunda umumiy ishlab chiqarishning 84% asosan xususiy va qo`shma korxonalarga to`g`ri kelmoqda. Bu degan suz har bir korxona uzining ishlab chiqarish jarayonlariga va xarajatlarni kamaytirib borish omillariga jiddiy ta’sir qilmoqda deganidir.
Korxonalar ishlab chiqarish xarajatlariga ta’sir kiluvchi omillarini har tomonlama o`rganib, shu asosda ish yuritmoqdalar.
Yangi bozor tizimi islohatlarni amal qilishi Iqtisodiyotida juda muhim sanalmoqda va ahamiyati ortib bormoqda. Har bir korxona o`z oldiga xarajatlarni pasaytirish, unga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilishni ustivor vazifa qilib qo`yish kerak, Ana shundagina Iqtisodiyot yuksaladi, ishlab chiqarish taraqqiy etadi.

Download 167.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling