Mavzu: Korxonada kadrlar siyosati va uni darajasini oshirish yo’llari. Reja


Download 44.12 Kb.
bet6/7
Sana09.04.2023
Hajmi44.12 Kb.
#1346609
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisod mustaqil ish

10. Xizmat qiluvchi apparat:
*a) rahbariyatga o‘z vakolati doirasida xizmat qiladi.Bunga kadrlar bo‘limi misol bo‘laoladi
b) o‘z bilim sohalari bo‘yicha chiziqli rahbarga maslahatlar beradi
v) rahbar nimani talab qilsa o‘shani bajaradi
g) b+v.

Xulosa
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy sohada rahbar lavozimlarga loyiq malakali kadrlarning yetishmasligini aytgan.Bu haqda u chorshanba kuni Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisida qilgan inauguratsion nutqida gapirgan.Mirziyoyevning so'zlariga ko'ra, o'zi rejalayotgan islohotlarni hayotga tadbiq etish uchun boshqaruv tizimini o'zgartirish kerak bo'ladi."Hozirgi vaqtda davlat va hokimiyat idoralarida ko'p hollarda kadrlar salohiyatidan foydalanish, ularning vazifa va vakolatlari taqsimoti oqilona va samarali yo'lga qo'yilmagani sezilmoqda. Eng yomoni, bu holat ishimizga xalaqit bermoqda. Bir idorani qarasangiz, yuzlab odam nomiga ishlab o'tiribdi. Boshqa idorani qarasangiz, ish ko'p, vazifa ko'p, lekin ishlaydigan odam, kadr yetishmaydi", degan Prezident."Har bir davlat xizmatchisi, - degan u. - ... o'z aravasini o'zi tortishi lozim".Mirziyoyev "kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga doir dasturni ishlab chiqish vaqti kelgan"ligini aytgan.Bu amalda O'zbekistonda 1997 yil avgustida qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" muvaffaqiyatsizlikka uchraganining e'tirof etilishini anglatadi.Mirziyoyev o'z nutqida ushbu dasturni tilga olmagan.
'Kadrlar hamma narsani hal qiladi'
Marhum prezident Islom Karimov "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni mamlakatdagi kadrlar siyosatining tamali, deya taqdim etib kelgan.
Ammo tahlilchilar ushbu dasturga u yoki bu soha bo'yicha mutaxassislarning ham "kadrlar" sifatida kiritilgani, amalda analitik fikrlash qobiliyatiga ega va liderlik salohiyati mavjud professional kadrlarning boshqaruvdan chetda qolib kelganini aytishadi.
Ularga ko'ra, kadrlar siyosati shaxsiy sadoqat va qarindosh-urug'chilik tamoyillariga asoslanib kelgan.Mirziyoyev boshqaruvdagi kadrlarning asosiy o'chog'i hisoblanib kelgan Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi "o'ziga yuklatilgan vazifani mutlaqo uddalamayotgani"ni aytgan.Unga ko'ra, "akademiyani ham, uning ish uslubini ham tubdan o'zgartirish va rahbar kadrlarini qayta ko'rib chiqish lozim".
Mirziyoyev Prezident sifatida qasamyodga keltirilganidan ikki kun o'tib, to'rtta viloyat hokimlarini almashtirgan.Ularning ishdan olinishiga Bosh vazirning Virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar bilan ishlashdagi kamchiliklari asos qilib olingan.O'z nutqida Mirziyoyev xalq bilan ishlamaydigan rahbarlar bilan "xayrlashish"larini aytgan.
Uning aytishicha, yangi yildan e'tiboran barcha viloyat va tuman hokimlarining xalq oldida hisobot berishlari yo'lga qo'yiladi.

Download 44.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling