Mavzu: korxonada mehnatni tashkil etishning ilg‘or shakllari. Reja: kirish. Asosiy qism
-rasm. Mehnat faoliyatining asoslari
Download 120.11 Kb.
|
Korxonada mehnatni tashkil etishning ilg‘or shakllari.
2.-rasm. Mehnat faoliyatining asoslari
Huquqiy asoslar — ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bog‘liq huquqiy hujjatlar). Xodimlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash elementlari 2.1-chizmada keltirilgan bo‘lib, ularning har biri alohida ahamiyatga ega. 1. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi. Korxona miqyosida mehnat taqsimoti amalga oshirilib, uning kooperatsiyasi puxta o‘ylab ko‘rilgandan keyin korxona ichida mehnatni chuqur taqsimlash va kooperatsiyalashni amalga oshirish – alohida uchastkalar, xodimlar o‘rtasida mehnatni taqsimlash, xodimlarni joy-joyiga qo‘yish, ular faoliyatining o‘zaro bog‘lanishi va sinxronizatsiyasini ta’minlash imkonini beradi. 2. Mehnat jarayonlarini tashkil etish. Mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash mehnat jarayonlarini tashkil etish, ya’ni aniq ish turini bajarishda qo‘llaniladigan usullarni belgilab olishni nazarda tutadi. Mehnat jarayonlarini o‘rganib chiqish va uni amalga oshirishga qancha ish vaqti sarflanishi zarurligini aniqlash eng yaxshi ish usullarini tanlash, ish joylarini oqilona taqsimlash imkonini beradi. 3. Mehnatni me’yorlash. Mehnat me’yorini belgilamasdan turib, xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlab bo‘lmaydi. Mehnatni me’yorlash xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashning turli variantlarini baholash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Har qanday tashkiliy o‘zgarish ish vaqti sarflariga ma’lum darajada ta’sir etishi tufayli mehnatni me’yorlash ushbu o‘zgarishlarni miqdoran baholab, eng oqilona variantni tanlash imkonini beradi. 4. Ish joylarini tashkil etish. Mehnat jarayoni ma’lum vaqt va makonda amalga oshiriladi. Ish joyi mehnatni makoniy qo‘llash ob’ekti bo‘ladi. Ish joyi ishlab chiqarish jarayonining birlamchi bo‘g‘ini va tashkiliy-texnikaviy negizidir. Aynan unda ushbu jarayon uch asosiy elementining birlashishi ro‘y beradi va uning bosh maqsadi – mehnat buyumining moddiy jihatdan o‘zgartirilishiga erishiladi. Shu sababli ishlab chiqarish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun har bir ish joyi aniq ishning tabiatiga ko‘ra muayyan tarzda tashkil qilingan bo‘lishi. 5. Mehnat sharoitlari. Mehnat sharoitlarini yaratish xodimlar faoliyatini ma’naviy va moddiy jihatdan ta’minlashning ajralmas qismi bo‘ladi. Mehnat sharoitlari insonning salomatligi va ish qobiliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadigan muhim omildir. Mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishning qiziqarliligini oshirib, mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashib, katta ijtimoiy vazifani ham bajaradi. 6. Mehnat va dam olish tartiblari. Bir qator mualliflar mehnat va dam olish tartiblarini takomillashtirish masalalarini mehnat sharoitlarini oqilonalashtirishning yagona muammosi doirasida ko‘rib chiqadilar. Biz bunday yondashuvga e’tiroz qilmaymiz, lekin ushbu masalalar ma’lum xususiyatlarga ega ekanligi va nisbatan mustaqilligi tufayli ularni xodimlarning faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashning alohida elementi deb qarash maqsadga muvofiqdir. 7. Xodimlarni tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish. Tashkiliy vazifalarni hal qilishda xodimlarni tayyorlash va ularning faollik darajasini oshirish katta ahamiyatga ega. Bozor munosabatlarini rivojlantirish xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirishga yondashishni tubdan o‘zgartiradi. Yangi sharoitlarda xodimlar bilan ishlash sohasida vaziyatga moslashuvchanlik zarur, ya’ni kasbiy tuzilma ishlab chiqarishning texnikaviy negizi o‘zgarib borishiga muvofiq ravishda o‘zgaruvchan bo‘lishi lozim. 8. Mehnatni rag‘batlantirish. Mehnatni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimini yaratish ish haqi, lavozim maoshi turlari va tizimlaridan foydalanish, mukofotlash tizimlarini ishlab chiqish kabilarni nazarda tutadi. Mehnatni rag‘batlantirishni tashkil etish mehnat faoliyatida yuksak ko‘rsatkichlarga erishish maqsadida ish vaqtidan oqilona foydalanish, ilg‘or ish usullarini o‘zlashtirish, ish joylarini yaxshiroq tashkil etish, ishda zaruriy aniqlik va uyushqoqlikni ta’minlashga qaratilishi lozim. 9. Ijtimoiy-mehnat munosabatlari. Hozirgi vaqtda «ijtimoiy-mehnat munosabatlari» atamasi ilmiy iste’molga kirib qoldi va faol ravishda ishlatilmoqda. U nomlayotgan realliklarni tarkibiy element sifatida xodimlarning mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashga kiritish o‘rinlidir. 10. Mehnat intizomi. Korxona xodimlarining umumiy mehnat natijalari har bir xodimning shaxsiy mehnat natijalariga bog‘liqdir. Shu sababli ularning birgalikda faoliyat olib borishlari uchun muayyan tartibni saqlab borish, ishning boshlanishi va tugallanishi, tanaffuslar va hokazolarga rioya etish lozim. Bundan tashqari esa mehnat intizomini saqlab borishning aniq mexanizmi ham zarur. Download 120.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling