Mavzu. Korxonadagi ziddiyatlarning rivojlanish dinamikasi


Download 72.85 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi72.85 Kb.
#1541977
  1   2   3
Bog'liq
4.KORXONADAGI ZIDDIYATLARNING RIVOJLANISH DINAMIKASI.


MAVZU. KORXONADAGI ZIDDIYATLARNING RIVOJLANISH DINAMIKASI.
Bu turdagi nizolar ayniqsa bir yo`nalishdagi boshqaruv guruhlari bilan shtabli boshqaruv guruhlari o`rtasida sodir bo`ladigan nizoli vaziyatlarda yaqqolroq ko`rinadi. Shtabli boshqaruv guruhlarida band bo`lganlar, odatda bir yo`nalishdagi boshqaruv guruhlarida band bo`lganlarga qaraganda yosh va iqtidorli kishilar bo`ladilar. Ular ko`pincha «ko`cha” so`zlari bilan muomala qilishni xush ko`radilar.
Bu esa guruhlar o`rtasidagi muomalani jiddiylashtiradi. Bir yo`nalishdagi rahbarlar axborotlarni olish nuqtai-nazardan shtabli rahbarlarga tobe ekanliklarini pesh qilib, ular bergan tavsiyalarini rad etishlari mumkin.
Nizoning kelib chiqishi va uning asosiy sabablari:

  1. Qo’pollik, andishasizlik – 24 %.

  2. Majburiyat va natijalarni taqsimlash – 30 %.

  3. Ko’ra olmaslik va baxillik – 12 % .

  4. Ehtiyotkorsizlik, intizomsizlik,jizzakilik,chiqisha olmaslik,sho’rtumshuqlik–34 %.

Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularni quyidagi ikki yirik guruhga bo`lish mumkin (6.6-chizma).

6.6-chizma. Nizoli vaziyatlarni boshqarish usullari.
Ta`kidlaganimizdek, rahbar nizoli vaziyatlarning kelib chiqish sabablarini faqat kishilar harakatlaridagi tafovutlardan deb bilmasligi kerak. Albatta, bu ham qandaydir aniq holatda nizoli vaziyatning vujudga kelishida muhim omil vazifasini bajarishi mumkin. Ammo u ta`sir etuvchi omillarning faqat bittasidir. SHu sababli, rahbar, eng avvalo nizoni keltirib chiqaruvchi omillarning tahlilini qilishi, so`ngra esa u yoki bu usulni qo`llash bo`yicha qaror qabul qilishi kerak.
Nizoli vaziyatlarning oldini olish yoki ziddiyatni yumshatishning beshta strategik usuli ma`lum:
Uzoqlashish. Komil inson janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi.
Kelishmovchilik avjiga chiqqanda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning echilishiga manfaatdor bo`lmagan va o`zaro munosabatlarning zohiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tarafidan qo`llaniladi. Bunday holatli ziddiyat hali etilmagan yoki ziddiyatga chiquvchilarning lavozim darajalari yaqin bo`lgan hollarda kuzatiladi. Agar ziddiyat sub`ektiv sabablar tufayli bo`lgan bo`lsa, u holda uzoqlashish strategiyasi ma`qul strategiyadir. Chunki u tomonlarga tinchlanishga, vaziyat ustida yana bir bor fikr-mulohaza yuritib, fahm-farosat ila anglab olish, oqibatda esa qarama-qarshilikka borishga, uni davom ettirishga hech qanday asos yo`q degan xulosaga kelishiga imkon beradi. Agar ziddiyat ob`yektiv sabablar tufayli yuzaga kelgan bo`lsa, uzoqlashish strategiyasi har ikkala tomonni mag’lubiyatga olib boradi. Chunki uzoqlashish davrida vaqt cho`ziladi, nizoli vaziyatni chaqiruvchi sabablar chuqurlashadi, qisqasi “yara gazak” oladi.

Download 72.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling