Mavzu: Korxonalar faoliyatida elektron biznesdan foydalanish


Download 248.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi248.86 Kb.
#1634885
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tursunov Egamberdi.IK-S-322

 
 
 
 
 
 
 
 
 


Elektron tijorat 
Elektron tijorat nima? Bu texnologiya O‘zbekistonga ham kirib keldi. 
Elektron tijorat – bu Internet orqali sotish va sotib olishdir. Uning 
imkoniyatlari turli tuman.Internet yordamida o‘zingizga zarur kitob, 
kiyim, yoki kompyuter va xattoki oziq - ovqat mahsulotlarini xarid 
qilishingiz mumkin. Xo‘sh Internet qanday imkoniyatlarni yaratadi ? 
Bu texnologiya bir necha yillar davomida ravnaq topdi. Undan Dell, 
Cisco, IBM, HP, Oracle, Microsoft va Sun kompaniyalari juda keng 
ko‘lamda foydalanishadi. Cisco kompaniyasi mahsulotlarni sotish 
faoliyatining ¼ qismini Internet orqali amalga oshiradi. Internetdan 
foydalanish sotuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi. O‘zining 
maxsuloti va tovarini xalqaro va regional darajada reklama qilish. 
Bundan tashqari reklama o‘z ichiga umumiy tariflar bilan birgalikda
tovarning rasmini, sotuvchi taklif qilayotgan chigirmalar hamda 
qo‘shimcha ma’lumotlarni olishi mumkin 
- Qo‘shimcha biznes sheriklar orttirish maqsadida o‘zining 
korxonasini reklama 
qilishi mumkin. 
-Bozordagi narxlarni o‘zgarishini tezkor kuzatib borishi mumkin
- Invistrlar topish maqsadida o‘zining loyixalarini reklama qilishi 
mumkin; 
-Sotilayotgan tovarlar uchun internetdan buyurtma qabul qilish 
tizimini yaratishi mumkin
-Elektron pochta orqali sotuv vakillari bilan tezkor aloqa o‘rnatish 
hamda biznes bo‘yicha sheriklarni ma’lumotlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri 
kira olish imkoniyati yaratiladi. Sotib oluvchiga esa: 


-Kerakli tovarni sotadigan korxonani tezkor topish; 
-Bozordagi narxlar bilan tanishish, hamda kerakli tovarni sotadigan va 
narxi qanoatlantiradigan sotuvchini topish; 
-Elektron pochta yordamida sotuvchi – firmaga aniq so‘rovlar 
yuborish hamda javob olish
- Tovar buyurtma qilish; 
- Ekspiditor va transport xizmatini ko‘rsatuvchilarni tanlash; 
- Yukni olib kelishini buyurtma qilish; 
- Tulovlarni amalga oshirish v.b. 
Sotuvchilar ham, sotib oluvchilar ham, Internetdan o‘zlariga kerakli 
ma’lumotlar manbai sifatida foydalanishlari mumkin. Internetning 
tuzilishi xar doim takomillashtirilmoqda, imkoniyatlari esa 
kengaymoqda. Xozirda “Internet Help” deb nomlangan umuman 
yangi qidiruv tizimi yuzaga kelgan. Bu tizimning yangiligi shundaki
foydalanuvchi kerakli so‘rovlarni oddiy tilda beradi. Bu 
surovnomalarni qabul qilgan operator shu so‘rovnomaga taaluqli 
WEB-manzillarni yuboradi. Bugungi kunda Internet jadal tarzda 
nafaqat kompyuter texnikasi, balki boshqa texnologik jihatdan 
murakkab bo‘lgan tovarlarni (telvizorlar, telefonlar) ishlab 
chiqaradigan korxonalarga ham kirib bormoqda. Bunday 
korxonalarning maqsadi – uy-jihoz bozori imkoniyatlaridan to‘liq 
foydalanish. Shu sababdan kompyuter va mobil telefon 
texnologiyalaridan keng foydalaniladi, hamda virtual reallikga kirib 
borish vositalarini narxi tushiriladi, bu esa ma’lumotlarga Internet 
orqali yetishishni iqtisodiy imkoniyatini oshiradi. Natijada alternativ 
qurilmalarni afzalliklarini yo‘qqa chiqishiga olib keladi. Misol 
tariqasida, Microsoft kompaniyasi muxandislari oldiga qo‘yilgan 


masalalarni olishimiz mumkin: kompyuterni inson ovozi yordamida 
boshqarish, kompyuterlarda tasvir sifatini oshirish v.b 

Download 248.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling