Mavzu: Korxonalar faoliyatida elektron biznesdan foydalanish
Yurtimizda elektron tijorat
Download 248.86 Kb. Pdf ko'rish
|
Tursunov Egamberdi.IK-S-322
Yurtimizda elektron tijorat
Jadal o‘zgarayotgan zamonaviy bozor sharoitida kompaniyalar raqobatdoshligi, ko‘p jihatdan, axborot tizimlarining qulayligi, aloqa va ma’lumot uzatish imkoniyatlariga asoslanayotgani hech kimga sir emas. Binobarin, mamlakatimizda elektron tijoratni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bu masofani qisqartirish, vaqtni tejash hamda ish samaradorligini oshirishda ayni muddaodir. Xususan, bugungi kunda bank xizmatlari, elektron to‘lovlarning yangi turlari hayotga tatbiq etilayapti, to‘lov amaliyoti soddalashtirilayotir. Bularning barchasi, jumladan, axborot texnologiyalari taraqqiyotining hozirgi bosqichi sohaga oid huquqiy poydevorni yanada takomillashtirishni taqozo qilmoqda. Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yangi tahrirda ko‘rib chiqilayotganining boisi ham shunda. - Yurtimizda elektron tijorat jabhasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida mustahkam normativ-huquqiy baza shakllantirilgan. Jumladan, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar qabul qilingan. Shu asosda elektron bank hujjat aylanishi, elektron plastik kartochkalar kabi tizimlar amaliyotga izchil joriy etilayapti. Ularning afzalliklari esa hamyurtlarimiz tomonidan munosib baholanmoqda. Mazkur qulayliklar ko‘magida xo‘jalik sub’yektlari bilan fuqarolar o‘rtasida tijorat amaliyotlari tezkor va samarali bajarilayotir, buyurtmachilar bilan tovar yetkazib -beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling