Mavzu. Korxonalar iqtisodiy nochorligi (bankrotligi)ni baholash va tahlil qilish
Download 31.25 Kb.
|
Mavzu. Korxonalar iqtisodiy nochorligi (bankrotligi)ni baholash -fayllar.org
Iqtisodiy nochorlikni zamonaviy shakli va jarayonlarini belgilanishida Angliya amaliyoti alohida o‘rin tutadi. 1543-yilda iqtisodiy nochorlikni ko‘rib chiqish muddatlari va nochorlikni tan olish tartiblari aks etgan protsessual amaliyotga o‘tila boshlandi. Uning rivojlanish davri XVII-XIX asrlarga to‘g‘ri keladi.Iqtisodiy nochorlikni zamonaviy shakli va jarayonlarini belgilanishida Angliya amaliyoti alohida o‘rin tutadi. 1543-yilda iqtisodiy nochorlikni ko‘rib chiqish muddatlari va nochorlikni tan olish tartiblari aks etgan protsessual amaliyotga o‘tila boshlandi. Uning rivojlanish davri XVII-XIX asrlarga to‘g‘ri keladi. Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) tushunchalarining odatda sinonimlari nihoyatda ko‘p. Ularning aniq sonini keltirish (odatda o‘zbek tilida 20 dan ortiq sinonimlari mavjud) qiyin. Milliy qonunchilik xalqaro normalaridagi talablarni o‘rganish asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, qarzdorning o‘z majburiyatlarini to‘liq qoplash layoqatiga ega emasligidan kelib chiqadigan iqtisodiy, moliyaviy qiyinchilikni bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) deb nomlash juda to‘g‘ri belgilangan. Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) – iqtisodiy sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligidir. Bankrotlik tushunchasi italyancha «banco-rotto» degan so‘zdan olingan bo‘lib, aslida kursi (o‘rindiq)ning sinishini anglatsada, bu so‘z aslida qarzdorning to‘lov majburiyatlarini to‘la qoplashga qodir emasligini izohlaydi.Bankrotlik tushunchasi italyancha «banco-rotto» degan so‘zdan olingan bo‘lib, aslida kursi (o‘rindiq)ning sinishini anglatsada, bu so‘z aslida qarzdorning to‘lov majburiyatlarini to‘la qoplashga qodir emasligini izohlaydi. O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonunida bankrotlik alomatlari yuridik shaxslar uchun alohida, jismoniy shaxslar uchun alohida tartiblari belgilangan. Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi. Xo‘jalik subyektlari va ularning ayrim toifalari (banklar, qishloq xo‘jaligi subyektlari, sug‘urta tashkilotlari va h.k.), yakka tadbirkorlarning bankrotligini tan olish va uni belgilash tartiblari bankrotlik to‘g‘risidagi qonunda aniq belgilab berilgan. Bankrotlikning korxona faoliyatiga nisbatan qo‘llanishini tushunish uchun uning siklik jarayonini tushunish muhim masala hisoblanadi. Ya’ni har qanday korxonaning manzil yakuni hisoblangan bankrotlik quyidagi jarayonlarning uzviy ketma-ketligidan tashkil topadi.
Download 31.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling