Mavzu: korxonalarda bankrotlik holati va uning oldini olish yo‘llari reja


Korxonalarning bankrotlik holatini aniqlashda qo’llaniladigan ko’rsatkichlar


Download 46.23 Kb.
bet2/5
Sana26.01.2023
Hajmi46.23 Kb.
#1124543
1   2   3   4   5
Bog'liq
korxonalarda bankrotlik holati va uning oldini olish y To\'ychiyev Mahmudjon

2. Korxonalarning bankrotlik holatini aniqlashda qo’llaniladigan ko’rsatkichlar.

Qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etish qarzdorga tegishli mol-mulk sud xarajatlarini, sud boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlarini qoplash uchun yetarliligini, shuningdek qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.


Muvaqqat boshqaruvchi qarzdorning moliyaviy ahvolini, shu jumladan qarzdorning mol-mulki bo‘lsa, shu mol-mulkni inventarizatsiya qilish natijalarini moliyaviy tahlil qilish, mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni tahlil qilish asosida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi takliflarni, bankrotlikning keyingi taomillarini joriy etish maqsadga muvofiqligi asoslarini tayyorlaydi.
Agar qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilish natijasida qarzdorga tegishli mol-mulk sud xarajatlarini qoplash uchun yetarli emasligi aniqlansa, kreditorlar faqat sud xarajatlarini qoplash manbalari aniqlangan taqdirda tashqi boshqaruvni joriy etish haqida iqtisodiy sudga iltimosnoma bilan murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Moliyaviy barqarorlik deganda moddiy aylanma mablag’larning (Tovar –moddiy zaxiralarning) ularni tashqil qiluvchi asosiy manbalar bilan qoplanish darajasi tushuniladi. Tashqil qiluvchi asosiy manbalar bo’lib, o’z aylanma mablag’lari manbalari bilan qisqa muddatli kreditlar va qarzlar hisoblanadi.
Moliyaviy barqarorlik tahlili buxgalteriya balansi-netto asosida amalga oshiriladi. Buning uchun birinchi navbatda yil boshi va yil oxiridagi tovar-moddiy zaxiralarining asosiy manbalari hajmi hisoblab olinadi. So’ngra ularni mavjud moddiy aylanma mablag’lar hajmibilan solishtirish orqali tovar-moddiy zaxiralarining manbalar bilan ta’minlanish darajasi mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarda aniqlanadi, natijada moliyaviy barqarorlik darajasiga baho beriladi.
Moliyaviy barqarorlik o’z navbatida to’rt turga bo’linadi:
Mutlaq moliyaviy barqarorlik.
Mo’tadil moliyaviy barqarorlik.
Nomu’tadil moliyaviy barqarorlik.
Krizis holidagi moliyaviy barqarorlik.

Download 46.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling