Mavzu: korxonalarda bankrotlik holati va uning oldini olish yo‘llari reja


Download 46.23 Kb.
bet1/5
Sana26.01.2023
Hajmi46.23 Kb.
#1124543
  1   2   3   4   5
Bog'liq
korxonalarda bankrotlik holati va uning oldini olish y To\'ychiyev Mahmudjon


MAVZU: KORXONALARDA BANKROTLIK HOLATI VA UNING OLDINI OLISH YO‘LLARI


Reja:
1. Korxonalar bankrotlikning mohiyati.
2. Korxonalarning bankrotlik holatini aniqlashda qo’llaniladigan ko’rsatkichlar.
3. Korxonalarda bankrotlik holatining oldini olish yo’llari.

1. Korxonalar bankrotlikning mohiyati.
Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) – iqtisodiy sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligidir.
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa eng kam ish haqi miqdorining kamida o‘ttiz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Pul majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega.
Majburiy to‘lovlar majburiyatini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar ega.
Qarzdor, agar uning uch oy davomida pul majburiyatlarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud bo‘lsa, o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etishga haqli.
Qarzdor yuridik shaxs qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarori yoxud qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori asosida o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, iqtisodiy sudga murojaat etadi.
Qarzdor – pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir bo‘lmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkordir.

Qarzdorning arizasi bilan quyidagi hollarda qarzdorning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs iqtisodiy sudga murojaat etishi shart:



  • bir yoki bir nechta kreditorlarning talablarini qondirish qarzdorning boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘liq hajmda bajarishini imkonsiz qilib qo‘yishga olib keladigan bo‘lsa;

  • qarzdorning ta’sis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli bo‘lgan qarzdor yuridik shaxs organi tomonidan qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa;

  • qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat bergan organ tomonidan qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa;

  • undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratilganda bunday undiruv qarzdorning xo‘jalik faoliyatini imkonsiz qilib qo‘yadi deb hisoblashga asoslar bo‘lsa.

Tugatish komissiyasi (tugatuvchi), agar yuridik shaxs tugatilayotganda kreditorlarning talablarini to‘liq hajmda qondirish imkonsizligi aniqlangan bo‘lsa, qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etishi shart.
Qarzdorning, tugatish komissiyasining yoki tugatuvchining arizasi yuqoridagi birinchi va ikkinchi holatlarda nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran bir oydan kechiktirmay iqtisodiy sudga yuborilishi kerak.
Qarzdor rahbari, tugatish komissiyasi a’zolari yoki tugatuvchi tomonidan iqtisodiy sudga qarzdorning arizasi taqdim etilmaganligi bir oydan kechiktirmagan muddat tugaganidan keyin yuzaga kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi a’zolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligiga sabab bo‘ladi.
Bankrotlik taomili qo‘llanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini ushbu Qonunga muvofiq tashkil etiladigan kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi himoya qiladi. Iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani ish yuritish uchun qabul qilib olgan paytdan e’tiboran kreditorlar qarzdorga o‘z talablarini qondirish maqsadida yakka tartibda murojaat etishga haqli emas.
Tugatishga doir ish yuritish – iqtisodiy sud tomonidan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qondirish hamda qarzdorni qarzlardan qutulgan deb e’lon qilish maqsadida bankrot deb topilgan qarzdorga nisbatan qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
Qarzdorga nisbatan sodir etiladigan harakatlarning hammasini barcha kreditorlar nomidan kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi amalga oshiradi.
Kreditorlar, majburiy to‘lovlarga doir talablar qismi bo‘yicha esa davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar kreditorlar yig‘ilishining ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan ishtirokchilaridir. Kreditorlar yig‘ilishida maslahat ovozi huquqi bilan qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ishtirok etadi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishda yagona kreditor ishtirok etayotgan bo‘lsa, kreditorlar yig‘ilishining mutlaq vakolatiga taalluqli qarorlarni qabul qilishni shu kreditorning o‘zi amalga oshiradi.
Kreditorlar yig‘ilishining mutlaq vakolatiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi:

  • kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi qaror;

  • kreditorlar qo‘mitasi a’zolarini saylash, uning miqdoriy tarkibini belgilash va bunday qo‘mita a’zolarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi qaror;

  • sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va ularning muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish haqidagi qaror;

  • qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;

  • sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash hamda qarzlarni uzish jadvalini ma’qullash to‘g‘risidagi qaror;

  • tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror.

Kreditorlar yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazish sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishi, agar unda qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlari umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida talablar bildirayotgan, ovoz berish huquqi bor kreditorlar hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Kreditorlar yig‘ilishda o‘z vakillari orqali ishtirok etishlari ham mumkin. Kreditorlar yig‘ilishida kvorum bo‘lmasa, o‘n kunlik muddat ichida kreditorlarning takroriy yig‘ilishi chaqiriladi, yig‘ilish, uning o‘tkaziladigan sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan bo‘lsa, hozir bo‘lgan kreditorlar sonidan qat’i nazar, vakolatli hisoblanadi.
Agar kreditor qarzdorga nisbatan e’tirof etilgan talablarga ega bo‘lsa, bunday kreditor kreditorlar yig‘ilishida ovoz berish huquqiga ega.
Kreditorlar yig‘ilishida bayonnoma yuritiladi. Kreditorlar yig‘ilishi bayonnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

  • kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilayotgan sanadagi holatga ko‘ra kreditorlarning talablari reyestri;

  • kreditorlarning vakillari vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar;

  • kreditorlar yig‘ilishi ishtirokchilarining qayd varaqalari;

  • kreditorlar yig‘ilishi ishtirokchilariga tanishib chiqish va (yoki) tasdiqlash uchun taqdim etilgan materiallar;

  • kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida kreditorlar va vakolatli organlar tegishli ravishda xabardor etilganligi dalillari;

  • ovoz berish byulletenlari;

  • sud boshqaruvchisining ixtiyoriga ko‘ra yoki kreditorlar yig‘ilishi qaroriga binoan boshqa hujjatlar.

Kreditorlar yig‘ilishi bayonnomasi hamda unga ilova qilingan hujjatlar kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilgan sanadan e’tiboran ikki kundan kechiktirmay iqtisodiy sudga topshirilishi kerak.
Lozim darajada xabardor etish deganda kreditorga, vakolatli organga, shuningdek kreditorlar yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega boshqa shaxsga kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilishi haqidagi xabarni kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin pochta aloqasi orqali yoki bunday xabar kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida besh kun oldin olinishini ta’minlovchi boshqa usul bilan yuborish tushuniladi.
Kreditorni yoki kreditorlar yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega boshqa shaxsni shaxsan xabardor qilish uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash imkoni bo‘lmaganda yoxud mazkur shaxslarni shaxsan xabardor etish imkonini bermaydigan boshqa holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda kreditorlar yig‘ilishi haqidagi xabarning rasmiy nashrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda e’lon qilinishi ana shunday shaxslarni tegishli ravishda xabardor etish deb e’tirof etiladi.
Kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:

  • qarzdor yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri;

  • kreditorlar yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy;

  • kreditorlar yig‘ilishining kun tartibi;

  • kreditorlar yig‘ilishi ko‘rib chiqadigan materiallar bilan tanishish tartibi;

  • kreditorlar yig‘ilishi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish tartibi;

  • qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi.

Kreditorlar yig‘ilishi sud boshqaruvchisining tashabbusi bilan, kreditorlar qo‘mitasining, pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha talablar umumiy summasining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi kreditorlarning talabiga binoan yoxud kreditorlar umumiy sonining uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talabda kreditorlar yig‘ilishi kun tartibiga kiritilishi lozim ko‘rilayotgan masalalar ta’riflangan bo‘lishi kerak.
Sud boshqaruvchisi kreditorlar qo‘mitasining yoki kreditorlarning talabiga binoan chaqirilayotgan kreditorlar yig‘ilishi kun tartibining masalalari ta’rifiga o‘zgartishlar kiritishga haqli emas.
Kreditorlar yig‘ilishi kreditorlar qo‘mitasining yoki kreditorlarning talabiga binoan tegishli ariza bilan sud boshqaruvchisiga murojaat etilgan paytdan e’tiboran kechi bilan o‘ttiz kunlik muddat ichida sud boshqaruvchisi tomonidan chaqiriladi.
Kreditorlar yig‘ilishi, agar kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi tomonidan boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, qarzdorning joylashgan yerida (yashash joyida) o‘tkaziladi. Kreditorlarning birinchi yig‘ilishini qarzdorning joylashgan yerida (yashash joyida) o‘tkazishning iloji bo‘lmasa, kreditorlarning birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladigan joy sud boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi.
Ovozga qo‘yilgan masalalar yuzasidan kreditorlar yig‘ilishi qarori yig‘ilishda hozir bo‘lgan kreditorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Har bir kreditor kreditorlar yig‘ilishi o‘tkazilayotgan sanadagi holatga ko‘ra umumiy kreditorlik qarzidagi o‘z ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega bo‘ladi.
Kreditorlar yig‘ilishi quyidagi qarorlarni barcha kreditorlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qiladi:

  • kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risidagi qaror;

  • sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va ularning muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;

  • qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;

  • sud boshqaruvchisining tayinlanishi, almashtirilishi yoki vazifasidan ozod qilinishi to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror.

Agar kreditorlarning yig‘ilishida qarorlarni qabul qilish uchun kreditorlarning ovozlari zarur miqdorga yetmaydigan bo‘lsa, kreditorlarning takroriy yig‘ilishi chaqiriladi, yig‘ilish, uning o‘tkaziladigan sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan bo‘lsa, bunday qarorlarni yig‘ilishda hozir bo‘lgan kreditorlar sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.
Kreditorlarning talablari reyestrini sud boshqaruvchisi yuritadi.
Kreditorlarning talablari hisobi reyestrda O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida yuritiladi. Kreditorlarning chet el valyutasida ifodalangan talablari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditorlarning talablari reyestrida hisobga olinadi. Kreditorlarning talablari reyestrida har bir kreditor haqidagi, pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha kreditor talablarining aniqlangan miqdori, har bir talabning qondirilish navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Kreditor talablar bayon etilgan arizada o‘zi haqidagi ma’lumotlarni, shu jumladan firmaning to‘liq nomini, joylashgan yerini (pochta manzilini), pasportga oid ma’lumotlarini (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek bank rekvizitlarini (agar ular bo‘lsa) ko‘rsatishi shart.
Talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan shaxs o‘zi xususidagi ma’lumotlar o‘zgarganligi haqida, shuningdek qarzdorga nisbatan o‘z talablarining miqdori va tarkibi o‘zgarganligi, shu jumladan talablaridan uchinchi shaxslar foydasiga voz kechganligi haqida sud boshqaruvchisiga bir haftalik muddat ichida xabar berishi shart. Bunday ma’lumotlar taqdim etilmagan yoki o‘z vaqtida taqdim etilmagan taqdirda shu munosabat bilan yetkazilgan zararlar uchun sud boshqaruvchisi va qarzdor javobgar bo‘lmaydi.
Kreditorlarga talablar reyestri bilan tanishish imkoniyati ta’minlanishi lozim. Sud boshqaruvchisi kreditor yoki uning vakili talabi bilan mazkur kreditorga yoki uning vakiliga talablari qondirilishining miqdori, tarkibi va navbati to‘g‘risida bunday talab olingan kundan e’tiboran besh ish kuni mobaynida kreditorlarning talablari reyestridan ko‘chirma yuborishi shart. Bunday ko‘chirmani tayyorlash va yuborish xarajatlari kreditor zimmasiga yuklanadi.
Kreditorlarning talablari reyestrini tuzishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Kreditorlar qo‘mitasi kreditorlarning manfaatlarini ifoda etadi hamda sud boshqaruvchilarining harakatlari ustidan nazorat olib boradi.
Kreditorlar qo‘mitasi tarkibiga kreditorlar yig‘ilishi tomonidan belgilanadigan miqdorda kreditorlar vakillari kiritiladi. Agar qarzdorning kreditorlari soni yigirmatadan kam bo‘lsa, kreditorlar qo‘mitasining vazifalarini kreditorlar yig‘ilishining qarori bilan kreditorlar yig‘ilishi zimmasiga yuklash nazarda tutilishi mumkin.
O‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda kreditorlar qo‘mitasi quyidagilarga haqli:

  • sud boshqaruvchisidan qarzdorning moliyaviy ahvoli va bankrotlik taomilining borishi to‘g‘risida axborot taqdim etishni talab qilish;

  • sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan iqtisodiy sudga shikoyat berish;

  • bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etish uchun o‘z vakilini saylash;

  • ushbu Qonunda va sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv rejasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.

Kreditorlar qo‘mitasi quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli:

  • kreditorlar yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi qaror;

  • sud boshqaruvchisining tayinlanishi, almashtirilishi yoki vazifasidan ozod qilinishi to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etishni kreditorlar yig‘ilishiga tavsiya qilish haqidagi qaror;

  • qarzdorning yirik bitimlarini hamda amalga oshirilishidan qarzdor manfaatdor bo‘lgan bitimlarini tasdiqlash yoki ularni tasdiqlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror.

Kreditorlar qo‘mitasining yig‘ilishida masalalarni hal etishda kreditorlar qo‘mitasining har bir a’zosi bir ovozga ega bo‘ladi. Kreditorlar qo‘mitasining a’zosi ovoz berish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditorlar qo‘mitasining qarori kreditorlar qo‘mitasi a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Kreditorlar qo‘mitasi yig‘ilishlarida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishi mumkin.
Bankrotlik sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi amalga oshiradi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, davlat boshqaruvi boshqa organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

  • pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha bankrotlik taomillarida O‘zbekiston Respublikasining kreditor tariqasidagi talablarini taqdim etishning yagona tartibini tasdiqlaydi;

  • sud boshqaruvchilari sifatida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning attestatsiyadan o‘tish tartibini, ularga nisbatan malaka va kasbga oid talablarni hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;

  • sud boshqaruvchilari faoliyati tartibini tasdiqlaydi;

  • sanatsiya fondini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi;

  • ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan bankrot korxonalarning mol-mulkini realizatsiya qilish tartibini belgilaydi;

Bankrotlik alomatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari, davlat statistika organlari bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi va uning hududiy boshqarmalariga ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar haqida ma’lumotlar taqdim etishlari, shuningdek bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organining so‘roviga binoan korxonalarning iqtisodiy qodirligi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Qarzdor yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda quyidagi taomillar qo‘llaniladi:

  • kuzatuv;

  • sud sanatsiyasi;

  • kelishuv bitimi;

  • tashqi boshqaruv;

  • tugatishga doir ish yuritish.

Kuzatuv – iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan paytdan e’tiboran keyingi taomilga qadar qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
Sud sanatsiyasi – iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
Kelishuv bitimi – taraflarning sud nizosini o‘zaro yon berish asosida tugatish to‘g‘risidagi bitimidir.
Tashqi boshqaruv – iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
Tugatishga doir ish yuritish – iqtisodiy sud tomonidan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qondirish hamda qarzdorni qarzlardan qutulgan deb e’lon qilish maqsadida bankrot deb topilgan qarzdorga nisbatan qo‘llaniladigan bankrotlik taomilidir.
Qarzdorning o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarz borligini, shuningdek kreditorlarning talabini qarzdor to‘la hajmda qondirishga qodir emasligini, qarzdorning arizasiga asos bo‘lgan boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Qarzdorning o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasiga quyidagilar ham ilova qilinadi:

  • qarzdor yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari, shuningdek yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar;

  • qarzdorning kreditorlari va debitorlari ro‘yxati, uning kreditorlik va debitorlik qarzini izohlagan hamda kreditorlari va qarzdorlarining pochta manzillarini ko‘rsatgan holda;

  • so‘nggi hisobot kunidagi holatga ko‘ra buxgalteriya balansi yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatlar;

  • qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning mol-mulki tarkibi va qiymati to‘g‘risidagi hujjatlar;

  • qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdor o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi haqidagi qarori;

  • agar qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza berilgunga qadar qarzdor xodimlari yig‘ilishi o‘tkazilib, unda bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda ishtirok etish uchun qarzdorning xodimlari vakili saylangan bo‘lsa, ana shu yig‘ilish bayonnomasi.

Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasi iqtisodiy sudga yozma shaklda beriladi. Kreditor yuridik shaxsning arizasi uning rahbari yoki vakili tomonidan, kreditor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning arizasi esa shu jismoniy shaxsning o‘zi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

  • ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;

  • arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;

  • qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;

  • qarzdorning kreditor oldidagi talab kelib chiqishiga sabab bo‘lgan pul majburiyati miqdori, shuningdek uni bajarish muddati;

  • kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati;

  • ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.

Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizasida bankrotlik to‘g‘risidagi ishni to‘g‘ri hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar, shuningdek kreditorda iltimosnomalar bo‘lsa, ular ham ko‘rsatilishi mumkin.
Kreditor qarzdorga o‘z arizasidan nusxa yuborishi shart.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish iqtisodiy sudning majlisida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish alohida hollarda ikki oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.



Download 46.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling