Mavzu: Korxonalarda ichki moliyaviy nazoratni tashkil etish reja
Download 215.35 Kb.
|
Korxonalarda ichki moliyaviy nazoratni tashkil etish
Xulosa va takliflar
Kurs ishining xulosa qismida yuqorida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijalariga va ishni yozish jarayonida tahlil qilingan ma’lumotlar asosida, bugungi kunda korxona, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini nazoarat qilish mexanizmini takomillashtirish masalalari yuzasidan quyidagi asosiy xulosa va takliflarimizni aks ettiramiz. Korxona moliyaviy nazorat - bu maxsus shakl va uslublarni qo’llash orqali xo’jalik yurituvchi va boshqaruv organlarining moliyaviy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan masalalarni tekshirishga qaratilgan harakatlar va taftishlar yig’indisidir. Korxona moliyaviy nazorat har bir korxona va muassasa faoliyatining moliyaviy ishochliginini aniqlash va mustahkamlashning muhim qurolidir hamda har bir korxona va tashkilotning joriy xo’jalik-moliyaviy faoliyati holati, natijasi va samaradorligini aniqlashga imkon beradi va istiqbol uchun aniq va ishonchli rejalar ishlab chiqish zaminini yaratadi. Boshqacharoq aytadigan bo’lsak, Korxona moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’ektiv xos bo’lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo’lishidir. Odatda, korxona moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo’nalishdaqaraladi: - barcha iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qat’iy tartibga solingan faoliyati; - moliyaviy operatsiyalarning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elementi. Korxona moliyaviy nazorat quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin: jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan davlat, mahalliy davlat hokimiyati organlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarining bajarilishini tekshirish; davlat va mahalliy korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ularning ixtiyorida yoki kundalik boshqaruvida bo’lgan pul mablag’laridan to’g’ri va maqsadga muvofiq foydalanilayotganligini tekshirish; yuridik shaxslar tomonidan moliyaviy operatsiyalar, hisobkitob, hisobot va pul mablag’larini saqlash va sarflashning qonunchilik bilan o’rnatilgan talablariga rioya etilishini tekshirish; ishlab chiqarishning ichki zahiralarini aniqlash; moliyaviy intizom buzilishi hollarini bartaraf etish va ogohlantirish. Korxonalarda soliq nazoratini to’g’ri va oqilona tashkil etilishi ularning kelgusida qonuniy ravishda faoliyat yuritishlari uchun muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Soliq nazorati samaradorligini oshirish, soliq qonunchiligini buzilishini keskin kamaytirish va soliq organlari xodimlarining nazoratni qonuniy amalga oshirishini ta’minlash yo’llari bizningcha qo’yidagilardir: Download 215.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling