Kurs ishining maqsad va vazifalar. Kurs ishning maqsadi tadbirkorlik
sub’ektlari faoliyatini korxona moliyaviy nazorat qilish mexanizmini samarali tashkil etish, takomillashtirish va bu sohadagi mavjud muammolarni o’rganish va ularni bartaraf etish bo’yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Ushbu maqsadlardan foydalanib quydagi vazifalar qo’yildi.
Korxona moliyaviy nazoratning iqtisodiy mohiyati va uning tashkiliy asoslari
o’rganish;
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini korxona moliyaviy nazorat qilish usullari va
huquqiy asoslarini o’rganish;
O’zbekiston Respublikasida soliq nazoratining amaldagi holatini tahlil qilish;
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida soliq nazoratini takomillashtirish istiqbollarini aniqlash;
O’zbekistonda korxona moliyaviy nazorat mexanizmini samaradorligini oshirish yo’llarini o’rganish va tegishli xulosalarni shakllanitirish.
Kurs ishining ob’ekti va predmeti. Ichki nazorat predmeti- Bu egasi, tashkilot xodimi, o'ziga yuklangan vazifalarni bajarishda nazorat harakatlarini amalga oshiradi. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan turli mulkchilik shaklidagi korxonalar va ularni Korxona moliyaviy nazorat qilish tizimi nazorat ob’ekti hisoblanadi. Korporativ tuzilmalar faoliyatini korxona ichki moliyaviy nazorat qilish jarayonida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar hisoblanadi.
Kurs ishining nazariy - amaliy ahamyati. Kurs ishining ilmiy ahamiyati tadbirkorlik sub’ektlarida korxona moliyaviy nazoratni tashkil etishning me’yoriy-uslubiy asoslarini takomillashtirish hamda korxona moliyaviy nazorat mexanizmini takomillashtirish bo’yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi. Tadqiqot ishida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini korxona moliyaviy nazorat qilishda, korxona moliyaviy nazoratni yuritish bo’yicha yo’riqnoma va uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqishda asos bo’lib xizmat qilishi bilan belgilanadi.
Kurs ishining tuzilish va tarkibi. Kurs ishining tuzilishi jihatdan, rejalar uchta, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Kurs ishi 39 betdan iborat bo’lib, 6 ta chizmani o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |