Mavzu: Korxonalarning innovatsion biznes faoliyatini baholash Reja: Kirish
Download 157.36 Kb.
|
11 Mavzu Korxonalarning innovatsion biznes faoliyatini baholash
1-jadval:
Innovatsiya turkumlari12
Tashkiliy-boshqaruv hamda ijtimoiy ekologik innovatsiyaning qo’shimcha tavsifi gudvill bo’lib hisoblanadi. Korxonaning ushbu aktivi moddiy o’lchovga ega emas: patentsiz injener-texnologik qarorlar, tijorat jarayonini tashkil etish shakli va boshqaruv usullari, bitimlarni amalga oshirishdagi qulay shart-sharoitlar, ishonchli sherik sifatida korxonaning obro’si va boshqalar. Gudvill tijorat sotuvida baholanadi. Innovatsiyaning ulushini aniqlashda bozor tijorati qiymatiga qo’shilgan hissa muhim bo’lib hisoblanadi va gudvill o’sishini boshqa omillarga mos ravishda uni baholash lozim bo’ladi. Mahsulot innovatsiyasi foydaning o’sishini ta’minlaydi. Ushbu holat yangi yoki modernizatsiyalashgan mahsulotga yuqori bahoning o’rnatilishi hamda mahsulotni sotish hajmining ko’payib borishi hisobiga ro’y beradi. Texnik-texnologik innovatsiya ishlab chiqarish faoliyatida iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash uchun xizmat qilishini ko’rish mumkin. Bular quyidagilarda namoyon bo’ladi: ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; an’anaviy texnologiya asosida olish mumkin bo’lmagan yangi mahsulot va xizmatlarni o’zlashtirish imkoniyati sababli; tijorat nuqtai nazaridan istiqbolda an’anaviy texnologiyalar asosida o’zlashtirish imkoni bo’lmagan uglevodorod zahiralarini aniqlash imkoniyatining mavjudligi va boshqalar. Ijtimoiy-iqtisodiy innovatsiya: sanoat va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, ish sharoitini yaxshilash va boshqalar hisobiga iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash imkonini beradi. Radikal innovatsiya esa korxonalarning uzoq muddatga mo’ljallangan raqobatbardoshlik qobiliyatini saqlab qolishni ta’minlaydi hamda bozordagi mavqeini mustahkamlashga yordam beradi. Radikal yangilik texnologik va tijorat innovatsiyalar singari aksariyat hollarda xavf-xatar hamda noaniqlik darajasi yuqori bo’lishi bilan ajralib turadi. Evolyutsion innovatsiya orqali mahsulotning iste’mol qiymatining oshib borishi ta’minlanadi, minimal xavf-xatar bilan ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoni paydo bo’ladi. Kombinatsiyalashgan innovatsiya esa turli xildagi innovatsiyalarni o’zida aks ettirib, xavf-xatarni oldindan ko’rib bilishi bilan ajralib turadi. Kombinatsiyalashgan innovatsiya barcha muhim yangiliklarning kirib kelishi, korxonalarda keng miqyosda qo’llanilishi, ishlab chiqarishni bozorga moslashishini ko’ra bilishi bilan alohida ahamiyatlidir. Download 157.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling