Mavzu: Korxonalarning innovatsion jarayonlari va ularni baholash Reja: Kirish. Korxonalarda


Download 50.65 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi50.65 Kb.
#1580673
1   2   3   4   5
Bog'liq
12 Mavzu Korxonalarning innovatsion jarayonlari va ularni baholash

Tashabbus – bu innovatsiya maqsadini belgilashdan, innovatsiya orkali bajariladigan ishni tashkil etishdan, innovatsiya g’oyalarini qidirishdan xamda uni texnik – iqtisodiy asoslash va g’oyalarni moddiylashtirishdan tashkil topgan faoliyatdir. G’oyalarni moddiylashtirish – g’oyani tovarga aylanishini bildiradi.
Yangi mahsulot asoslangandan keyin kiritilayotgan innovatsiyaning marketing tadqiqoti olib boriladi. Bunda yangi mahsulotga bulgan talab o’rganiladi, mahsulot ishlab chiqarish xajmi aniqlanadi, innovatsiya kiritilishi kerak bulgan bozorga chiqayotgan tovar iste’mol xususiyatlari va tovar xarakteristikasi aniqlanadi.
Keyin esa innovatsiya amalga oshiriladi, ya’ni bu innovatsiyaning katta bo’lmagan partiyasini bozorda paydo bulishi, uni tarkalishi, samaradorlik bahosi va diffuziyada namoyon bo’ladi.
Innovatsiyaning tarqalishi innovatsiyani realizatsiya qilishga karatilgan kompleks chora – tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Innovatsiyani amalga oshirish va uni tarkalishiga ketgan xarajatlarni statistik tahlil qilish asosida innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi hisoblanadi.
Innovatsion jarayon innovatsiya diffuziyasi bilan yakunlanadi. Innovatsiya diffuziyasi avvaldan egallab kelingan, yangi mintaqa, yangi bozorlarda innovatsiyaning tarqalishini nazarda tutadi.
Umumlashtirib aytish mumkinki, innovatsion faoliyat – bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalashda asosiy dastaklardan biridir va shu sababli iqtisodiy tizimning barcha pog’onalarida innovatsion faollikni oshirish zarur.
Firma hujjatlarining majburiy atributlari (alomatlari) – hujjatning maqsadi, ishlab chiqish uchun asos, ushbu maqsad (vazifa, xizmat Menejment tizimining tizimchalari)ning o’rni, maqsad (vazifani hal qilishda rioya qilinishi zarur bo’lgan ilmiy yondashishlar va tamoyillarga ishoralar) axborotning iste’molchilari, ulardan foydalanish mehyorlari va qoidalari, ijrochilarning ehtimol bo’lgan doirasi, ishning sifati, resurslarni tejash, mudddatlarga nisbatan talablar, jazolar, axborot manbalari. Uslubiy hujjatlarda bu ma’lumotlardan tashqari aniq uslublar berilishi kerak.
Hujjatlarni sifatning quyidagi mezonlari bo’yicha baholash taklif qilinadi:
Hujjatning majmuaviyligi, ya’ni unda texnik, ekologik, ergonomik, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalar ularning o’zaro bog’liqligi hujjatni maqsadga qaratilganida ko’rib chiqish;
Hujjat (ob’ekt) ni ekologik, xavfsizlik, o’zaro almashtira olinishi, patentli sofligi, huquqiy himoyasi va boshqa masalalar bo’yicha xalqaro talablarga mos kelishi darajasi;
Jahon yutuqlaridan foydalanilganlik darajasi va hujjatni jahon standartlari bilan uyg’unlashuvi integratsiyalashishi;
Hujjatni ishlab chiqishda qo’llanilgan ilmiy yondashishlar (tizimli, marketingli, qayta ishlab chiqaruvchi, vazifaviylar)ning soni;
Hujjatni ishlab chiqishda qo’llanilgan zamonaviy usullar (vazifaviy – qiymatiy tahlil, modellashtirish, bashoratlash, muvofiqlashtirish va boshqalar)ning soni. Agar bu usullarni ob’ektini ishlab chiqishda qo’llash tavsiya etilsa, unda bu talab hujjatda aniq qayd etilishi kerak;
Boshqaruv qarorlarining iqtisodiy asoslanganligi; Hujjatni takrorlanishi, uning istiqbolligi, qo’llash ko’lami;
Hujjatni ilmiy doiralar, boshqaruvning davlat va mintaqaviy idoralari va amaliyotda mahqullanganligi; Hujjatni ishlab chiquvchi tashkilotlarning obro’si va uni ishlab chiqaruvchilarning malakasi;
Hujjatni muvofiqlashtirgan va tasdiqlagan idoralar;
Hujjatni rasmiylashtirishda standartlarga rioya qilinishining darajasi, tushunchalarning bir mahnoligi, bayon qilishni aniqligi, ishonchliligi, ko’rgazmalilik.
Sifatning sanab o’tilgan mezonlari (talablari)ga javob beruvchi hujjatlar ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh bo’ladilar. Hujjatning sifati tovarlar, firmalar, mamlakatlarning raqobatbardoshligi ta’minlashning asosiy sharti bo’ladi.
Innovatsion loyihalarning ekspertizasini o’tkazish metodikasi boshqaruv qarorlarini tahlil qilish, bashoratlash, ishlab chiqishning usullari va yo’llariga asoslanadi. Quyidagilar ekspertizaning eng keng tarqalgan usullari bo’ladilar.
Innovatsion loyihaga kiritilgan va ekspert (sertifikatsion) sinovlar natijasida olingan ko’rsatkichlarni ob’ektni qo’llashning ekologikligi, ergonomikligi, xavfsizligi bo’yicha xalqaro va milliy talablar, uning birga bo’la olishligi, o’zaro almasha olishligining ekspertizasi, ushbu sohadagi jahon yutuqlarining boshqa parametrlari bilan solishtirish usullari;
ekspertli;
indeksli balansli grafik (jadvalli) va boshqa usullar va yo’llar.
Bu usullar muqobil emaslar, ular bir birlarini to’ldiradilar.
Bitta tarkibiy qism (bo’lim, muammo) uchun bitta usul qo’llaniladi, boshqasi uchun boshqa. Har qanday usulni qo’llashda innovatsion Menejmentning ilmiy yondashishlari va usullarini qo’llamasdan bo’lmaydi. Quyida S.D. Ilg’enkova rahbarligi ostidagi jamoa tomonidan yozilgan “Innovatsion Menejment” darsligida bayon qilingan loyihalarni ekspertiza qilish metodikasi bayon qilinadi.



Download 50.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling