Mavzu: Korxonalarning innovatsion jarayonlari va ularni baholash Reja: Kirish. Korxonalarda


Download 50.65 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi50.65 Kb.
#1580673
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12 Mavzu Korxonalarning innovatsion jarayonlari va ularni baholash


Mavzu: Korxonalarning innovatsion jarayonlari va ularni baholash

Reja:
Kirish.
1.Korxonalarda innovatsion faoliyati va innovatsiya.
2.Korxonalarda innovatsion faoliyatini tashkil qilish va usullari.
3.Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari va loyihalarni baholash.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH.
Zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda umumjaxon bozor iqtisodiyoti paydo bulmoqda, iqtisodiyot
«globallashmoqda», mahsulotlar tez (3-4 yilda) almashmoqda, yangiliklar (innovatsiyalar) doimiy ravishda yaratilmoqda. Bu sharoitlarda marketing va innovatsiyalarning roli va ahamiyati ortib bormoqda.
Yuqori texnologik tovar va xizmatlar bozori kengayib bormoqda, bu bozor xajmi har yili o’rtacha 1,2-2
%ga o’sib borib, xom ashe – neftg’, gaz, yogoch bozorlaridan bir necha marotaba kattarokdir. Rossiya Federatsiyasi bu bozorda atigi 0,3 % joy olgan, AKSH – 32 %, Yaponiya –23 %, Germaniya – 10 % bozor ulushiga ega.
Ko’rinib turibdiki, istiqbolga qarab o’z iqtisodiyotlarini innovatsion yondoshuv asosida qurgan mamlakatlar hozirgi kunda jaxon iqtisodiyotida yetakchi o’rinlarda bormoqdalar.
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha bir qator chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlarning asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va texnik qayta kurollantirish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, xamda bank tizimini kullab-kuvvatlash ishlari turganligi mamlakatimiz iqtisodiyotini raqobatbardoshligini va barkaror o’sish surhatlarini ta’minlashga zamin yaratadi.
Innovatsiyalar jaxon iqtisodiyotidagi tuzilmaviy o’zgarishlarning xarakatlantiruvchi omili bo’ldi. Iqtisodiyot rivojlanishining innovatsiyaviy turi ishlab chiqarilayotgan mahsulotga xarajatlarning kamayishiga sabab bo’lib kolmaydi. Balki innovatsiyalar iqtisodiyotning tarmoqlar tuzilmasiga, ixtisoslashuv xamda tarmoqlar va tubtarmoqlar urtasidagi kooperatsiya alokalarining rivojlanishiga xam sezilarli ta’sir ko’rsatadi. O’zbekiston yuksak texnologik, zamonaviy ishlab chiqarishlarni yaratish hisobiga milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishga intilmoqda. Bunday sharoitda jaxon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvdagi eng muhim vazifalardan biri – bu iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish yo’liga o’tkazishdir.
So’nggi yillarda iqtisodiy manbalarimizda «innovatsiya», «innovatsion jarayon» va «innovatsion faoliyat» terminlari ko’p uchramoqda. Ayniksa, iqtisodiyotni modernizatsiyalash davrida keng ko’lamda talqin etilmoqda. SHu boisdan innovatsiya tushunchasining mohiyatini anglashda atroflicha yondoshish maqsadga muvofikdir.
Iqtisodiy manbalarda «innovatsiya» ga turlicha tahrif berilgan. Ko’plab xorijiy iqtisodchi olimlar N.Manchev, I. Perlaki, V.D.Xartman, Ye.Mensfild, B.Tviss, I. SHumpeter, Ye.Rodjers va boshqalar ushbu tushunchani turlicha talkin qilishadi.
Masalan:
B.Tviss: - «Innovatsiya - bu kashfiyot yoki g’oya, iqtisodiy mazmunga ega jarayon». F.nikson:
«Innovatsiya - bu texnik, ishlab chiqarish va tijorat tadbirlarining majmui bo’lib, yangi bozorlarda yangilangan ishlab chiqarish va qurilmalarni yuzaga kelishi»
I.SHumpeter: «Innovatsiya - bu ishlab chiqarish omillarining ilmiy-tashkiliy umumlashuvi bo’lib, tadbirkorlik ruhiyatiga undaydi».
B.Santo: «Innovatsiya - bu shunday ijtimoiy, texnik, iqtisodiy jarayonki, g’oya va kashfiyotlarni amaliyotda foydalanish, mahsulot, texnologiyalarni yaxshi sifat fazilatlariga ega bo’lishiga olib keladi, ya’ni innovatsiya yuqori samarani ko’zda tutadi. Uning yuzaga kelishi bozorda qo’shimcha daromad keltirishi mumkin ».
Ushbu tahriflarni umumlashtirib aytish mumkinki, innovatsiyalar – bu ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) jarayonlarini, texnologiyalarni takomillashtirish, mahsulot va xizmatlarning yangi sifat jixatlarini ta’minlash, boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan barcha texnik, texnologik, iqtisodiy, tashkiliy- boshqaruv jarayonlari majmuidir.

Download 50.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling