Mavzu: Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlil qilish usullari


Download 246.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana15.11.2023
Hajmi246.5 Kb.
#1775242
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi k



 
 
Mavzu: Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi 
ko’rsatkichlarni tahlil qilish usullari
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
I. 
KIRISH 
II. 
ASOSIY QISM 
1. 
Korxonaning iqtisodiy faoliyatini boshqarish samaradorligining mohiyati
2. 
Sanoat korxonalarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish usullarining 
asoslari 
3. 
Korxonalarnining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini oshirish yo'llari va 
omillari. 
III. 
XULOSA 
IV. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
KIRISH 
Mustaqillik yillarida barcha xo`jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga 
o`tishi iqtisodiyotning asosiy bo`g’ini hisoblanuvchi korxona maqomining sezilarli 
ravishda o`zgarishiga sabab bo`ldi. Korxonalar endilikda davlatga tegishli bo`lgan 
paytlardagidan farqli o`laroq mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha faoliyatlarini 
direktiva ko`rsatkichlari asosida emas, balki O`zbekiston Respublikasi “Korxonalar 
to`g’risida”gi qonuni va bozor talablariga asosan mustaqil ravishda yuritmoqda. 
Ular o`zlariga kerak bo`lgan ishchi va xodimlar sonini mustaqil belgilamoqda, ishlab 
chiqarish texnikasi va texnologiyasi, tejamkorlik rejimiga rioya qilish masalalari 
bilan shug’ullanmoqda, zamonaviy marketing va menedjmentni yo`lga 
qo`ymoqdalar hamda joriy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar va rivojlanishning 
zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar. Korxonalar va ularning turlari 
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxona ishchilar soniga qarab kichik yoki 
o’rta korxonalarga bo’linadi. 
Ma'lumki, joriy yilda sanoat mahsulotlarining o‘sish sur'ati 107,8 foizni tashkil 
etishi mo‘ljallangan (qo‘shilgan qiymatda 106,4 foiz). Shu jumladan, ushbu 
chorakda bu ko‘rsatkich 106,2 foizni tashkil etishi zarur. Bu maqsadda, o‘tgan yili 
161 yangi yirik hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari 
doirasida 7 mingdan ziyod sanoat ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilgan. Bundan 
tashqari mamlakatimizning valyuta siyosatini erkinlashtirilishi o‘zining ijobiy 
samarasini bermoqda. 
Shu bilan birgalikda joriy yilning hisobot davrida statistika organlarining 
ma'lumotlariga ko‘ra, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi 14452,1 milliard 
so‘mni tashkil etib, oldingi yilning mos davriga nisbatan 112,9 foizga o‘sdi (yanvar 
oyi yakuni). 
Ammo, 119 ta yirik sanoat korxonalari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish 
hajmi oldingi yilning mos davriga nisbatan qariyb 447 milliard so‘mga kamaygan. 
Xususan, “O‘zpaxtasanoat” AJ - 17 korxona 32,4 milliard so‘mga, 
“O‘zbekneftegaz” AJ (17 ta korxona, qariyb 58 milliard so‘m), “O‘zvinprom-
xolding” XK (12 ta, qariyb 12 milliard so‘m) va “O‘zpaxtayog‘”


(11 ta, 32,5 milliard so‘m) ishlab chiqarish xajmlarini kamaytirishga yo‘l 
qo‘ygan. 
Shuningdek, Respublika tasarrufidagi "Xorazm shakar" QK - 79,7 milliard 
so‘m, "Angren shakar" YOAJ - 67,1 milliard so‘mga ishlab chiqarish hajmini 
kamaytirgan. Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Toshkent shahrida "Choy 
qadoqlash fabrikasi" YOAJ - 50,2 milliard so‘m, "Ko‘kcha tekstil" YOAJ - 14,5 
milliard so‘mga, "O‘zneftegazinformatika" AJ - 1,3 milliard so‘m, Farg‘ona 
viloyatida "Kuvasoyshifer" AJ - 2,6 milliard so‘m, Toshkent viloyatida "Luka 
tekstil" YOAJ korxonlari - qariyb 712 million so‘mga ishlab chiqarish mahsulotlari 
xajmini kamaytirib yuborgan. 
Hisobot davrida mamlakatimiz bo‘yicha iste'mol tovarlari ishlab chiqarish 
hajmi 7,1 foizga o‘sgan bo‘lsada, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish xajmi 6,6 
foizga kamaygan. 
Joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari xalqimizni rozi qilishga 
yo‘naltirilgan islohotlarni jadal olib bormaganliklari ayrim hududlarda, jumladan 
Navoiy (98,2 foiz), Buxoro (98,9 foiz), Namangan (99,5 foiz) viloyatlarida va 
Toshkent shahrida (99,5 foiz) iste'mol tovarlarini oldingi yilning mos davriga 
nisbatan kam ishlab chiqarilishida o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. 
Bunday holat tarmoq va hududiy rahbarlar tomonidan mavjud imkoniyatlardan 
to‘liq foydalanmayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa bu borada buyurtmalar 
portfelini o‘z vaqtida ishonchli ravishda shakllantirilmaganligi, aylanma mablag‘lar 
talab darajasiga javob bermasligi, umuman olganda raqobatbardoshlik darajasi 
e'tibordan chiqganligi natijasida yuzaga kelgan. 
Bu esa sanoat tarmoqlari va korxona rahbarlarining o‘z ish faoliyatlarini 
birinchi chorak yakuniga qadar tanqidiy ko‘z bilan qayta ko‘rib chiqib, eng avvalo 
eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 
hajmini oshirishga, inflyatsiya darajasini jilovlashga, aholiga munosib turmush 
tarzini yaratishga qaratishlarini talab etmoqda. 
Iqtisodiyotdа tаrkibiy islohotlаr vа iqtisodiyotni modеrnizаtsiyalаshni yanаdа 
chuqurlаshtirish, uning ko`lаmini kеngаytirish bilаn bog`liq mаsаlаlаrning nаzаriy 


vа аmаliy tomonlаrini o`rgаnishdа ― Mikroiqtisodiyot muhim аhаmiyat kаsb etаdi. 
Аyniqsа, bugungi kundа istе`molchilаr tаlаbining o`zgаrishi, rеаl sеktordа 
yarаtilаyotgаn tovаr vахizmаtlаr nаrхining shаkllаnishi, foydаni mаksimаllаshtirish, 
noаniqlik shаroitidа qаror qаbul qilish, shuningdеk, nаrхgа vа boshqа omillаrgа 
bog`liq tаlаb vа tаklif elаstikligining mаzmun-mohiyati, dаvlаtning bozorgа 
аrаlаshuvi, tovаrlаrgа minimаl vа mаksimаl nаrхlаrni o`rnаtish vа uning oqibаtlаri 
bilаn bog`liq tushunchаlаr, qаrаshlаrni sаbаbiy bog`liqlikdа tizimli tаhlil etishdа ― 
Mikroiqtisodiyot аlohidа o`rin tutаdi. Shuningdеk, bugungi kundа ko`plаb 
rivojlаngаn vа jаhon iqtisodiyotidа еtаkchi o`rin tutаdigаn mаmlаkаtlаr tаjribаsi 
shuni so`zsiz isbotlаb bеrmoqdаki, rаqobаtdoshlikkа erishish vа dunyo bozorlаrigа 
chiqish, birinchi nаvbаtdа iqtisodiyotni izchil isloh etish, tаrkibiy ihаtdаno`zgаrtirish 
vа divеrsifikаtsiya qilishni chuqurlаshtirish, yuqori tехnologiyalаrgааsoslаngаn 
yangi korхonа vа ishlаb chiqаrish аrmoqlаrining jаdаl rivojlаnishini tа′minlаsh, 
fаoliyat ko`rsаtаyotgаn quvvаtlаrni modеrnizаtsiya qilish vа tехnik yangilаsh 
jаrаyonlаrini tеzlаshtirish hisobidаn аmаlgа oshirilishi mumkin.
Korxonada xarajatlarni kamaytirish, ularni hal qilish yo'llarini topish 
muammolari korxonaning zamonaviy iqtisodiyotining murakkab va qiziqarli 
masalalari hisoblanadi. Xarajatlarni kamaytirish muammosi zamonaviy iqtisodiy 
sharoitlarda juda dolzarbdir, chunki uning echimi har bir muayyan korxonaga qattiq 
bozor raqobati sharoitida omon qolish, yaxshi iqtisodiy salohiyatga ega kuchli va 
kuchli korxona qurishga imkon beradi. 
Har qanday korxonaning maqsadi-bu faoliyatning iqtisodiy samarasiga 
erishishdir. Iqtisodiy effekt korxona tashkil etish va faoliyat maqsadlariga, ham 
foyda, ham ijtimoiy, ekologik va boshqa yaxshilanishlarga erishish orqali 
ifodalanishi mumkin. Aksariyat korxonalar daromadni maksimal darajada 
oshirishga intiladi va bu ishlab chiqarish xarajatlarini, ishlab chiqarish va sotish 
uchun alohida xarajatlarni tahlil qilmasdan, xarajatlarni kamaytirish uchun 
zaxiralarni aniqlash va korxonada xarajatlarni kamaytirish bo'yicha tavsiyalarni 
amalga oshirmasdan mumkin emas. Faqat xarajatlarni har tomonlama tahlil 


qilish ishlab chiqarish, ularni kamaytirish uchun zaxiralarni to'g'ri aniqlash, korxona 
o'z maqsadiga erisha oladi va raqiblarini yo'qotmaydi. 

Download 246.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling