Mavzu: korxonani boshqarishning o’ziga xos aniq funksiyalari


Zamonaviy fan va menedjment amaliyoti korxonalarni boshqarishning quyidagi tamoyillarini eng asosiylari sifatida qabul qiladi


Download 87.34 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi87.34 Kb.
#1490892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mustaqil ish

Zamonaviy fan va menedjment amaliyoti korxonalarni boshqarishning quyidagi tamoyillarini eng asosiylari sifatida qabul qiladi:

Ilmiylik

Amalda bu tamoyil, avvalo jamiyat rivojlanishining ob`ektiv qonunlari va fan-texnika yutuqlaridan xabardor bo`lishni talab qiladi. Uning yordami bilan ishlab chiqarish va boshqaruvning zaruriy mutanosibligi ta`minlanadi, boshqaruv qarorlaridagi xatolar kamaytiriladi, og’irlik markazi eng katta sifat va miqdor yutuqlariga erishishga o`tkaziladi.


Tamoyili ilmiylik tamoyilining davomi bo`lish bilan birga, o`zining mustaqil ahamiyatiga ham ega. U boshqarilayotgan tizimning vertikal va gorizontal yo`nalishlari bo`yicha barcha xususiyatlarini qamrab olishni ko`zda tutadi. Tizimlilik va majmuaviylilik tamoyili boshqaruv usullarining tarqoqlikdagi tamoyillariga hamda bir daqiqalik foyda va ehtiros tufayli yuzaga keluvchi qarorlarga qarshi qo`yiladi. U ishlab chiqarishning bir maromda amalga oshirilishini ta`minlashga xizmat qiladi, ishlab chiqarish uchun qulay sharoit yaratadi.


Yakka boshqaruv va kollegiallik

Korxonani boshqarishning muhim tamoyillaridan biridir. Bu tamoyil, ayniqsa, aktsionerlik sharoitlarida faoliyat yurituvchi korxonalarda aniq ko`zga ko`rinadi.

YAkka boshqaruv har bir xo`jalik rahbari o`z vakolati doirasidagi masalalarni hal qilishda qonun tomonidan berilgan huquqlarga asosan bir o`zi (yakka tarzda) qaror qabul qilishini hamda korxona faoliyati uchun shaxsan javobgarligini anglatadi. Bundan tashqari, yakka boshqaruv xodim buyruqlarni faqat bitta bevosita (to`g’ridan-to`g’ri) boshliqdan olishi mumkin yoki shart bo`lgan hollarni ham anglatadi.



Kollegiallik

Korxona jamoasining ishlab chiqarish bilan bog’liq bo`lgan qarorlarni qabul qilishdagi faol ishtirokida ifodalanadi. Ma`lum bir ma`noda, ayniqsa, boshqaruvning iroda bilan bog’liq bo`lgan usullarida kollegiallik yakka boshqaruv qarama-qarshilikni anglatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ushbu tamoyilning imkoniyatlari sezilarli ravishda kengaytirilgan.



Download 87.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling