Mavzu: Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili
Download 42.6 Kb.
|
Mavzu Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tolovga qodirlik korsatkichlari va ulami hisoblash usullari
sotishdan tushum
Hissadorlik, kooperativ, kichik va hamkorlikda ishlaydigan korxonalarda o‘ziga qarashli mol-mulkni ko‘paytirish ahamiyatli hisoblanadi. Ayniqsa, hissadorlik va boshqa jamg‘armalarni to‘ldirib borish zururdir. Bu hissadorlar, ustav fondi qatnashchilari va a’zolarning badallari hisobiga to‘ldiriladi. Shuning uchun ham a’zolarining kelishuviga muvofiq, qonun bilan belgilangan ustav fondining hajmi kamaytirilmasligi va u to‘ldirib borilishi zarur. Korxona balansini o‘rganishda, albatta, nizom jamg‘armasining o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish sabablari tahlil qilinadi. Ustav fondining ko‘payishi ham moliyaviy barqarorlik yaxshilanganligi belgisi hisoblanadi. Balans aktivlarini pulga aylanish tezligi bo'yicha quyidagi 4 ta guruhga bo'lib, tahlil etiladi: A1 - eng yuqori likvidli aktivlar. Bular doimiy harakatdagi aktivlar deb ham yuritiladi. Bu guruhga korxonaning barcha pul mablag'lari va qisqa muddatli investitsiyalar (qimmatli qog'ozlar) kiradi; A2 - tez realizatsiya etiladigan aktivlar. Ushbu guruhga barcha debitorlik qarzlari kiritilib kelinmoqda. Bu guruhga tayyor mahsulot, tovarlar, o'stirish va boquvdagi mollarning qiymatlarini kiritish zarur deb hisoblaymiz, ammo o'stirish va boquvdagi mollarning qiymati balansda ajratib ko'rsatilmaganligi uchun biz ushbu guruhning hajmini debitorlik qarzlari. tayyor mahsulot va tovarlar qiymati tariqasida oldik va tahlil qildik. A3 - sekinlik bilan realizatsiya etiladigan aktivlar; bu guruhga moddiy ishlab chiqarish zahiralari to'liq kiritilib kelinmoqda. Bizning fikrimizcha, bu guruhga ishlab chiqarish zahiralari (o'stirish va boquvdagi mollar qiymatidan tashqarisi), tugallanmagan ishlab chiqarish va uzoq muddatli investitsiyani kiritib, kelgusi davr xarajatlarini chegirib tashlash kerak. A4 - qiyinchilik bilan realizatsiya etiladigan aktivlar. Bu guruhga «Uzoq muddatli aktivlar» kiritilib kelinmoqda. Bizning fikrimizcha, bu guruhga uzoq muddatli investitsiyadan tashqari qolgan jami qismini kiritish maqsadga muvofiq bo'ladi. Balans passivlarini «To'lov muddati darajasi» bo'yicha quyidagi 4 ta guruhga bo'lib, tahlil etiladi: PI - tezlikda to'lanadigan majburiyatlar. Bu guruhga joriy kreditorlik qarzlari bilan o'z vaqtida qaytarilmagan bank ssudalari kiradi. Joriy kreditorlik qarzlari kreditorlik qarzlaridan Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan to'lov muddati uzaytirilgan kreditorlik qarzlarini chegirib tashlash orqali aniqlanadi. P2 - qisqa muddatli passivlar. Ushbu guruhga muddatida qaytarilmagan ssudalardan tashqari qisqa muddatli kreditlar va qisqa muddatli qarziar kiradi. Bularning hajmini aniqlash uchun qisqa muddatli kreditlar va qarziar summasidan Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan to'lov muddati o'zaytirilgan ssuda qarzlari summasini chegirib tashlash kerak. Bularni mo'tadil qisqa muddatli kreditlar va qarziar deb atash zarur. P3 - uzoq muddatli passivlar. Ushbu guruhga uzoq muddatli kreditlar va uzoq muddatli qarzlar kiradi. P4 - doimiy passivlar. Bu guruhga balans passivining l-bo'limidagi barcha moddalar kiritiladi, ya’ni «O 'z mablag'larining manbalari»ning jami doimiy passivlar bo'lib hisoblanadi. Balansning ham aktivi, ham passivini maxsus guruhlarga bo'lib olgandan keyin likvidlik (to'lovga qodirlik) ko'rsatkichlari aniqlanadi va shular asosida to'lov qobiliyati ko'rsatkichi tahlil qilinadi. To'lovga qodirlik ko'rsatkichlari va ulami hisoblash usullari Balans-netto ma’lumotlari bo‘yicha maxsus guruhlarga bo'lingan aktivlar va passivlar tarkibidagi moddalar asosida fermer xo'jaligining to‘lov qobiliyatiga baho berish uchun amaliyotda balans likvidligining quyidagi nisbiy ko'rsatkichlari qo'llaniladi: mutlaq likvidlik koeffitsiyenti (mutlaq to'lovga qodirlik koeffitsiyenti); 2 ) tezkor likvidlik koeffitsiyenti (oraliq to'lovga qodirlik koeffitsiyenti); 3) joriy likvidlik koeffitsiyenti (joriy to'lovga qodirlik koeffitsiyenti). Mazkur koeffitsiyentiar bir-biridan formulaning suratidagi to'lov mablag' larining tarkibi bo'yicha farq qiladi, ya’ni qisqa muddatli majburiyatlarni qoplashda (to'lashda) ishtirok etuvchi likvidli aktivlar tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. Endi, ushbu koeffitsiyentlarni hisoblash usullariga to'xtalamiz. Download 42.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling