Mavzu: Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili


) Mutlaq likvidlik koeffitsiyenti


Download 42.6 Kb.
bet8/9
Sana23.04.2023
Hajmi42.6 Kb.
#1390938
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili reja

1) Mutlaq likvidlik koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyentni aniqlash uchun yuqori likvidli aktivlarni (Al) qisqa muddatli majburiyatlarga (tezlikda to'lanadigan majburiyatlar (PI) bilan mo'tadil qisqa muddatli passivlar (P2) summalarining yig'indisiga) bo'lish kerak.
Kml=
«Eng yuqori likvidli aktivlar» yuqorida qayd qilinganidek, pul mablag'lari bilan qisqa muddatli investitsiyalardan tashkil topadi. Bu koeffitsiyent xo'jalikning mutlaq to'lovga qodirligi darajasini ifodalaydi. Boshqacha aytganda, pul mablag'lari bilan qisqa muddatli investitsiyalar (qimmatli qog'ozlar) hisobiga qisqa muddatli qarzlarini qancha qismini qaytara olishi (yoki to'lay olishi) mumkinligini bildiradi. Ushbu koeffitsiyent 0,2 dan 0,5 gacha bo'lsa mo'tadil ko'rsatkich bo'lishi mumkin:
Kml = 0,2 -0 ,5 .
2. Tezkor likvidlik koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyentni oraliq to'lovga qodirlik koeffitsiyenti deb ham atashadi. Buni likvidlik koeffitsiyenti formulasining suratiga (Al) debitorlik qarzlari, tayyor va tovar mahsulotlari qiymatini qo'shib, yig'indisini (.42) joriy kreditorlik qarzlari bilan mo'tadil qisqa muddatli passivlar jamiga bo'lish kerak.
Demak, boshqacha aytganda, ushbu koeffitsiyentni aniqlash uchun «eng yuqori likvidli aktivlar» ga «tez realizatsiya etiladigan aktivlar (A2) summasini qo'shib, yig'indisini mo'tadil qisqa muddatli majburiyatlar» summasiga bo'lish kerak, ya’ni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
KTI=
Agar ushbu koeffitsiyent «1» yoki undan katta bo‘lsa, mo‘tadil ko‘rsatkich bolishi mumkin:
KTI≥1
Demak, ushbu koeffitsiyent shunday boigan taqdirda, korxona mavjud pul mablag’lari, qisqa muddatli investitsiyalar, debitorlik qarzlari, tayyor mahsulot va tovarlar bilan mo‘tadil qisqa muddatli majburiyatlarni qoplash qurbiga (qobiliyatiga) ega bo’la oladi, agar debitorlik qarzlarini tezlikda undira olsa, tayyor mahsulot va tovarlarni o‘z vaqtida sotib pulga aylantira olsa, shunda to’lov layoqatiga ega bo’ladi.
3. Joriy likvidlik koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyentni aniqlash uchun «Eng yuqori likvidli aktivlar» bilan «Tez realizatsiya etiladigan aktivlar» tarkibiga «Sekinlik bilan realizatsiya etiladigan aktiv»larni qo‘shib, jami summasini mo‘tadil qisqa muddatli majburiyatlarga bo‘lish kerak, ya’ni quyidagi formuladan foydalanib aniqlanadi:
Kjl=
Formulaning suratidagi ko‘rsatkichlar kelgusi davr xarajatlarini chegirib tashlangandan keyin, qolgan jami joriy aktivlar hajmini ifodalaydi. Demak, joriy aktivlar summasini mo‘tadil qisqa muddatli majburiyatlarga bolish orqali joriy likvidlik koeffitsiyenti aniqlanadi. Boshqacha aytganda, joriy tolovga qodirlik koeffitsiyenti aniqlanadi. 3.Joriy likvidlik (to‘lovga qodirlik) koeffitsiyenti nimani bildiradi?
Bu koeffitsiyent xo‘jalik debitorlik qarzlarini o‘z vaqtida undira olsa, tayyor va tovar mahsulotlarini mo‘tadil holatda realizatsiya qila olsa ham da ishlab chiqarish zahiralarining ayrim turlarini zarurat tug‘ilganda sota olsa hamda tugallanmagan ishlab chiqarishni pul shakliga aylantira olgan taqdirda korxona aylanma aktivlari bilan mo‘tadil qisqa muddatli majburiyatlarni qoplay (tulay) olish imkoniyatiga ega bolishligini, ya’ni to’lovga qodir bo’lishligini bildiradi. Bu koeffitsiyent 2 va undan ortiq bo’lsa, uni mo‘tadil ko‘rsatkich deb atash mumkin:
Kk≥2
Yuqorida bayon qilingan tolovga qodirlik (ya’ni likvidlik) koeffitsiyentlarini hisoblash tartibini quyidagi shaklda keltirdik.

Download 42.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling