Mavzu: kreativ shaxsni shakllantirish va rivojlantirishda qo'llaniladigan ilmiy-tadqiqot metodlari
Download 35.28 Kb.
|
KREATIV SHAXSNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHDA QO\'LLANILADIGAN ILMIY-TADQIQOT METODLARI
MAVZU: KREATIV SHAXSNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHDA QO'LLANILADIGAN ILMIY-TADQIQOT METODLARI Reja: Kirish
Tarbiyachi kasbiy kompetentligi Tarbiyachining kasbiy mahorati Tarbiyachi kompetensiyasi piramidasi Kompetensiya turlari Xulosa Foydanalilgan saytlar Kirish Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o’z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o’z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o’rtoqlarini o’sishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo’lishi, o’zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo’lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodning barkamol, komil inson bo’lib yetishishida pedagog, tarbiyachi va pedagoglarning roli benihoyat kattadir. Yurtboshimiz SH.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, “Birovni o’qitadigan, tarbiya beradigan inson, avvalo, o’zi har tomonlama barkamol bo’lmog’i shart”. Shuningdek birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Pedagog-tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo tarbiyachi-pedagogning o’zi shunday bilimga ega bo’lishi kerak” ayniqsa, “bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga eng yetuk, tajribali tarbiyachi-pedagoglarni biriktirib qo’yilishini oddiy mantiqning o’zi talab etadi”. Bu muammoni oqilona hal qilishning eng muhim omillaridan biri maktabgacha ta’lim tashkilotlari kasbiy tayyorgarligi jarayonini maqsadgaa muvofiq tashkil etishdir. Shunga binoan, mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo’g’ini hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustivor yo’nalishlaridan biri ham kadrlar tayyorlash sifatini jahon talablari darajasiga yetkazish bugungi kun dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Download 35.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling