Mavzu: kreativ shaxsni shakllantirish va rivojlantirishda qo'llaniladigan ilmiy-tadqiqot metodlari


Download 35.28 Kb.
bet2/6
Sana08.04.2023
Hajmi35.28 Kb.
#1341535
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KREATIV SHAXSNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHDA QO\'LLANILADIGAN ILMIY-TADQIQOT METODLARI

Tarbiyachi kasbiy kompetentligi

Bugungi kunda ta’lim beruvchilarning kasbiy kompetentligining samarali olib borilishini ta’minlash ham dolzarb masalaga aylandi.
Tarbiyachi kasbiy kompetentligi deganda, uning bilim, ko’nikma, qobiliyat, qarashlari tarbiyachining malakasi yoki ta’lim berish qobiliyatlarining namoyon bo’lishi belgilab beradigan shaxsiy sifatlari va qadriyatlar yig’indisini tushunamiz. Tarbiyachining kasbiy kompetentligi kasbiy mahorat, o’z sohasini yaxshi bilishi, kasbiy malakasini muntazam oshirib borishi, kasbiy faoliyati davomida zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalana olishi kabi ko’rsatkichlarga qarab aniqlanadi:
Kasbiy mahorat. Bu ta’lim jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo’naltirish, bolalarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan faoliyatga moyillik uyg’otish.
O’z sohasini yaxshi bilishi. Bunda tarbiyachi o’z kasbi doirasidagi bilimlarga ega bo’lishi, kasbiga oid amalga oshirilayotgan yangiliklar, islohotlardan muntazam ravishda xabardor bo’lishi, kasbini sevishi muhim ahamiyatga ega.
Kasbiy malakasini muntazam oshirib borishi. Hozirgi kunda tarbiyachi, pedagoglar har uch yilda bir marta qayta tayyorlash institutlarida o’z malakalarini oshiradilar. Buning natijasida ular axborot texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo’llashning yangi imkoniyatlari, metod va usullari bilan yaqindan tanishadilar hamda olgan bilimlarini o’z ish faoliyatlariga tatbiq etish ko’nikma va malakalariga ega bo’ladilar.
Kasbiy faoliyati davomida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishi. Zamonaviy axborot texnologiyalari bu - ma’lumotlarni olish, saqlash, qidirish, qayta ishlash va axborot tuzishdir. Zamonaviy axborot texnologiyalarini audio-video, kompyuter, multimedia, kompyuter-konstuktor kabi turlarga ajratish mumkin:
Faoliyat jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish, ta’lim berish va ta’lim olishni yengillashtiradi, tarbiyachi uchun ta’limda qulaylik va tizimlilikni ta’minlaydi. Ta’lim oluvchilarning bilimga bo’lgan qiziqishini, aqliy qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi.
Hozirgi zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanish asrida tarbiyachidan katta mahorat talab etilmoqda. Bu esa o’z navbatida tarbiyachining o’z ustida muntazam ishlashiga, mavjud zamonaviy axborot- texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishiga undaydi.
Tarbiyachi kasbiy kompetentligiga bolalar talabining o’sishi, axborot texnologiyalarining rivojlanishi, jamiyat ehtiyoji hamda talabning o’sishi, tarbiyachi rolining o’zgarishi, ta’lim sohasida xalqaro tajribalar va qiyosiy tahlil natijalari ta’sir etuvchi omillar hisoblanadi.
Axborot texnologiyalarining o’ziga xos xususiyatlaridan shu ma’lum bo’ladiki, tarbiyachi kasbiy kompetenligini, kasbiy mahoratini oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish nafaqat ta’lim samarasini, balki tarbiyachi ish faoliyati natijasini ham ijobiy tomonga o’zgartiradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslarda tashkil etish, tarbiyanuvchilar faolligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish asosida pedagogik jarayonlarning sifat va samaradorligini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlarga asoslanadigan, yuksak axloqiy sifatlarga ega bo’lgan, o’zini-o’zi va o’z faoliyatini o’zi tahlil qiladigan va ob’ektiv baholay oladigan, boy falsafiy va ma’naviy dunyoqarashga, psixologik-pedagogik va tashkiliy-texnologik salohiyatga ega bo’lgan, shuningdek, axborotlar to’plash, tahlil qilish, ob’ektiv baholash, qayta ishlash va axborotlar almashinish, pedagogik jarayonlarda vujudga kelgan muammoli vaziyatlarda ta’lim oluvchilar faolligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish, pedagogik jarayonlar samaradorligiga va tarbiyanuvchilar faolligiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni oldindan aniqlash asosida ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oldindan ko’rish ko’nikmalariga ega bo’lgan hamda ta’lim-tarbiya jarayoni sub’ektlari faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish, muvofiqlashtirish, faolligini ta’minlash yo’nalishida zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan pedagogni kompetentli deyishimiz mumkin.
Demak, ta’lim muassasalari pedagoglarining o’z funksional vazifalarini amalga oshirish jarayoni pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga yo’naltirilgan vazifalarni amalga oshirish jarayoni bo’lib, pedagogik jarayonlarda ko’zlangan natijalarga erishish uchun belgilangan maqsadlar yo’nalishidagi sub’ekt (tarbiyachi-tarbiyanuvchi)lar faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash, pedagogik jarayonlarda bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatish orqali sub’ektlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni nazarda tutadi. Pedagogning ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi turli faoliyatlari davomida zaruriy pedagogik ko’nikmalarining shakllanishi, kasbiy qobiliyatini namoyon etish jarayonida esa uning uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan intellektual qobiliyat, tasavvur va tushunchalari, tafakkuri rivojlanadi va ma’naviyati oshadi.
Yuqoridagi qayd etilgan fikrlardan bugungi kun tarbiyachisi shaxsiga nisbatan qo’yilayotgan talablarning naqadar muhimligini anglash lozim. Demak, tarbiyachi-maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassisligi bo’yicha yetuk bilimli va yuksak fazilatli shaxs sanaladi. Shuning uchun zamonaviy tarbiyachi murabbiy qiyofasida quyidagi fazilatlarni namoyon eta olishi kerak. Zamonaviy murabbiy o’zini mutaxassisligi bo’yicha chuqur puxta bilimga ega bo’lish, o’z ustida tinimsiz ishlashi kerak. Tarbiyachi maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiya, fiziologiya fanlarining asoslarini bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etishi kerak.
Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Tarbiyachi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega bo’lish, pedagogik texnika, nutq, yuz, qo’l, oyoq va gavda harakatlari, mimika, jest, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur o’zlashtirib olish lozim. Tarbiyachi bolalarni kuzata oladigan, ularni xulqi, xatti-harakati sabablarini to’g’ri tahlil qilib, unga ta’sir etuvchi vositalarni qo’llay oladigan bo’lishi kerak.
Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko’nikmalardan xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo’lishi va uning nutqi quyidagi xususiyatlarda aks ettira olishi kerak.
• Nutqning aniqligi.
• Nutqning irodaviyligi.
• Nutqning sofligi (uning turli sheva so’zlaridan xoli bo’lib), faqat adabiy tilda ifoda etish, jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos so’zlar), varvarizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqqa o’zga millatlarga xos so’zlarning o’rinsiz qo’llanilishi), vulgarizm (harakat qilish, so’kishda qo’llaniladigan so’zlar) hamda konselyarizm (o’rinli bo’lmagan vaziyatlarda rasmiy nutqda so’zlash) so’zlaridan xoli bo’lishi va pedagogning nutqi sodda, ravon va tushunarli bo’lishi kerak.


  1. Download 35.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling