Mavzu: kreativ shaxsni shakllantirish va rivojlantirishda qo'llaniladigan ilmiy-tadqiqot metodlari


Download 35.28 Kb.
bet6/6
Sana08.04.2023
Hajmi35.28 Kb.
#1341535
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KREATIV SHAXSNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHDA QO\'LLANILADIGAN ILMIY-TADQIQOT METODLARI

Kompetensiya – shaxsiy sifat bo’lib, turli xil vaziyatda pedagogik faoliyat va ijtimoiy hayotda ifodalanadigan qobiliyat, bilim, ko’nikma va malaka hisoblanadi.
Mavzu mohiyatidan kelib chiqib aytish joizki, bugunki kunda pedagogik atamalar lug’atida “kompetent”, “kompetentli yondashuv”, “kompetentli pedagog” terminlarini juda ko’p uchratamiz.
Ilmiy adabiyotlarda “kompetensiya” hamda “kompetentlik” tushunchalari qo’llaniladi. I.V.Lyoxina hamda F.N.Petrovalar “Kompetensiya” tushunchasi lotin tilidan olingan bo’lib, competentsia – “tegishli”, “bilgili bir sohani biluvchi”, “to’liq huquqqa ega”, “muayyan bir shaxs yoki korxonaning to’liq huquqqa egaligi”, “shaxsning bilimlari va tajribalari atrofidagi masalalar” - degan ma’nolarni bildirsa, kompetentlik tushunchasi o’z bilimlari va huquqlariga suyangan holda muayyan bir masalalarni hal etish va yecha olishga loyiqligi, fikr yurita olish malakasiga ega ekanligini bildiradi.
Psixologik nuqtai nazardan yondashganda esa kompetentlikni mutaxassisning bilimlilik, kasbiga mos bo’lish, malakasi, boy tajribaga ega bo’lish, javobgarlikni, pedagogik faoliyatga singdirib borish, o’z sohasining ustasi bo’lish va uning sirlarini chuqur bilish bilan bog’liq ekanligi haqida fikrlar mavjud. V.S.Merlin nuqtai nazarida kompetentlik bu – yo’naltirilgan, uddalay oladigan motivatsiyadir, deb ifodalansa, A.A. Leontev fikricha, kompetentlik munosabati ilg’or pedagogik jarayon hisoblanadi.
Kompetentlikning psixologik aspektlari V.I.Baydenko tomonidan quyidagicha tavsiflanadi:
1. Shaxsning pedagogik faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi, ya’ni, statik komponentlar kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, ko’nikma, malakalar, zaruriy sifatlar hamda shaxsning zarur bo’lgan kasbiy imkoniyatlari darajasi.
2. Shaxsning pedagogik faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi, ya’ni, mutaxassisning tezkorligi, o’zgaruvchanligi, ruhiy va jismoniy holati, har qanday holat va sharoitda aniq masalalarni yechishga yo’nalganligi bilan ifodalanadi.
Urazova M.B. fikricha, bo’lajak kasbiy ta’lim pedagogini loyihalash faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish kompetentlik va kompetensiya quyidagi ko’rinishlarni namoyon qiladi:
Kompetensiya – shaxsiy xususiyatlarning o’zaro yig’indisi (bilim, idrok, malaka, faoliyat usullari), belgilangan jarayon va predmetga tegishli qarashlar tushunchasi bo’lib, samarali faoliyat sifatini belgilaydigan zaruriyatdir. Kompetentlikda kompetensiyaga ega insonni boshqarish tushuniladi, professionallik faoliyati predmetiga tegishli xususiyatlarni o’z ichiga oladi.
N.M.Muslimov “kompetensiya-qobiliyat” demakdir, biroq kompetensiya atamasi bilim, ko’nikma, mahorat va qobiliyatni ifoda etishga xizmat qiladi, degan g’oyani ilgari sursa, K.Riskulova “Kompetensiya tushunchasi u yoki bu kasb egasiga zarur bo’lgan sotsiolingvistik qonuniyatlar, tamoyillar, talablar, qoidalar, burch, vazifa hamda majburiyatlar, shuningdek, shaxsiy deontologik me’yorlar yig’indisini anglatadi deb, kompetentlikni shaxs amaliy faoliyati bilan bog’liq bo’lib, kompetensiya me’yorlarini jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda kreativlik asosida ish tajribasida namoyon etish mahoratidir” deya izohlaydi.
Shuni aytish mumkinki, kasbiy kompetentlilikni rivojlantirish masalalariga yetarlicha urg’u berilgan. Masalan: E.Zeyer va N.SHaxmatovalar muayyan bir soha mutaxassisining kasbiy kompetentligidagi turli ko’rinishlar, ya’ni kasbiy kompetentlikning turlari o’zaro integrallashib borishini bildirgan. Shuningdek, kasbiy tayyorgarlik bilan uning amaliy tajribasi, shaxs va mutaxassis sifatida o’z-o’zini anglashi, o’z kuchiga bo’lgan ishonch, boshqalar tomonidan bildirilgan kamchiliklarni to’g’ri qabul qilish kasbiy kompetentlikning asosiy darajalari sifatida tahlil qilingan.
Pedagog olimlar V.A.Slastyonin bilan I.Isayevlar esa pedagogning kasbiy kompetentligi uning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan nazariy va amaliy tayyorgarligining birligi bo’lib, pedagogning professionalizmini belgilashini ta’kidlagan.
V.A.Slastyoninning ta’kidlaganidek, pedagog (pedagoglik) kasbio’zgartirishlar kirituvchi” va “boshqaruvchi” mazmunga ega kasb hisoblanadi. Chunki u zamon talablaridan kelib chiqqan holda birinchidan, pedagogik jarayonlarning o’ziga, uning mazmuni va shakliga o’zgartirishlar kiritsa, ikkinchidan, bola shaxsining o’sib - rivojlanishi jarayonlarini o’zgartirib, komil shaxs sifatida shakllanib borishini yo’naltirib, boshqarib boradi. Bunda pedagog uchun kasbiy faoliyatini samarali tashkil etishda metodik kompetentlikka bo’lgan zaruriyat seziladi.

Xulosa
Bugungi kunda ta’lim beruvchilarning kasbiy kompetentligining samarali olib borilishini ta’minlash ham dolzarb masalaga aylandi.


Tarbiyachi kasbiy kompetentligi deganda, uning bilim, ko’nikma, qobiliyat, qarashlari tarbiyachining malakasi yoki ta’lim berish qobiliyatlarining namoyon bo’lishi belgilab beradigan shaxsiy sifatlari va qadriyatlar yig’indisini tushunamiz. Tarbiyachining kasbiy kompetentligi kasbiy mahorat, o’z sohasini yaxshi bilishi, kasbiy malakasini muntazam oshirib borishi, kasbiy faoliyati davomida zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalana olishi kabi ko’rsatkichlarga qarab aniqlanadi:
Demak, ta’lim muassasalari pedagoglarining o’z funksional vazifalarini amalga oshirish jarayoni pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga yo’naltirilgan vazifalarni amalga oshirish jarayoni bo’lib, pedagogik jarayonlarda ko’zlangan natijalarga erishish uchun belgilangan maqsadlar yo’nalishidagi sub’ekt (tarbiyachi-tarbiyanuvchi)lar faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash, pedagogik jarayonlarda bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatish orqali sub’ektlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni nazarda tutadi. Pedagogning ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi turli faoliyatlari davomida zaruriy pedagogik ko’nikmalarining shakllanishi, kasbiy qobiliyatini namoyon etish jarayonida esa uning uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan intellektual qobiliyat, tasavvur va tushunchalari, tafakkuri rivojlanadi va ma’naviyati oshadi.
Kompetensiyali yondashuv, inson faoliyatida har tomonlama kompetenlilikni shakllantirish hozirgi zamon jamiyati va ta’limining asosiy sharti bo’lib hisoblanadi. Bu talab pedagog-pedagoglar faoliyatiga ham bevosita daxldordir. Bugungi kunda dunyo ta’limini yangilashning asosiy yo’nalishi ta’lim jarayonida faoliyatli yondashuv orqali dunyoni, hayotni, kasbiy faoliyatni yaxlit tizimli ko’ra olish, unda tizimli faoliyat ko’rsatish, yangi-yangi muammo va topshiriqlarni hal eta olish tajribasini shakllantirishdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o’quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalarni shakllantirdi. Bular:
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o’zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.


Foydanalilgan saytlar:
www.ziyonet.uz.
www. lex.uz.
www.mudofaa.uz.
www.ilm-ziyo.uz
Download 35.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling