Mavzu: kreditlash jarayoni bilan bog'liq risklar va ularni boshqarish
Download 401 Kb.
|
KREDITLASH JARAYONI BILAN BOG\'LIQ RISKLAR VA ULARNI BOSHQARISH
MAVZU: KREDITLASH JARAYONI BILAN BOG'LIQ RISKLAR VA ULARNI BOSHQARISH.REJA:Kirish Kredit riski, iqtisodiy mohiyati va yuzaga kelish sabablari Bank risklarining kelib chiqish sabablari Kredit risklari darajasini baholash va ularni boshqarish usullari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Hozirgi kunda har bir tijorat banki o‘zining kredit siyosatiga ega. Ilgari barcha tijorat banklari Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan qisqa va uzoq muddatli kreditlash operatsiyalarini tashkil qilish bo‘yicha tartib va nizomlar asosida o‘zlarining kredit faoliyatlarini yuritgan bo‘lsalar, bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirib borish natijasida banklarga erkinliklar berildi. Bu erkinliklarni ularning o‘z kredit siyosati, foiz siyosati, depozit siyosatiga ega ekanliklarida ko‘rish mumkin. Har bir tijorat banki 1 yil uchun kredit siyosatini ishlab chiqadi va shu siyosat asosida kreditlash operatsiyalarini amalga oshiradi. Ushbu kredit siyosatida kreditlash borasidagi maqsad va vazifalari belgilab olinadi. Bankning kredit inspektorlari tomonidan har bir qarzdorning kreditlash tarixi, uning aloqalarini aniqlanadi, qarzdorning moliyaviy holatini tahlil qilib boriladi. Kredit shartnomasini ishlab chiqiladi va imzolangandan so‘ng kredit beriladi. Kredit berilgandan boshlab u qaytarilgunga qadar bank tomonidan kreditlar sifat jixatdan tahlil qilib boriladi, shu bilan birga kreditlarning qaytarilmaslik riski ham tahlil qilinadi, barcha bankning kredit portfeli bo‘yicha qarzdorning kredit monitoringini yo‘lga qo‘yilib, bu kredit yopilmaguncha uzluksiz ravishda davom etadi. Shunday holatlar ham bo‘ladiki qarzdor kreditni qaytara olmaslik riski ortadi, xatto ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra kredit qaytmasligi xolatlari kuzatiladi. Bunday xollarda bank tomonidan muddati o‘tgan va shubhali kreditlarni qaytarish va garovni sotish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshiriladi. Banklar boshqa kreditorlarga nisbatan riskdan ko‘p ximoyalanuvchi yoki qochuvchi bo‘lishi kerak. Bankning kredit berish qobiliyati jalb qilingan resurslarga bog‘liq bo‘ladi. Bank o‘z navbatida bu jalb qilingan vaqtda mijozga qaytarib berish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Bu imkoniyat esa bank faoliyatida mavjud risklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqishiga bog‘liq bo‘ladi. Download 401 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling