Mavzu: kreditlash jarayoni bilan bog'liq risklar va ularni boshqarish
Bank risklarining kelib chiqish sabablari
Download 401 Kb.
|
KREDITLASH JARAYONI BILAN BOG\'LIQ RISKLAR VA ULARNI BOSHQARISH
Bank risklarining kelib chiqish sabablari
Bank risklarining kelib chiqish sabablari bo’lib turli iqtisodiy ommillar, shuningdek bank faoliyatiga nisbatan olganda esa tashqi va ichki omillar xisoblanishi mumkin. Qayd etib o’tilgan omillarning barchasi bankning likvidliligi, rentabelligi va xavfsizligiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltirishi ehtimoldan holi emas. Bu esa, banklardan kutilishi mumkin bo’lgan salbiy ta’sirni bartaraf etish yuzasidan zaruriy choralarni ko’rishni taqazo etadi. Tijorat banklarining eng katta riskli operatsiyasi- bu kredit operatsiyalari bo’lib, bu operatsiyalar kreditlarni to’g’ri rasmiylashtirish talablarig javob bersa, bank faoliyatida eng ko’p daromad keltiradigan operatsiya hisoblanadi. Bunda albatta bank boshqaruvi va bank kredit qo’mitasi a’zolarining kredit tavakkalchiligi va uning qaytarilishini inobatga olgan holda chiqargan qarorlari muhim ahamiyat kasb etishini unutmaslik joiz.4 Kredit riskining yuqori bo‘lishi bank tomonidan pul bozoriga murojaat qilish va uning mablag‘laridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishiga da’vat qiladi. Kredit risklarini tahlil qilish nafaqat qarz oluvchining moliyaviy holatini o‘rganish, shuningdek bankning ichki faoliyatini yaxshilash uchun zarur axborotlar yig’ish imkoniyatini yaratadi. Kreditlarni risk bo‘yicha jihatlarga bo‘lish, ularni minimallashtirish yo‘llarini ishlab chiqish, bank manfaatlarini himoya qilish kredit risklarini kamaytirishga asos bo‘lishi mumkin. Kredit risklarning vujudga kelishining asosiy sabablari kreditlarning bir soha, bir tarmoqqa ko‘p ajratilishi, bir qarzdorga to‘g‘ri keluvchi riskka rioya qilmaslik tufayli ham bo‘lishi mumkin Har qanday vaziyatda ham risk aniqlanishi hamda hisoblanishi kerak. Risklarni boshqarish mumkin, ya’ni riskli vaziyat sodir bo‘lishini aniq darajada aniqlashga imkon beruvchi choralarni ishlatish hamda risk darajasini pasaytirish uchun choralarni qabul qilish. Risklarni samarali boshqarish ko‘p jihatdan ularning tasnifiga bog‘liqdir. Risklarni tasniflash deganda, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun risklarni aniq bir jihatlari bo‘yicha guruhlarga bo‘linishi tushuniladi: bozorni yaxshi o’rganmaslik, resurslarni jalb qilish va ularni joylashtirish sohasidagi ma’lumotlarni yetarlimasligi, kreditlanadigan loyiha, ob’ekt va mijozlar to’g’risida ularning moliyaviy ahvoli to’g’risida ma’lumot va axborotlarni to’liq emasligi, sub’ektlar yoki mijozlarning ongi, saviyasi, mablag’dan foydalanish bo’yicha bo’limi,tarmoqlar faoliyati xususiyatining inobatga olinmasligi. P. Rouz risklarning turlari haqidaga quyidagicha fikr bildirgan “Bank riski oltita asosiy turdagi risk-kredit riski, foyda ololmaslik riski, likvidlilik riski, bozor, foiz riski, to‘lay olmaslik riskidan tashkil topgan bo‘lib, bu risklar bank faoliyatida juda muxim, hal qiluvchi risklar hisoblanadi”5. Shuningdek, u bank uchun ikkinchi darajali bo‘lgan risklar sifatida siyosiy riskni, bank xizmatchilari tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan suiste’mol riski va valyuta riskini ko‘rsatadi. Bank risklarining eng ko‘p uchraydigan turi bu-kredit riskidir. Kredit riskiga ham xuddi bank riski kabi juda ko‘plab ta’riflar berilgan. Kredit riski - qarz oluvchi kredit shartnomasiga rioya qilmaganligi natijasida bank ko‘rishi mumkin bo‘lgan zarardir degan ta’rif ba’zi adabiyotlarda uchrab turadi. Lekin bank kredit berishda kelajakda yuqori darajada daromad olishni rejalashtirgan holda risk qiladi. Risk qilmaslik natijasida kredit operatsiyalarini amalga oshirmasa, kelajakda bank foyda ko‘ra olmaydi. Sh. Abdullaeva kredit riskiga quyidagicha ta’rif beradi: ”Kredit riski deganda qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi shartlarining bajarilmasligi, ya’ni kredit summasining qisman yoki to‘liq va u bo‘yicha foizlarning shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanmasligi tushuniladi.”65 Yuqoridagilarni umumlashtirib, biz kredit riskiga “kredit olgan tomonning kredit bergan bank yoki nobank kredit tashkiloti oldidagi o‘z javobgarligini bajara olmasligi riskidir” degan ta’rifni berishimiz mumkin. Fikrimizni to‘liqroq bayon etadigan bo‘lsak, kredit riski bank bergan kreditlari va qilgan investitsiyalarining ularga to‘lanishi kerak bo‘lgan foizlari bilan birga qaytmasligi bo‘lib, ko‘p miqdordagi kreditlarning qaytmasligi o‘z navbatida bankni bankrotlikka olib kelishi mumkin. Ayniqsa, ta’minoti past likvidli yoki umuman ta’minotsiz berilgan kreditlarning risk darajasi yuqori bo‘ladi. Bunday kreditlarni to‘liq yoki qisman qaytmasligi bank daromadliligiga salbiy ta’sir etib, uni ham qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Kredit riski bankning kredit operatsiyalarini bajarishi davomida yuzaga keladi. Kredit riskining vujudga kelishi ikki asosiy parametr kredit beruvchi va qarz oluvchi o‘z vazifalarini qay darajada bajarishiga bog‘liq. Qarz oluvchi tomonidan tayyorlangan kredit paketini tahlil qilish va kredit berish bo‘yicha loyiha tayyorlash kreditlovchi bank uchun risk va uning turlarini aniqlab olish imkoniyatini beradi. Kredit beruvchi bank bevosita quyida keltirilgan savollarga aniq va to‘liq javoblar olishi zarur: Qarz oluvchining iqtisodiy, moliyaviy ahvoli, uning ishchanlik, ma’naviy qiyofasi, ishlab chiqarish imkoniyati, marketingi, moliyaviy boshqaruvini qay darajada bilishi? Kreditga bo‘lgan talabning qanchalik darajada to‘g‘ri asoslanganligi va bu taklif korxonaning haqiqatdan ham iqtisodiy holatidan kelib chiqqanmi? Kreditning maqsadi bank uchun to‘g‘ri keladimi? Masalan, bozor iqtisodiyotining hozirgi bosqichlarida yangi korxona, firmalar tashkil topayotgan va ular to‘g‘risida aniq axborot mavjud bo‘lmagan sharoitda birinchi savolga javob berish juda muhim. Ikkinchi savolni kredit oluvchi tomon to‘ldirishi, uning moliyaviy ahvoli, undagi hisob-kitoblar holati, auditorlik tekshiruvlari bo‘yicha hisobotlar va xulosalar, korxona balansi, pul oqimi to‘g‘risida hisobot, daromadlar va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotlar bank uchun zarur hamda bu hujjatlarning mavjudligi korxonaning o‘z moliyaviy resurslarini muvaffaqiyatli boshqarayotganligidan dalolat berishi mumkin. Uchinichi savolda esa bank u berayotgan kredit uning kredit portfeliga mos keladimi yoki yo‘qmi shuni aniqlashi lozim. Agar bu beriladigan kredit bankning kredit portfelini yanada ko‘proq diversifikatsiyalanishiga olib kelsa, bu bankning kredit portfeli riskini kamaytiradi. Download 401 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling