Mavzu. Kreditlash jarayonlari va uning bosqichlari


Download 81.62 Kb.
bet4/13
Sana23.02.2023
Hajmi81.62 Kb.
#1224890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
11-MAVZU. KREDITLASH JARAYONLARI VA UNING BOSQICHLARI

Kreditning foiz stavkasi.

Hozirgi kunda ko‘pgina tijorat banklari qayta moliyalash stavkasini va jalb qilgan resurslarining bahosini hisobga olgan holda o‘zlarining kredit siyosatiga muvofiq mustaqil o‘rnatadi.

  1. Kreditni qaytarish muddati.

SHartnomaga asosan kreditdan foydalanish muddati kelganda kredit olgan korxona muddatida kreditni qaytarmasa, muddati o‘tgan qarz hisob raqamiga chiqariladi. Har oyning birinchi kuniga har oy uchun olinadigan foiz summasini o‘z vaqtida to‘lab bormasa, muddati o‘tgan foiz hisoblanib boriladi. Kredit uchun olinadigan foiz bir necha marta muddati o‘tgan foiz hisob raqamiga chiqsa, bank kreditni muddatidan oldin yopishga farmoyish beradi. Barcha ssuda operatsiyalari shu hisob raqam orqali olib boriladi. Kredit summasi bankning o‘z mablag‘lari hisobidan vakillik hisob raqami orqali to‘lab beriladi.
Respublikamizda qisqa muddatli kreditlash va umuman tijorat banklari tomonidan kredit berish “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga asosan olib boriladi. Banklar tomonidan kredit berish kreditlashning asosiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Ular quyilagilardan iborat:

  • Kreditning maqsadliligi.

  • Kreditning ta’minlanganligi.

  • Kreditning muddatliligi.

  • Kreditning qaytarilishi.

  • Kreditning to‘lovliligi.

Kreditning ushbu tamoyillari va mijozning balansi asosida moliyaviy ahvoli va kreditga layoqatliligi aniqlanib mijoz bilan bank o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Kredit shartnomasi huquqiy jihatdan bir qator xususiyatlarga ega. O‘zining huquqiy tabiatiga ko‘ra kredit shartnomasi tomonlarning maqsadlarini va shu maqsadlarning amalga oshishini birlashtiradi. Maqsad sifatida kredit shartnomasi bankning ma’lum shartlar asosida ssuda berish roziligi va qarz oluvchining uni ma’lum davrdan so‘ng qaytarib berishga tayyorligini aks ettiradi. Maqsadlarning bajarilishi sifatida kredit shartnomasi ssuda berish va to‘lash bo‘yicha aniq harakatni ko‘zda tutadi. Mijozning ssudani qaytarish bo‘yicha majburiyatlari shartnomani imzolashdan oldin amalga oshirilgan bo‘lsa ham, faqatgina ssuda olingandan so‘ng paydo bo‘ladi. Kredit shartnomasi, shuningdek kredit bitimining iqtisodiy shartlarini tartibga soladi. U bir tomondan mijoz talabining to‘laroq hisobini, ikkinchi tomondan esa, bankni kredit riskidan saqlashning muvofiq mexanizmini ta’minlab beradi.
Har bir kredit shartnomasida uning predmetini aniqlovchi punkt bo‘ladi. Lekin uning tarkibi mijozlar talabiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.
Kredit shartnomasi qarz shartnomasining bir turi hisoblansada, u qarz shartnomasidan farq qiladi. Bu farqni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.



Kredit shartnomasi (Fuqarolik kodeksining 744-748-moddalari)

Qarz shartnomasi (Fuqarolik kodeksining 732-743-moddalari)

Asosan banklar, boshqa kredit tashkilotlari kredit berishi mumkin

Barcha jismoniy va yuridik shaxslar boshqa shaxslarga qarz berishi mumkin

Bankdan kredit sifatida faqat pul mablag‘lari beriladi.

Qarz sifatida esa pul mablag‘lari va boshqa ashyolar berilishi mumkin

Doimo yozma shaklda tuzilishi kerak

Ba’zi hollarda qarz shartnomasi og‘zaki shaklda ham tuzilishi mumkin

Kredit shartnomasi konsensual shartnomadir

Qarz shartnomasi real shartnomadir, ya’ni u pul yoki ashyolar qarz oluvchiga topshirilishi bilan tuzilgan hisoblanadi.

Kreditor tomonidan qarz oluvchiga, hatto shartnoma tuzilgandan keyin ham kredit summasi butunlay yoki qisman berilmasligi mumkin

Qarz beruvchi qarz oluvchiga qarz summasini berishdan bosh tortishga haqli emas, chunki qarz summasi berilmagan taqdirda, qarz shartnomasi tuzilmagan bo‘lib qoladi.

Bank bilan mijoz o‘rtasida kredit shartnomasini tuzishda barcha shartnomalar uchun zarur bo‘lgan quyidagi asosiy talablar inobatga olinsa maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin:

  • barcha huquq va manfaatlarni to‘liq himoya qilish imkonini beruvchi, barcha holat va vaziyatlar uchun to‘g‘ri keluvchi universal shartnomalar shakli mavjud emas. Barcha holat va vaziyatlarni o‘z ichiga qamrab oladigan shartnoma shaklini ishlab chiqish imkoni yo‘q;

  • shartnoma (bizning holatda kredit shartnomasi) – individual xarakterga ega bo‘lgan rasmiy yuridik hujjatdir.

  • Aniq kredit shartnomasini tuzishda, kredit olish uchun murojat qilgan mijozlarga alohida (individual tarzda) yondashib, ularning huquqiy maqomi, tashkiliy-huquqiy shakli va kreditlanayotgan loyihaning xususiyatiga e’tibor berilishi maqsadga muvofiqdir;

SHartnoma tuzish jarayoniga yuridik va iqtisodiy jihatdan puxta, aniq, talab darajasida ijodiy yondashishi kerak.
Kredit shartnoma tarkibi qonunda belgilanmagan. Kredit shartnomasini tuzishda bir qancha talablarni bajarish kerak:

  • kredit maqsadli bo‘lishi shart;

  • kreditning summalari aniq belgilangan bo‘lishi shart;

  • kreditni qoplash tartibi aniq ko‘rstilgan bo‘lishi lozim;

  • kredit muddati ko‘rsatilishi shart;

  • kreditning ta’minlanganligi asoslangan bo‘lishi lozim;

  • kredit foizlari ko‘rsatilishi lozim va boshqalar.

Kredit shartnomaning tarkibi odatda quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:

  1. kirish qism - umumiy holat – shartnoma predmeti – kredit berish maqsadi, shartlari - hisoblanish shartlari va tarkibi – tomonlarning huquq va majburiyatlari – boshqa shartlari – yuridik manzillari, rekvizitlari, tomonlar imzolari.

Bu shartlarning har birini bank kredit bo‘limlarining xodimlari chuqur bilishlari zarur. CHunki bu shartlardan birortasining asossiz belgilanishi kreditni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilmasligiga olib kelishi mumkin. Har bir kredit shartnomasi shakliga ko‘ra quyidagi to‘rtta asosiy tamoyillarga asoslanadi:

  1. Mustahkam huquqiy asos;

  2. SHartnoma tuzish erkinligi;

  3. Tomonlarning o‘zaro manfaatdorligi;

  4. SHartnoma shartlarining kelishilganligi.


Download 81.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling