Mavzu: Kreditning funksiyalari, asosiy prinsplari va ahamiyati
Kreditning chegaralari. Kredit foizi va unga ta’sir qiluvchi omillar
Download 256.45 Kb.
|
Abduqayumova Komila
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreditning ichki chegarasi
- Kreditning asosiy sharti
2.4.Kreditning chegaralari. Kredit foizi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
Kredit munosabatlarining subyektlarga yoki kreditlarning turlariga nisbatan aniq ko’rsatkichlar shaklida belgilab qo’yiladigan kreditdan foydalanishning qat’iy chegarasi kreditlash chegarasi deyiladi. Masalan, kreditning hajmi va yalpi ijtimoiy mahsulot hajmi o’rtasidagi nisbatdan foydalanib kredit chegarasini belgilash mumkin. Bu ko’rsatkichning optimal darajasi korxonani kreditga layoqatligini hisobga olgan holda kreditlashdir. Bunga har xil normativlarni qo’llash, bir mijozga beriladigan kredit miqdorini cheklash kabi tadbirlarni kiritish mumkin. Kreditning quyidagi chegaralari mavjud: Kreditning ichki chegarasi - kreditning turli shakllarga ega ekanligidan kelib chiqadi (banklar, tijorat va boshqalar). Kreditning ichki chegarasi miqdor jihatdan kreditning har bir shakliga bo’lgan talabga, korxona va xalq xo’jaligining ehtiyojiga va kredit resurslarining mavjudligiga bog’liq: 1. Kreditning qayta taqsimlash chegarasi iqtisodiyotda mavjud kredit resurslarining hajmi bilan belgilanadi. 2. Kreditning antisipasiyaviy chegarasi. Kredit yordamida pul jamg’armalarini hosil qilish imkoniyatlarini so’ngi chegarasi antisipasiya deb yuritiladi va bu imkoniyat uning barcha shakllarida namoyon bo’ladi. Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq to’lash. Bu xaq qarz summasining yig’indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Foiz miqdori kreditning turi, uni to’lash muddati, olingan qarzni o’z vaqtida uzilishiga bog’liq. Masalan, tijorat kreditining foiz stavkasi odatda, bank kreditining foiz stavkasidan past bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo’jalik subyektlarini qisqa muddatli kreditlashni tashkil etish tartibi to’g’risidagi Nizomga binoan (Toshkent, 2001 y) foiz stavkasi bank bo’yicha hisobot oyi boshiga bo’lgan o’rtacha foiz stavkasiga Markaziy bank tomonidan tartibga solinadigan foyda normasini hisobga olgan holda belgilanadi. Adabiyotlarda kreditning nominal va real foiz stavkalari tushunchalari mavjud. Nominal foiz stavkasi deganda kredit shartnomasi- da ko’zda tutilgan foiz stavkalari tushuniladi. real foiz stavkasi ═ nominal foiz stavkasi - inflyasiya darajasi. Bundan tashqari kreditning qat’iy belgilangan va suzib yuruvchi foiz stavkalari tushunchalari ham mavjud. Qat’iy belgilangan foiz stavkalari kredit shartnomasi bajarilgunga qadar o’zgarmasdan qoladi. Bunda bank o’zining aktivlarini ma’lum qismini yo’qotishi mumkin. Suzib yuruvchi stavkada foiz stavkalariga tegishli o’zgarishlarni hisobga olgan holda o’zgartirishlar kiritib boriladi. Xalqaro kreditlar bo’yicha foiz stavkalari jaxon ssuda kapitallari bozorida aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nyu York, Frankfurt-na-Mayne, Parij, Bryussel shaharlarida joylashgan. Umuman kreditlar bo’yicha foiz stavkalari turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Shunday omillarning asosiylari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 1. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi. 2. Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa u kamayadi. 3. Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi. Ko’proq naf keltirsa, foiz yuqori va aksincha. 4. Qarzni to’lash muddati va sharti. Qarz uzoq muddatga berilib uni asta-sekin kichik qismlar bilan qaytarilsa, qarzdor yuqori foizga rozi bo’ladi va aksincha. 5. Qarzni qanday pul bilan berilishi. Qarz erkin konvertirlangan valyutada berilsa foiz yuqori va aksincha. 6. Inflyasiya darajasi. Bunda foiz darajasi inflyasiya darajasiga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi. 7. Pulni qarz berishdan ko’ra boshqa yo’sinda ishlatishdan tushadigan daromad. Bunda pul egasining afzal ko’rish prinsipi amal qiladi. Masalan, agar aksiya bo’yicha dividend yuqori bo’lsa foiz pasayadi va aksincha. 8. Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa foiz past, agar uni qaytishi shubxali bo’lsa foiz yuqori bo’ladi va boshqa omillar. Kreditga bo‘lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomondan qondirilishiga va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, kredit bir necha tur va shakllarga bo‘linadi. Uzoq davrlardan buyon kreditning quyidagi turlari qo‘llanilib kelinmoqda. 3. Qisqa muddatli kreditlash; 4. Uzoq muddatli kreditlash. Qisqa muddatli kreditlashda kreditlar bir necha oylardan bir yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala fondlarining doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlaydi. Bizga malumki, aylanma fondlarning doiraviy aylanishi deyarli barcha ishlab chiqarish sohalarida bir yil va undan kamroq vaqt davom qiladi. Bir yil fondlar aylanishining tabiiy o‘lchovi sifatida xizmat tiladi. SHuning uchun ham bir yil qisqa va uzoq muddatli kreditlashning chegarasi bo‘lib xizmat qiladi. Qisqa muddatli kreditlar o‘z tabiatiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: 2. kreditlash ob’ektlarining iqtisodiy mohiyatiga qarab: *tovar moddiy boyliklari uchun beriladigan kreditlar; *ishlab chiqarish xarajatlari (mahsulotning yangi turini o‘zlashtirish, mavsumiy xarajatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni) uchun beriladigan kreditlar; *hisob kitoblarni amalga oshirish uchun beriladigan kreditlar (akkreditiv ochilganda, tayyor mahsulotni jo‘natganda va boshqa hollarda). 2. To‘lash muddatiga qarab: *muddatli, muddati kechiktirilgan va muddati o‘tib ketgan kreditlar. 3. Kreditni to‘lash manbalariga qarab: *qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobidan; *garant mablag‘lar hisobidan; *yangi kreditlar jalb qilish hisobidan. 4. Ta’minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab: *to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minlanganlikka ega bo‘lgan kreditlar; *egri (biror korxona va tashkilot vositasida) ta’minlanganlikka ega bo‘lgan kreditlar; *ta’minlanmagan kreditlar. 5. To‘lanadigan foiz darajasiga qarab: *o‘rtacha (normal) foiz stavkali; *yuqori foizli; *past foiz stavkali; *foizsiz kreditlarga bo‘linadi. Uzoq muddatli kreditlashda, kreditlar bir yildan ortiq muddatga beriladi. Uzoq muddatli kreditlar asosan asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish va ular bilan bog‘liq sohalarni ta’minlashga ishlatiladi. Hozirgi davrda uzoq muddatli kreditlar banklar tomonidan juda kam miqdorda berilsada, ular kapital qo‘yilmalarini, loyihalarni moliyalashtirishning asosiy manbai sifatida davlatimiz iqtisodini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Uzoq muddatli kreditlar xo‘jalik tashkilotlari tomonidan quyidagi ob’ektlar uchun jalb qilinishi mumkin: qayta tiklashga kapital xarajatlarni amalga oshirish uchun; harakatdagi asosiy fondlarni kengaytirish va moderinizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun; yangi qurilish va qo‘shimcha yuqori samarali tadbirlar bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish uchun; yangi fan, ilmiy texnika sohasida tadqiqodlar olib borish va yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish uchun va boshqalar. Kredit munosabatlarining sub’ektlari va ob’ektiga, foiz stavkasiga va kreditning harakat doirasiga qarab, kreditning quyidagi mustaqil shakllari amaliyotda qo‘llanilishi mumkin. Bular bank krediti, tijorat krediti, ist’emol krediti, davlat krediti, xalqaro kredit. Amaliyotda kreditning har bir shakli ham bir necha bo‘laklarga bo‘linishi mumkin. Download 256.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling